xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (yani foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e`tibor beriladi. Ushbu fan raqobatni, iste`molchi xulq-atvorini, tovarni sifati, uning raqobatbardoshligini, rag`batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o`rganadi.
“Marketing asoslari” fani predmeti:
tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning iste’molchi (xaridor) talablarini qondirish hamda o’z mahsulotini sotish uchun yangi imkoniyatlarni qo’lga kiritish jarayonidagi xatti-harakatlarini tashkil etish mantiqi, shakllari, uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat.