* Samarqand.
70. Yurtimizda Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik yubileylari qachon nishonlangan edi? * 1997-yilda.
71. Nechanchi yil Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi. * 2006-yil.
72. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi Farmoni qachon e’lon qilingan edi? *1992-yil 27-martda.
73. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov farmoni bilan Xorazm Fanlar akademiyasi (Ma’mun Akademiyasi) qachon qayta tiklangan edi? *1997-yilda.
74. Yurtimizda Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi qachon nishonlandi? *2007-yilda.
75. Toshkentda “Shahidlar xotirasi” majmui qachon ochildi? * 2000-yil.
76. Toshkentda Islom universiteti nechanchi yilda tashkil etilgan edi? *1999-yilda.
77. Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi qachon ochildi? * 1996-yil 18-oktabrda.
78. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi qachon nishonlandi? *1999-yilda.
79. Yurtimizda Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi qachon o‘tkazildi? *2017-yilda.
80. 1992-yil yurtimizda ilk bor Qur’on Karim kim tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashr qilindi? * Alouddin Mansur.
81.Qanday g‘oya yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasiga aylandi? *Millatlararo totuvlik g‘oyasi.
82.Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Ushbu qoida Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida belgilab qo‘yilgan? * 41-moddasida.
83. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qaysi mamlakat bilan hamkorlikda tashkil etilgan? *Italiya.
84. 1992-yili Qoraqalpog‘iston ilm-fani tarixida qanday muhim voqea sodir bo‘ldi?
*O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi tashkil etildi.