Yangi O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari


O‘zbekiston va Qirg‘izston o‘rtasidagi hamkorlik



Yüklə 473,12 Kb.
səhifə4/6
tarix15.06.2023
ölçüsü473,12 Kb.
#130642
1   2   3   4   5   6
YANGI O\'ZBEKISTON

2. O‘zbekiston va Qirg‘izston o‘rtasidagi hamkorlik
Bugungi kunda O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga – strategik sheriklikka ko‘tarildi. Bu borada, sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng, 2017 yilda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari qayta tiklanganligini inobatga olmasligimiz mumkin emas. Davlatlar chegarasining 85 foizi kelishib olindi, nazorat-o‘tkazish punktlarida muayyan mavjud cheklovlar bekor qilindi va Qirg‘izistonda gidroenergetika inshootlarini qurish, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini amalga oshirish, “Qashg‘ar-Irkeshtom-O‘sh-Andijon-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab yangi avtomobil yo‘lagini ochish borasida o‘zaro tushuncha va manfaat paydo bo‘ldi.
2018 yilda parlament delegatsiyalarining bir qator o‘zaro tashriflari, jumladan, Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov boshchiligidagi respublika delegatsiyaning Bishkekka ishchi tashrifi tashkil etildi.
Hukumat rahbarlari darajasida ham hamkorli yo‘lga qo‘yildi. So‘nggi yillar davomida ular Bishkek, Farg‘ona va O‘shda ikki tomonlama tadbirlar doirasida hamda Toshkent, Moskva, Sochi, Dushanbe, Qozon, Minsk va Cho‘lponotadagi ko‘p tomonlama sammitlar doirasida ham bir necha uchrashuvlari tashkillashtirildi.
Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining muntazam uchrashuv va maslahatlashuvlari amalga oshirilmoqda. Bu borada 12 marta 2021y. Toshkentda imzolangan ikki mamlakat TIVlari o‘rtasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan yangilangan hamkorlik dasturini ta’kidlashimiz mumkin.
Chegaralararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha hukumatlararo harakatlar rejasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, chegara hududlarida O‘zbekistonning chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Hukumatining chegaraoldi viloyatlardagi vakolatli vakillari Kengashining uchrashuvlari o‘tkazilmoqda, oxirgisi 2020 yil dekabr oyida Farg‘onada ikki davlat bosh vazirining o‘rinbosarlari S.Umurzoqov va A.Novikov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida Toshkent va Bishkek, Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Botken shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Savdo-iqtisodiy aloqalar tobora mustahkamlanmoqda. 2020 yil natijalariga ko‘ra, ikki mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 903 mln. dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy hamkorlikka turtki berish uchun yuqorida qayd etilgan Kengash yig‘ilishining yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli, amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Protokolni imzoladilar.
Ushbu protokol bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 mln. dollarlik ustav kapitaliga ega qo‘shma investitsiya fondini yaratish mexanizmlari ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, 2020 yil 24 dekabrda videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy harakat rejasi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Shuningdek, 2021 yil 26 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishi va biznes Kengashining birinchi Majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash lozimki, 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga import qilinayotgan 73 ta tovar mahsulotilariga aksiz solig‘i bekor qilindi va bu ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasining yanada oshishiga olib keladi. Umuman olganda, bu boradagi hamkorlik salohiyati juda yuqori.
Shu bilan birga, madaniy-gumanitar aloqalarni sezilarli darajada faollashtirishga muvaffaq bo‘ldik. 2018 yilda Qirg‘izistonda Chingiz Aytmatovning 90 yilligi nishonladi. O‘zbekistonda ham bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi. O‘zbekistonda Qirg‘izistonning va Qirg‘izistonda O‘zbekistonning madaniyati va san’ati kunlari bo‘lib o‘tdi.
Albatta, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat 2020 yildagi hamkorlik dinamikasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va uning muammolarini bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ko‘rsatdi. Bu yo‘nalishda mamlakatlar o‘zlarining birgalikdagi ishlarini sezilarli darajada bosqichma-bosqich amalga oshira oldilar. Shuningdek, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro yordam tamoyillariga amal qilgan holda, O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga bir necha bor yordam ko‘rsatganini, jumladan, Bishkek shahri va Botken viloyatining Qadamjoy tumanida modulli shifoxonalar qurilishini ham alohida ta’kidlash lozim.

Yüklə 473,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin