Yangi O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari


O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlik



Yüklə 473,12 Kb.
səhifə5/6
tarix15.06.2023
ölçüsü473,12 Kb.
#130642
1   2   3   4   5   6
YANGI O\'ZBEKISTON

3. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlik
So‘nggi yillarda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Tojikiston oliy darajadagi uchrashuvlarida tarixiy va misli ko‘rilmagan kelishuvlarga erishilganligi bilan ajralib turadi.
2016 yildan beri oliy darajadagi 2 ta davlat, 4 ta rasmiy va 3 ta ishchi tashriflar amalga oshirildi. Hammasi bo‘lib ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar doirasida 10 dan ziyod oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam ravishda telefon orqali suhbatlar o‘tkazmoqda.
2018 yil mart va avgust oylaridagi davlat tashriflari chog‘ida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish uchun mustahkam asos bo‘lgan 53 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim va O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasining ayrim qismlari to‘g‘risidagi bitim kabi tarixiy hujjatlar.
Natijada, so‘nggi yillar davomida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari izchil o‘sib borayotgan xarakterga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi yangi tahrirda imzolangan o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitim har ikki mamlakat fuqarolariga 30 kungacha viza talab etilmaslik imkonini berdi, ushbu hujjat odamlarga qulayliklar yaratdi va ishonch bag‘ishladi. Bitim turizmning “avtoturizm”, “ziyerat turizm”, “ekoturizm” va boshqalar kabi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida sayyohlik oqimining o‘sishiga yordam berdi.
Barcha 17 ta chegara punktlari faoliyat ko‘rsatishi tufayli har kuni O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidan o‘tuvchi fuqarolar soni sezilarli darajada oshib, kuniga 20 ming kishiga yetdi (2017 yilgacha 3000-3500 kishi edi). Bu, shuningdek, transchegaraviy savdoning faol rivojlanishiga yordam berdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmaning misli ko‘rilmagan darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Agar 2016 yilgacha yillik o‘zaro savdo hajmi 200 mln. dollar oralig‘ida bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilning oxiriga kelib ushbu ko‘rsatkich qariyb uch barobar oshib, 497 mln. dollarga yetdi. Pandemiya oqibatlariga qaramay, 2020 yil yakunlariga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 333,8 mln. dollarni tashkil etdi.
Ikki mamlakatning huquqiy asoslari davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda imzolangan 170 ga yaqin shartnoma va bitimlardan iborat. So‘nggi yillarda imzolangan o‘zbek-tojik hamkorligining asosiy huquqiy hujjatlari – Strategik sheriklik, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Tojikiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. 2020 yil mart oyida So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida o‘zbekistonlik mutaxassislarning sa’y-harakatlari bilan maktab qurildi. 2019 yilning noyabr oyida Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. 2018 yil 15 martda imzolangan mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni oshirishga yordam berdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston teatr truppalari gastrol safari bilan Tojikiston shaharlariga bo‘lib, Tojikiston hududida tashkil etilgan turli tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda.
Koronavirus pandemiyasining ikki tomonlama aloqalarga salbiy ta’sirini oldini olish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2020 yil Tojikistonga tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat gumanitar yuk jo‘natildi. O‘z navbatida Tojikiston Sardoba suv ombori to‘g‘onining qisman zarar ko‘rgan Sirdaryo viloyati aholisiga gumanitar yordam yubordi.

Yüklə 473,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin