Yangi O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari


O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik



Yüklə 473,12 Kb.
səhifə3/6
tarix15.06.2023
ölçüsü473,12 Kb.
#130642
1   2   3   4   5   6
YANGI O\'ZBEKISTON

1. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik
Qozog‘iston O‘zbekistonning mintaqadagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2016 yildan beri o‘tkaziladigan O‘zbekiston-Qozog‘iston oliy darajadagi uchrashuvlari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga qo‘tarilganligini anglatadi.
So‘nggi yillarda oliy va yuqori darajalarda o‘tkazilgan muntazam tadbirlar tufayli ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mutlaqo yangi siyosiy iqlim, do‘stona muhit va qo‘lay shart-sharoitlar yaratildi.
2016 yilning sentyabr oyidan boshlab oliy darajada 3 ta davlat va 8 ta ishchi tashrifi amalga oshirildi. Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar doirasida jami 17 ta uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, davlat rahbarlari tomonidan ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam telefon suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida va Qozog‘iston hududidagi fuqarolarimiz uchun tezkor xizmat ko‘rsatish uchun 2018 yil Olmaotada va 2019 yil Aktau shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonalari ochildi.
2018 yildan beri ikki tomonlama o‘zaro munosabatlarning yangi mexanizmi - mamlakatlar o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi ishga tushirildi. Birinchi Forum 2018 yil 15 noyabrda Chimkentda, ikkinchisi - 2020 yil 25-26 fevralda Urganchda bo‘lib o‘tdi, ularning natijasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida 819,8 mln. dollarlik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Natijada, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Qozog‘iston savdo-iqtisodiy hamkorligi faollashdi. Xususan, 2016 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanma 1,81 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lsa 2019 yilda esa – 3,32 mlrd. dollargacha ko‘tarildi. Tomonlar bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollar darajasiga ko‘tarish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asosi deyarli barcha sohalarni qamrab olgan 220 davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlardan iborat.
Mamlakatlar o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik faollashmoqda. O‘zbekiston tashabbusi bilan Qozog‘iston parlamenti bilan parlamentlararo do‘stlik guruhi tuzildi. So‘nggi ikki yil mobaynida parlament delegatsiyalari almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 2019 yilning iyun oyida Qozog‘iston parlamenti Majilis raisi N.Nigmatulin O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. 2019 yil noyabr oyida esa Senat raisi T.Norboyeva Nur-Sultonga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
So‘nggi yillarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik sezilarli darajada kuchaydi. 2018 yilda “Qozogistonda O‘zbekiston yili” va 2019 yilda esa “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili” muvaffaqiyatli o‘tkazildi. “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili” doirasida ikki mamlakatda 150 dan ortiq tadbirlar tashkil etildi.
Ikki davlat hududida tashkil etilayotgan xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalari va yarmarkalarida mamlakatlarning sayyohlik tashkilotlari va kompaniyalari o‘zaro ishtiroki kengaymoqda.
O‘zbekiston mablag‘i hisobidan Turkiston shahrida 5 ming kishilik yangi masjid qurilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi samarali kurashish va uning ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta’sirini oldini maqsadida hukumat darajasida o‘zaro hamkorlik olib borilmoqda. 2020 yil iyun oyi O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati Qozog‘istonga tibbiyot mahsulotlardan iborat gumanitar yuk jo‘natdi.

Yüklə 473,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin