YANGI “PORLOQ-4” ASOSIDAGI TO‘QIMACHILIK MATERIALINI GUL BOSISH JARAYONIGA MOCHEVINA VA LUDIGOL TA’SIRINI O‘RGANISH
Magistrant R.Atajanov, PhD. Dots.G.K.Sadikova, t.f.d.prof. D.B.Xudayberdieva Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute
sodikova_84@mail.ru
Ayni paytda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va mavqei ortib bormoqda. Respublikamizning to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmog‘i yengil sanoatning asosiy tarmoqlaridan biridir. To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda ustki, kastyumbob, kuylakbob mahsulotlari aholi orasida har doim yuqori talabga ega bo‘lgan.
Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan g‘o‘zada gen-nokaut (RNK - interferenciyasi) tehnologiyasi qo‘llanilib, qisqa muddatda, tola sifati yuqori, uzunligi 38-40 mm va mustahkamligi 36 gs/teks bo‘lgan, ingichka tolali g‘oza navlarinikiday uzun va mayin, suv tanqisligiga, sho‘rga va kasalliklarga chidamli, hosildorligi oddiy g‘o‘za navlariga nisbatan o‘rtacha 20 % ga ko‘p bo‘lgan o‘rta tolali “Porloq” g‘o‘za navlari yaratildi. Markaz olimlarining qo‘lga kiritgan ushbu yutuqlari xalqaro miqyosda e’tirof etilib, gen-nokaut “genlar faoliyatini o‘chirib qo‘yish” texnologiyasi AQSH, Rossiya, Misr va Xitoy davlatlarida patentlandi.
Porloq-4 asosidagi to‘qimachilik mahsulotlari assortimentini kengaytirish tabiiy xom ashyodan samarali foydalanish muammolarini hal etish, to‘qimachilik mahsulotlarining mexanik va gigiyenik xususiyatlarini yaxshilash, tayyor mahsulot tan narxini ma’lum darajada arzonlashtirish imkonini berishi ko‘rsatilgan[1]. Ularga mustaxkam va ravon gul bosishda aktiv bo‘yovchi moddalar tanlab olindi. Aktiv bo‘yovchi moddalar bilan gul bosish jarayonida yordamchi moddalar konsentratsiyasini o‘rganish extiyoji yuzaga keldi. Aktiv bo‘yovchi moddalar bilan gul bosish jarayoniga ludigol va mochevina axamiyati katta ekanligini xisobga olgan xolda ular bilan gul bosish jarayoniga rang intensivligi K/S va gul chegara chiziqlari aniqlandi[2].