Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va unga bo’lgan zarurat
Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va unga bo’lgan zarurat
1.Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir shaxs, hech bir fuqaro o‘z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitusiyasiz tasavvur qila olmaydi. Chunki har bir shaxs kundalik hayotida Konstitusiyada belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi hamda ushbu Asosiy qonunga o‘zining huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi oliy yuridik hujjat sifatida qaraydi. Shuning uchun ham demokratik jamiyatda yashayotgan har bir shaxs Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi hamda shaxsiy hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimini aynan Konstitusiyadan topa bilishi zarur.
Ma’lumki, demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidagi eng dastlabki va eng muhim qadam Konstitusiyani o‘rganish hamda uni hayotga tatbiq etishdan boshlanadi. Mana shu maqsadda davlatimiz rahbari O‘zbekiston Konstitusiyasini bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rgatish, maktablarda darslik tariqasida o‘qitish hamda oliy o‘quv yurtlarida esa maxsus dars sifatida o‘rganishni vazifa qilib qo‘ydi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganish butun O‘zbekiston xalqining yuksak va mas’uliyatli burchidir .
Konstitusiya - Asosiy qonun sifatida barcha qonunchilik sohalarining bosh manbai hisoblanadi, chunki Konstitusiyada xalqning oliy irodasi o‘zining qonuniy ifodasi hamda muxtasar bayonini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida hokimiyat bilan shaxsning o‘zaro munosabatlarini, davlat idoralari tizimining faoliyat yuritishini tartibga soluvchi, fuqarolarning huquqiy maqomini, shuningdek, jamiyatning boshqa ijtimoiy tuzilmalari holatini belgilovchi huquqiy normalar yig‘indisi o‘z ifodasini topgan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganish kursining predmeti bu konstitusiyaviy institutlar haqida tasavvurlar va bilimlar, konstitusiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar tizimidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganish kursi o‘ziga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy tuzum asoslarini, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, ularning kafolatlari va burchlarini, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishini, saylov tizimini, hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashkil etish hamda faoliyatining asosiy prinsiplarini fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganish kursi konstitusiyaviy institutlar va normalarni haqida bilim va tasavvurlar va ularning rivojlanishlarini o‘rganadi.