Yangi Uzb konst-si kursini o‘qitishdan maqsad talabalarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining Asosiy Qonun sifatida jamiyat va davlat hayotida tutgan o‘rnini, fuqarolarning xuquq va erkinliklari va burchlarini, Konstitusiyaviy qonunlar va xuquq manbalarining xususiyati to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishdan iborat.
“Yangi Uzb konst-si” kursini vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining mazmun-mohiyatini, fuqarolarning xuquqiy ongini yuksaltirishni, davlat mustaqilligining xuquqiy asoslarini, fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalarini, davlat xokimiyati tashkil etish tamoyillarini, oliy va maxalliy davlat organlari faoliyatini va ularning tizimini, demokratik institutlardan biri hisoblangan saylov tizimini va uning mazmunini, davlat xokimiyati va sud-xuquq tizimidagi o‘zgarishlarni yaqindan tanishtirish.