Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/28
tarix28.09.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#150303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Buxoro davlat universiteti



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika – matematika fakulteti
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi
Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi
KHK uchun “Multimedia tizimlari” fanidan LMS Moodle da electron kurs yaratish (2-kurslar uchun)
5111000-Kasb ta’limi(5330200-Informatika va axborot texnologiyalari) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ish ko`rildi va himoya qilishga Ilmiy rahbar ________ o’qit.H.I.Eshonqulov


ruxsat berildi” “_______” ______________ 2017 y.
Kafedra mudiri. Taqrizchi ___________katta o’qitZ.Asrayev
___________ dots.T.B.Boltayev “_______” ______________ 2017 y.
«______» __________________2017 y.

Himoyaga ruxsat berildi”


Fakultet dekani _______________prof. Sh.M. Mirzayev
_______” ________________ 2017 y.
Buxoro - 2017 yil

Mundarija


Kirish 3
I-bob. LMS tizimlarining imkonyatlari. 11
1.1.Masofaviy o’qitish tizimi haqida dastlabki tushunchalar. 11
1.2. LMS Moodle tizimining imkonyatlari 23
Xulosa. 35
II-bob.«Multimedia tizimlari va texnologiyalari» fani moduli. 36
2.1.« Multimedia tizimlari va texnologiyalari» fanining ishchi o'quv dasturi tahlili. 36
2.2 LMS moodle tizimida fanning elektron kursini yaratish texnologiyalari. 44
Xulosa. 63
Xotima. 64
Adabiyotlar. 66



Kirish


Ma’lumki, hayotni anglash, uni o’rganish infоrmatsiyalarni yig’ish va o’zlashtirish оrqali kеchadi. Insоnning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaхs tоmоnidan o’zlashtirilgan infоrmatsiyalarning ko’p yoki оzligi bilan bеlgilanadi. SHuning uchun zamоnaviy bilimlar sari kеng yo’l оchish, ta’lim tizimini takоmillashtirishda yangi infоrmatsiya tехnоlоgiyalaridan unumli fоydalanish – bugungi kunning talabiga aylandi.
Bugungi kunda talabalarga sifatli talim berishni tashkil qilishda ilmiy-tехnika taraqqiyoti mahsuli bo’lgan zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalari va uning mоddiy asоsi-kоmpyutеrlar хizmatidan kеng fоydalanib elеktrоn darslik va qo’llanmalar tashkil etish va internet manbalaridan, hamda masofadan o’qitishning dasturiy vositalaridan foydalanish davr taqоzasi bo’lib qоlmоqda.
Aynan shu maqsadda aхbоrоt tехnоlоgiyalaridan fоydalanish, mutaхassislarning umumiy ma’lumоti va kasbiy tayyorgarligining sifatini оshirish uchun jahоn andоzalariga javоb bеruvchi aхbоrоt tехnоlоgiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Moodle” tizimi zamоnaviy infоrmatsiоn tехnоlоgiyalar va masоfali o’qitishning mumkin bo’lgan unumli tехnоlоgiyalaridandir. Yangi tехnоlоgiyalar nеgizida (masalan, “Moodle” tizimida) individuallashtirilgan ta’lim mеtоdikasini ishlab chiqish, talabaning bilimlarini shakllantirish va takоmillashtirish vazifalarini ham hal qiladi. Ta’lim jarayonida masоfali o’qitish tехnоlоgiyalaridan fоydalanish ta’lim mazmuni, shakllari va usullarining o’zgarishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
XX asr boshidan beri fan va texnikaning deyarli barcha sohalarida juda ko'p kashfiyot va ixtirolar qilindi. Ilm-fan jamiyatimizning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Tabiat va jamiyat qonunlarini o'rganuvchi har bir fan sohasida ulkan kashfiyotlar va ixtirolar qilish odat tusiga kirmoqda. Shunday qilib, XX asr o'rtalariga kelib, kishidan ko'p mehnat va iroda talab etadigan hisob ishlarini avtomatlashtirish, hisoblash mashinasidek murakkab hamda qimmatbaho asbob yaratish zarurati tug'ildi. Bunday «chaqqon hisobchi» mashinalarni yaratish-dan maqsad - inson aqlu zakovatini ijodiy faoliyatidan chalg'itmaslik edi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgila-nadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. «Ta'lim to'grisida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimining asosi yaratildi. Ma'lumki, uzluksiz ta'lim tizimi jamiyatning ma'naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, davlatning ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlani-shini ta'minlaydi; har bir inson uchun axborot texnologiyalarining tez almashinuvi (o'zgarishi) jarayonida o'z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytiradi.
Uzluksiz ta'lim - chuqur, har taraflama asosli ta'lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita. uslub va yo'nalishlarining mukammal uyg'unligi-dan iboratdir. Uning turli komponentlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslub-larning ta'lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi uzluksiz ta'lim sifatini ta'minlaydi. Bugungi kunda masofali o'qitish ochiq ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida e'tirof etilmoqda. Hozirda barcha ta'lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlan-moqda. Bu esa, pedagoglarning o'z mehnat faoliyatiga yangicha yondashuvni talab etadi. O'quv jarayonida yangi texnologiyalarning joriy etilishi, o'qituvchini texnikaviy vositalar tomonidan siqib chiqarishga emas, balki o'qituvchilik faoliyatining murakkablashuviga olib keladi. O'qituvchining vazifalari va ro’lini o'zgartiradi.
Ta'limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik muammo - o'quvchi va talabalarning mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ularning fanga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish va faolligini oshirishdan iboratdir. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash, o'quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirish, ularning faolligini oshirish uchun xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, mamlakatimizni axborotlashtirish muammosiga hukumatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi «Ma'lumotlar uzatish milliy tarmog'ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to'g'risida» gi, 1999-yil 22- apreldagi «1999-2003 yillarda O'zbekiston Respublikasi ma'lumotlar uzatish Milliy tarmog'ini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi to'grisida» gi, 2002-yil 6-iyundagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari tug'risida» gi, 2005-yil 29-dekabrdagi «ZIYONET axborot texnologiyasini yanada rivojlantirish to'grisida» gi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentyabrdagi «O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'grisida» gi qarorlari qabul qilindi. Shu munosabat bilan respublikamiz ta'lim muassasa-larining texnikaviy bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi bilan jihozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmog'iga ulanishi, elektron aloqalar bilan ta'minlanishiga e'tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta'lim mazmunining samaradorligini oshirish maqsadida respublika ta'lim muassasalarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, o'quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan foydalangan holda o'tkazishga, jumladan, masofadan turib o'qitish, kompyuterlashtirilgan anjumanlar o'tkazish, elektron darsliklarni yaratish va ularni o'quv-tarbiya jarayonida qo'llashga qaratilgan tadbirlardir. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, davlat ta'lim standartlari hayotga tadbiq qilinilayotgan bir paytda, ta'lim muassasalaridagi o'quv -tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish masofali o'qitish texnologiyasini yanada tezroq rivojlanishiga zamin bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim tizimi-ning bugungi vazifasi - talaba (o'quvchi, tinglovchi) larni kun sayin ko'payib borayotgan axborot-ta'lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsatishga o'rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur. Ta'lim tizimiga masofali o'qitishni joriy etish muammolariga bag'ishlangan ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganligi haqida turli axborot vositalarida bayon qilinmoqda. Darhaqiqat, masofali o'itish nima va undan uzluksiz ta'lim tizimida qanday foydatanilish mumkin, degan masala bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Uning qanday shakl, modellari mavjud? Masofali o'qitish muhitida ta'lim qanday rejalashtiriladi? Masofati o'qitish jarayonida qatnashayotgan o'qituvchilar qanday bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak kabi savollarga javob berish vaqti keldi. Shu sababli ushbu risolada axborot, uning paydo bo'lish omillari, axborot texnologiyalari, ularning ta'lim jarayonidagi o'rni, axborot xavfsizligi va himoya qilish usullari, masofali o'qitishning hozirgi kundagi zarurati, uning paydo bo'lishi hamda masofali o'qitishni xorijiy mamlakatlarda yo'lga qo'yilishini o'rganish va uni respublikada tashkil etish usullarini nazariy jihatdan tadqiq etish, tahlil qilish, tizimga solish, amaliyotda qo'llash usuli, vosita va modellarini tartibga solish, masofali o'qitishning axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, amalda qo'llanilayotgan masofali o'qitish usullarini bayon qilish, shuningdek, masofali o'qitishni rivojlantirish yo'llarini ishlab chiqish kabi masalalarni hal etishga harakat qilingan. Rivojlangan xorijiy mamalakatlarning, jumladan, AQSH Texnologiyalar Milliy Universiteti, Gollandiya va Isroilning ochiq Universitetlari, Ispaniyaning masofadan o'qitish Milliy Universiteti, Xitoyning Shanxay teleuniversiteti, Britaniya va Avstraliyaning ochiq universitetlarida masofadan turib o'qitish bo'yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini alohida ta'kidlash zarur. Mazkur oliy o'quv yurtlarida yaratilgan masofali o'qitish kurslarini, elektron darsliklarni, virtual kutubxonalarni va ulardan foydalanish tartib-qoidalarini tahlil qilish, o'quv materiallarini talabalar oson tushunib olishga mo'ljallanganligini, ko'p ma'lumotlar olish imkoniyatining yaratilganligini, kam vaqt sarflab ixtiyoriy vaqtda va ixtiyoriy joyda o'qish imkoniyati bo'layotganligini, yakkama yakka va guruh asosida o'qishni tashkil qilish imkoniyatlarini ko'rsatadi. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida masofali o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni o'quv-tarbiya jarayoniga kiritishning nazariy va uslubiy asoslari o'z aksini topgan. O'zbekistan Respublikasi Prezidentining «Iste'dod» jamg'armasi qoshidagi masofali o'qitish markazida 2004-yildan buyon respublika ta'lim muassasalarining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarini masofadan malaka oshirishi yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti portalida tashkil etilgan masofali o'qitish kurslarida o'rta–maxsus, kasb–hunar ta'lim muassasalarining o'qituvchilari malakasini oshirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Masofali o'qitishni tashkil etish texnologiyasi nazariy jihatdan o'rganish, tahlil qilish, amaliyotda qo'llash, shuningdek, uning vosita va modellarini tizimga solish natijasida respublikamizning oliy, o'rta-maxsus kas –hunar va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida masofali o'qitish texnologiyasidan foydalanishga zamin yaratiladi.
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda jamiyatni rivojlanishining zamonaviy bosqichi fan, texnika va texnologiyani rivojlanishining innovatsion modellariga o’tish bilan xarakterlanadi. Bunda esa kompyuter, informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday sharoitda ta’lim jarayonini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish muammosi muhim va dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Ana shunday masalalardan biri ta’lim jarayonini mukammallashtirish uchun, zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan keng foydalanish uslubiyotini yaratishdir.
Hozirgi kunda o’quv jarayonida o’qitish texnologiyalaridan masofadan o’qitish tizimidan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Masofadan o’qitish jarayonini boshqarishning asosiy vazifasi shu jarayonni xarakterlovchi ko’rsatkichlar bo’yicha ta’lim jarayonini takomillashtirish va uning samaradorligi-ni oshirishdan iboratdir. Masofadan o’qitishning zamonaviy modellari asosida boshqarishning sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlarini baholash modellarini yaratish va ularning algoritm va dasturiy vositalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Ishning maqsad va vazifalari. Ushbu ishning asosiy maqsadi o’quv jarayonini masofadan o’qitish jarayonini boshqarishning texnologik va dasturiy asoslarini yoritish uning miqdoriy va sifatiy ko’rsatkichlarini baholash modellari va algoritmlarini yaratish bo’yicha olib borilgan ilmiy izlanishlarning natijalarini bayon etish, hamda masofadan o’qitish tizimini boshqarish samaradorlik kriteriyasiga kiruvchi ba’zi bir sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlarni baholash va bashorat qilish algoritmlarini keltirib chiqarish “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fanini DTS belgilangan fanning namunaviy rejasi asosida o'quv modulini hosil qilish va amaliyotda qo'llash.
Shu bilan birga ana shu algoritmlar asosida masofadan o’qitish jarayonini boshqarishning yangi usul va metodlarini bayon qilish.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin