Chamilo – tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMSContent Packaging,IMSQTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlaydi. Tizim kross-platformali hisoblanib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi. Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan, hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo`shimcha bo`lgan ochiq muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari modullari ishlab chiqildi.
OLAT (OnlineLearningAndTraining) tizimni ishlab chiqarish 1999-yil Syurix universitetida yaratila boshlangan, 2004-yildan boshlab dastur kodi ochiq kodlikka o`tdi. Hozirga kelib, tizimdan 50 000 ga yaqin foydaluvchi va 50 ga yaqin tashkilot foydalanib kelmoqda. Boshqa LMS lar singari IMS (IMSContent Packaging,IMSQTI) va SCORM standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. OLAT dasturiy majmuasida mavjud o`quv modullari quyida keltirilgan: Contentmanaging, Forums,Filediscussions,Quizzeswithdifferentkindsofquestions,Wikis,Blogs, Podcast,Surveys,Chat va boshqa modullari mavjud. ApacheLicense2.0 asosida foydalanish mumkin. OLAT tizimini ishlatish uchun talab etiladigan dasturiy majmualar: JavaSDK, TomcatServletEngine, ma’lumotlar omboridan MySQL yoki PostgreSQL. OLAT dasturiy majmuasida foydalanuvchilar (administrator, o`qituvchi, o`quvchi) rollaridan foydalanishlari mumkin.