Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə9/28
tarix28.09.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#150303
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Buxoro davlat universiteti

Chamilo – tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlaydi. Tizim kross-platformali hisoblanib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi. Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan, hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo`shimcha bo`lgan ochiq muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari modullari ishlab chiqildi.
OLAT (Online Learning And Training) tizimni ishlab chiqarish 1999-yil Syurix universitetida yaratila boshlangan, 2004-yildan boshlab dastur kodi ochiq kodlikka o`tdi. Hozirga kelib, tizimdan 50 000 ga yaqin foydaluvchi va 50 ga yaqin tashkilot foydalanib kelmoqda. Boshqa LMS lar singari IMS (IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. OLAT dasturiy majmuasida mavjud o`quv modullari quyida keltirilgan: Content managing, Forums, File discussions, Quizzes with different kinds of questions,Wikis, Blogs, Podcast, Surveys, Chat va boshqa modullari mavjud. Apache License 2.0 asosida foydalanish mumkin. OLAT tizimini ishlatish uchun talab etiladigan dasturiy majmualar: Java SDK, Tomcat Servlet Engine, ma’lumotlar omboridan MySQL yoki PostgreSQL. OLAT dasturiy majmuasida foydalanuvchilar (administrator, o`qituvchi, o`quvchi) rollaridan foydalanishlari mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin