Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə5/28
tarix28.09.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#150303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Buxoro davlat universiteti

Birichidan, masofali o'qitishning asosiy tamoyillaridan biri — 24*7 (bir kecha-kunduzda 24 soat va haftada 7kun) tamoyili bo'lib, talabalarning o'quv materiallari bilan ishlash vaqti uchun hech qanday chegaralarning yo'qligi bilan ifodalalandi.
Ikkinchidan, masofali o'qitish fazoviy chegaralardan to'liq ozod qilingan, chunki u WWW texnologiyasi asosida qurilgan virtual fazoda amalga oshiriladi. Internet texnologiyasi qo'llanilganligi uchun o'quvchilar ta'lim muhitiga ixtiyoriy kompyuter orqali kirishlari mumkin.
Uchinchidan, Internet Web-tuguni (sayti) to'la hajmda ochiq ta'lim tizimidagi o'quv markazining vazifasini bajaradi. O'quvchi uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlar ushbu saytda joylashgan. Shu o'rinda aytish lozimki, masofali o'quv kurslarining o'zlari ham ta'limga zarur o'quv materiallarning o'ziga xos «kutubxona» sini tashkil etadi. Bundan tashqari tinglovchilar Internet orqali virtual kutubxonaning o'qish uchun eng zarur bo'lgan ashyolariga kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Shuni ta'kidlash lozimki, virtual muhit tinglovchilarga kunduzgi o'qish shaklidagiga qaraganda ancha ko'proq vizual (matnli, illyustratsiyali, video, audio) axborot berish imkoniyatiga ega. Internet Web-tugun uzeli tinglovchilar uchun har doim - kunning ixtiyoriy soati va haftaning ixtiyoriy kunida ochiq bo'lgan, internetga ulangan kompyuteri bo'lgan ixtiyoriy joy (universitet, fakultet, turar-joy, ishxona) dan kirish mumkin bo'lgan o'ziga xos sinf xonasidan iborat bo'ladi. Bundan tashqari, Internet Web-tuguni - dam olish uchun xona, pochta-aloqa bo'limi, jadvalni osish uchun e'lon taxtasi va sinov hamda imtixonlarni qisman o'tkazish joylaridan iborat. Internet Web-tuguni tinglovchilarga Internetning o'quv va axborot ashyolari haqida ma'lumotlarni taqdim etadi, boshqacha qilib aytganda, global axborot tarmog'ining o'quv koinotiga mos oynasidan iborat bo'ladi.
Kompyuterli ta'lim. Masofali o'qitishning muhim elementlaridan biri - kompyuterli o'qitish dasturlaridan foydalanishdir. Kompyuterli o'qitish 60-yillardan e'tiboran boshlangan. Talaba (o'quvchi, tinglovchi) lar faqat matn tartibida ishlashini bilishiga qaramay, o'quv jarayonining samaradorligi ko'tarilgan. Talaba o'quv materialini yaxshiroq esda qoldirgan, o'quv jarayoni esa, tezlashgan. Multimedia vosita (matn, grafika, animatsiya, tovush) larning ishlab chiqilishi esa, ta'lim samaradorligini ko'tardi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin