Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish


-rasm.Ma’ruzaga savol qo’shish oynasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə23/28
tarix28.09.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#150303
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Buxoro davlat universiteti

2.2.13-rasm.Ma’ruzaga savol qo’shish oynasi.
Talabalarga topshiriqlarni ko‘proq miqdorda berishning imkoniyatlari mavjud. Topshiriqlarning o‘zi bir necha turda berilishi mumkin. Rejalarni ko‘rish oynasidan редактироват buyrug‘ini tanlasak добавит новою странитсу bandidan вопрос bo‘limini tanlab ma’ruzaga savollar joylashtiriladi.

2.2.14-rasm.Ma’ruzaga savol va topshiriqlar joylashtirish.
Создать странитсу с вопросам oynasidan quyidagi topshiriq turlarini qo‘yish mumkin.

  • aniq tanlovli savolli test

  • Ha, yo‘q mantiqiy so‘zlar bilan javob beriladigan savollar

  • Qisqa javobli savollar

  • Mos keluvchi javoblardan iborat savollar

  • Raqamli javob beriladigan savollar

  • Esse


2.2.15-rasm.Savol turlari qo‘yiladigan oyna.
Bundan tashqari Moodle da test savollari orqali ham talabalar bilimini nazorat qilish mumkin.
Qiyin darajadagi test tuzish jarayonidan so’ng, topshiriqlar ancha oddiy tekshirish usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ular juda oddiy va egiluvchan baholash usulining barcha elementlarini o’z ichiga oladi.
Modul talabalarga baholashning raqamli ko'rinishini beradi. Talabalardan esseni yuklashni, elektron jadvallar, prezentatsiyalar, veb sahifalar, fotografiyalar yoki kichik videokliplar, audio yozuvlar shaklida topshiriqni topshirish imkonini beradi. Topshiriqlar javobini fayl ko'rinishida yuklab olishni taqozo qilmaydi, balki topshiriqlarni off–line (saytdan tashqari holatda) ko'rinishida real hayotda baja-rishlari ham mumkin. Yoki talabalar topshiriqlarni matn shaklida ham topshirish-lari mumkin.
Topshiriq–bu shunday kerakli vositaki, talabalarni javob berish imkoniyat-larini keng darajada ochib beradigan baholash usullaridan biridir.
Moodle tizimida 4 turdagi topshiriqlar mavjud.

  1. Fayl ko'rinishida: Har bir talabaga 1ta faylni ixtiyoriy formatda arxiv ko'ri-nishida yuklash imkoniyati bor.

  2. Saytdan tashqarida: Saytdan tashqarida talabaga topshiriqni bajarish imkoni mavjud. Bu yozuvli topshiriq yoki uchrashuv bo'lishi mumkin. Talabalar topshiriqni shaklini modul tizimidan olishadi, ammo fayl yuklay olishmaydi.

  3. Matn shaklidagi topshiriqlar: Bunda talaba topshiriqlarni matn shaklida onlayn ko'rinishida olishadi va javoblar onlayn ko'rinishida baholanadi. Baholarga izoh berish mumkin.

  4. Bir necha fayllar shakligi topshiriqlar:

Bu usulda talaba bir yoki bir necha fayllarni tizimga ixtiyoriy formatda yuklashi mumkin. O'qituvchi har bir talabaga individual shaklda, yoki umumiy holatda o'quv materiali shaklida yoki fikr shaklida beradi. Yuklangan fayllarga talabalar o'z fikrlarini bildirishlari yoki mavzuga doir ma’lumotni berishlari mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin