Yangilangan konstitutsiya taraqqiyotimiz qomusi



Yüklə 25,12 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü25,12 Kb.
#189150
1   2   3
YANGILANGAN KONSTITUTSIYA–TARAQQIYOTIMIZ QOMUSI G\'ayratova Gulzoda

50-modda: Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o’rta ta’lim va boshlang’ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o’rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o’rta ta’lim davlat nazoratidadir.
51-modda: Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli. Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o’zini o’zi boshqarish, tadqiqotlar o’tkazish va o’qitish erkinligi huquqiga ega.5
Jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi. Xotin-qizlarning erkaklar bilan barcha sohada tengligini ta’minlash, ularni ulug’lash va qadrlash, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mamlakatning ustuvor vazifalaridan biri. Darhaqiqat, bugungi kunda Yangi O’zbekiston islohotlari inson manfaatlarini ta’minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. 42-moddada ayolni aynan homilador ekanligini sabab qilib yoki aynan bolasi borligini sabab qilib, ishga qabul qilmaslik, ishdan bo’shatish yoki oyligini kamaytirish mumkin emasligi nazarda tutilmoqda. Mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asosli sabablar mavjud bo’lsa, masalan, xodimning tashabbusi (arizasi) bo’lsa, yoki taraflarning kelishuvi mavjud bo’lsa yoxud korxona tugatiladigan bo’lsa va shunga o’xshash boshqa qonuniy asoslar bo’lsa, homilador yoki yosh bolasi bor ayollarni ishdan bo’shatish mumkin bo’ladi. Mazkur normaning kiritilishi hamda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi to’laqonli faol ishtiroki ta’minlanishi natajasida 2030-yilga qadar boshqaruv lavozimlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushi kamida 30 foizga yetishi ta’minlanadi. Eng avvalo, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga, ikkinchidan, parlament, hukumat, vazirliklar, hokimiyat ishlariga ayollarni kengroq jalb etish imkoniyatini yaratadi.
XULOSA: Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, konstitutsiya xalq tarixining yo’nalishini belgilab beruvchi hayotiy hujjatdir. U boshqaruv uchun asos yaratadi, shaxs huquq va erkinliklarini himoya qiladi, barqarorlik va demokratiyani mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyatdagi o’zgarishlarga moslasha va javob bera olishi bilan taraqqiyot yo’li bo’lib xizmat qiladi, millatning qadriyat hamda intilishlarini avlodlar o’rtasida ta’minlab turadi. Jumladan Konstitutsiya har qanday xalqning tayanchi ekanligini bilib oldik. Menimcha biz uning qadr-qimmati va mavjudligini hurmat qilishimiz va u belgilab bergan qoidalarga qat’iy rioya qilishimiz kerak.

Yüklə 25,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin