SENTABR. IKKINChI HAFTA
«MENING ShAHRIM, MENING MAHALLAM»
Katta guruh
Qurish-yasash konstruktsiyalash va matematika
markazi
Mening mahallam
Maqsad: bolalar o’z mahallasini tasvirlashi,
mahallasida joylashgan ob’ektlarni eslab uni
ijodiy ishida namoyon etadishlari kerak. Mahalla haqidagi o’z fikrlarini tushuntirishlari, mahallada joylashgan bino
va uylarni yasash orqali mehr, sog’inch hislari shakllanib boradi.
Kerakli jihoz va materiallar: qurilish
materiallari va mavzu asosida namunalar, katta-
kichik uylarning suratlari.
Faoliyatning borishi:
1. Mahalla aks etgan rasmni kuzatish.
2. Rasmdagi voqeani tahlil qilish.
3. Mahallani qurishni rejalashtirish.
4. Qurish-yasash uchun kerakli jihozlarni
tanlash.
5. Mahallani qurish.
6. Bolalarning mustaqil faoliyati.
7. Tayyor holatga kelgan ishlar namoyishi.
Qo‘shimcha: tarbiyachi, bolalar ishlarini mayda
o’yinchoqlar, daraxtlar, mashinalar bilan
to’ldirishni taklif etishi mumkin.
Alohida e’tibor qaratiladi: qurish-yasash
davomida ijodiy yondoshishga ahamiyat beriladi.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish
«Do’stimnikida mehmonda» syujetli-rolli
o’yin
Maqsad: bolalar mehmonga borganda o’zlarini
risoladagidek tutishlari, atrofdagilarga
do’stona munosabatda bo’lishlari va bir-birlariga g’amxo’rlik qilish tuyg’ularini shakllantirish lozim.
Kerakli jihoz va materiallar: mavzuga mos
o’yinchoqlar, uy jihozlari, qo’g’irchoqlar, idish-
tovoq va oshxona anjomlari.
Faoliyatning borishi:
1. O’yin uchun jihozlarni tartibga kel-
tirish.
2. Roll arii o’zaro taqsimlab olish.
3. O’yin uchun sharoitni yaratish.
4. Mehmon uchun dasturxon bezatish.
5. Oshxonada ovqat tayyorlash.
6. Do’stini kutib olish.
7. Do’stini
uyga taklif etish va salom-
lashish.
8. Do’sti uchun nozu-ne’matlar keltirish.
9. Turli mavzularda suhbatlashish.
10. Do’stini kuzatish.
11. O’yinni yakunlash.
Qo‘shimcha: bolalarga kimlar bilan do’stlashishi
va bog’chadagi o’rtoqlari xaqidagi fikrlarini
erkin bayon etishlari va do’stlik haqida turli
maqol, hikoyalar aytib berish mumkin.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning bir-
birlari bilan o’zaro do’stona munosabati.
Til va nutq markazi
«Mening qadrdon uyim». Surat asosida suhbat
Maqsad: bolalarning ogzaki nutqini rivojlantirish, uy jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va uyni ozoda tutishni o’rganishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar: uylarning
tasviri, oilaviy fotosuratlar, oila a’zolarining bayram kunlari tasvirlangan rasmli ko’rgazmalar.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu
asosidagi rasmlarni tomosha
qilish.
2. Hovli va ko’p qavatli uylarni bir-
biridan farqlash.
3. Do’stlariga o’z xonasini tasvirlab
berish.
4. Ko’rgazmadagi voqea-hodisalar asosida
o’zaro suhbatlashish.
Qo‘shimcha: «Bu mening uyim» mavzusida uy
maketlarini tayyorlash va ko’rgazma tashkil etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: o’z uyi haqidagi
suhbat chogida boladagi emotsional holatga
ahamiyat beriladi.
Fan va tabiat
«Kimning uyi mustahkam?» Amaliy tajriba
Maqsad: bolalar haqiqiy qurilish materiallari
haqida, qamish nima ekanligi haqida uy qanday
xom ashyolardan qurilsa mustahkam bo’lishi,
quruvchilik kasbi haqidagi tasavvurlarini
kengaytirishi, uy qurishdagi ketma-ketlik va
kelajakdagi uylarining rejasini hayolan va
amalda yasab ko’rishlari lozim.
Kerakli jihozlar: qamish, yog’och kubiklar, qog’oz
qutilar va uylar suratlari.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlar
orqali uylar nimalardan
qurilishi mumkin ekanligini o’rtoqlashish.
2. Uy namunalarini ko’zdan kechirish.
3. Uylarni nimadan qurilganligini tahlil
qilish.
4. Tayyor uy maketlarini birma-bir qo’pol
harakatlari orqali mustahkamligini sinab
ko’rish.
5. Natijani tahlil qilish.
6. Mustahkam va mustahkam bo’lmaganligi
sababini aniqlash.
7. O’zaro fikr almashish.
Qo‘shimcha: qamishdan chayla qurish, gugurt
qutichalaridan qolip sifatida foydalanib,
loydan g’isht quyish va shu g’ishtlardan mustahkam
uy qurish.
Dostları ilə paylaş: