Yaponiyada maktabgacha ta`lim va tarbiya berish usullari


Oilaning yuqori ahamiyati



Yüklə 65,43 Kb.
səhifə3/5
tarix05.12.2023
ölçüsü65,43 Kb.
#172712
1   2   3   4   5
Oilaning yuqori ahamiyati
Qoidaga ko‘ra, bola tarbiyasi bilan ona shug‘ullandi. Ular bolalar bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi. Yaponlar bolani uch yoshdan oldin bolalar bog‘chasiga berish kerak emas, deb hisoblaydi. Asosiysi, bolani buvisiga berish yoki enaga yollash ma’qullanmaydi.

Biroq bunda kengaytirilgan oilaga katta ahamiyat beriladi: bolalar bobo va buvilar hamda boshqa qarindoshlar bilan faol muloqotda bo‘ladi. Avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar ta’sirchanlik va diqqatga asoslanadi, bu yerda keksalarning fikrlari tinglanadi. Oila — bu “amae” hukmronlik qiladigan va har doim qo‘llab-quvvatlaniladigan va g‘amxo‘rlik qilinadigan doira.


Shaxsiy misol
“Yaponiya. Uni qanday tushunish kerak” kitobi muallifi Ikeno Osamu qiziq bir tajriba haqida yozadi. Yapon onalari va yevropalik onalardan bolalari bilan birga piramida yig‘ish so‘ralgan. Yapon onalari dastlab o‘zlari yiqqan va keyin bolalardan takrorlashni so‘ragan. Agar bolalar biror narsani o‘xshata olmasa, ular ishni qayta boshlagan.

Yevropalik onalar esa boshqa taktikani tanlagan: ular bolalarga piramida qanday yig‘ilishini batafsil tushuntirgan. Keyin esa bolalarga ishni bajarishni taklif qilgan. Ko‘rinib turibdiki, yapon onalari “men kabi qil” tushunchasini bergan bo‘lsa, g‘arblik onalar faqat nazariyani tushuntirib, bolalarni hammasini o‘zi bajarishga majbur qilgan.


Shuning uchun yapon ta’limi va tarbiyasi “hijjalovchi” deb ataladi. Yapon onalar kamdan-kam hollarda bolalarni qilib ko‘rmagan ishini qilishga majburlaydi. Ular avval misol ko‘rsatib, bolada shu ishni qilishga xohish uyg‘otadi.
Hissiyotlarga munosabat
Bolaga jamoaviy jamiyatda yashashni o‘rgatishdan oldin atrofdagilar hissiyoti va manfaatini ko‘rish va hurmat qilish nima ekanligini tushuntirish kerak.
Shuning uchun yapon ayollari o‘z navbatida bolalarning sezgirligini hurmat qiladi. Ular bolalarga ortiqcha bosim o‘tkazmaydi, uyaltirmaydi, balki bolakaylarning hissiyotlarini uyg‘otadi. Misol uchun, agar bola mashinani sindirib qo‘ysa, yapon ona “Mashinaning joni o‘g‘riyapti, u hozir yig‘laydi”, — deydi. Yevropalik ona esa “Bunday qilma, bu yaxshi emas. Mashinani sotib olish uchun qancha ishlash kerak”, — deydi.
Yaponlarning o‘zi ularning usullari yagona to‘g‘ri usul ekanligini tasdiqlamaydi. So‘nggi vaqtlarda g‘arb qadriyatlari ularning an’analariga katta ta‘sir ko‘rsatmoqda. Biroq yaponcha yondashuvning asosiy tamoyili bolalarga sokinlik, sabr va to‘liq mehr bilan yondashuv hisoblanadi.
FacebookTwitterLinkedIn



Yüklə 65,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin