Yaratish bilishlari lozim bo‘ladi


GEOGRAFIYANING ASOSIY MUAMMOLARI



Yüklə 76,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix14.12.2023
ölçüsü76,49 Kb.
#176617
1   2   3   4   5   6
11.00.01 - Табиий географи-1

GEOGRAFIYANING ASOSIY MUAMMOLARI 
fani bo‘yicha: 
“Geografiyaning asosiy muammolari” fani, predmeti, tadqiqot ob’ekti. 
Fanning maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi. Tabiiy geografiyadagi 
asosiy g‘oya va tushunchalarning shakllanish va rivojlanish tarixidan. Qadimgi 
(antik) davrlardagi yunon olimlari Gekatiy, Gerodot, Aristotel, Eratosfen, 
Gipparx, Posidoniy, Strabon, Ptolemeylarning geografik tasavvurlari. O‘rta 
asrlardagi sharq uyg‘onish davri geografiyasi. O‘rta Osiyolik allomalar 
Muhammad Xorazmiy, Jayhoniy, Balxiy, Abu Abdulla Xorazmiy, Beruniy, 
Mahmud Qoshg‘ariy, Zamaxshariy, Hofizi Abru, G‘iyosiddin Naqqosh, 
Zahiriddin Bobur va boshqalarning geografik merosi. Buyuk geografik 
kashfiyotlar davri va evropaliklarning tasviriy geografiyasi. V.V. Dokuchaev, 
A.N. Krasnov, G.T. Tanfilev, L.S. Berg, G.F. Morozov, A.A. Grigorevlarning 
yangi ilmiy geografiyaning shakllanishidagi roli. XX asrning ikkinchi yarmida 
kompleks tabiiy geografiya va landshaftshunoslik g‘oyalarining rivojlanishi. 
O‘zbekistonda bajarilgan tabiiy geografik izlanishlarning tavsifi. Tabiiy 
geografiyaning fanlar tizimidagi o‘rni va qismlari. Tabiiy geografiyaning obekti, 
predmeti va vazifalari. Geografik qobiq, geografik muhit, tabiiy geografik 
kompleks, landshaft, geografik tizim, tushunchalari va ta’limotlarining 
shakllanishi. Geotizimlarning uch darajasi: planetar, regional, va topologik 
darajalari. Tabiiy geografik komplekslarning ko‘lamlari, katta-kichikligi va 
tabiiy geografiyaning qismlarga bo‘linishi. Geografik qobiqning chegaralari, va 
tarkibiy tuzilishi, uning geosferalari va komponentlari. Geografik qobiqning 
o‘ziga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlari. Uning tarixan shakllangan, 
uzluksiz rivojlanib turadigan, o‘ziga xos va murakkab moddiy tizim ekanligi. 
Geografik qobiqning tashqi olam bilan aloqadorligi. Unda organik hayotning 
mavjudligi. Geografik qobiqning mavjudligida tirik moddaning ahamiyati. 
Tabiiy geografik komplekslar va ularning umumiy xususiyatlari. Tabiiy 
geografik 
rayonlashtirish 
regional 
tabiiy 
geografiyaning 
metodologik 
masalalaridan biri ekanligi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning xillari, 
tamoyillari va metodlari. Genetik birlilikk, komplekslilik, hududiy umumiylik
va nisbatan bir xillik tamoyillari. Xususiy rayonlashtirish ma’lumotlarini tahlili 
qilish asosida tabiiy geografik rayonlashtirish metodi. Tabiiy geografik 
rayonlashtirishning etakchi (bosh) omil metodi. Tabiiy geografik 
rayonlashtirishning taksonomik birliklar tizimi. Taksonomik birliklarning 


umumiy 
ta’rifi. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy geografik 
rayonlashtirishlar tajribalaridan R.I. Abolin, L.S. Berg, E.P. Korovin, 
A.N.Rozanov, 
V.M.CHetirkin, 
E.M.Murzaev, 
L.N.Babushkin 
va 
N.A.Kogaylarning tabiiy geografik rayonlashtirish ishlarida ko‘tarilgan 
muammoli masalalar. Qishloq ho‘jaligi va boshqa soha maqsadlarida 
bajariladigan tabiiy geografik rayonlashtirish masalalari. Landshaftshunoslik 
yoki kichik hududlar tabiiy geografiyasining muammoli masalalari. 
Landshaftning tarkibiy tuzilishi va morfologiyasi. Landshaft hosil qiluvchi 
omillar. Landshaft va ekosistema, landshaftshunoslik va ekologiyadagi 
o‘xshashlik va farqlar. Landshaft ekologiyasi yoki geoekologiya tushunchasi. 
Landshaftlarning maxsus faoliyati. Landshaftlarni tasniflash masalalari. 
Landshaftshunoslikning strukturaviy-genetik, funksional-dinamik, antropogen, 
ekologik, estetik ilmiy yo’nalishlari.

Yüklə 76,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin