Yaratish bilishlari lozim bo‘ladi


AMALIY LANDSHAFTSHUNOSLIK



Yüklə 76,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü76,49 Kb.
#176617
1   2   3   4   5   6
11.00.01 - Табиий географи-1

AMALIY LANDSHAFTSHUNOSLIK
fani bo‘yicha:
Amaliy landshaftshunoslik faning o‘rganish ob’ekti, predmeti, maqsadi va 
vazifalari. Geografiya fanlari tizimida tutgan o‘rni. Amaliy landshaftshunoslikning 
ilmiy va amaliy ahamiyati. Amaliy landshafshunoslikning nazariy asoslari. 
Umumilmiy landshafshunoslik va amaliy landshafshunoslik. Umumilmiy 
landshafshunoslik va amaliy landshafshunoslik g‘oya va tushunchalarining 
shakllanishi va rivojlanishi. Geotizimlarda modda almashinishi. Geografik tizimlar 
va ekologik tizimlar ularning o‘zaro nisbatlari, farqlari va o‘xshashliklari. 
Geotizimlarni tasniflash prinsiplari. Geotizimlar evolyusiyasi va dinamikasi. 
Landshaftlarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari nuqtai nazaridan baholash. 
Baholashning asosiy prinsiplari va metodlari. Landshaftlarni baholashga oid 
tadqiqotlar tavsifi. Geotizimlarni baholash. Landshaftlarni ekologik baholash. 
Landshaftlarni iqtisodiy baholash. Tabiiy sharoitni qishloq xo‘jaligi uchun 
baholashda landshaft xususiyatlarini inobatga olish. Landshaftlarni rekreatsiya
shaharsozlik maqsadlarida baholash. Landshaftlarni prognozlash. Tabiiy geografik, 
iqtisodiy geografik va kompleks geografik prognozlar. Landshaftlar taraqqiyotini 
prognozlash uning asosiy tamoyillari. Prognozlash metodlari: ekspert-baholash, 
landshaft genetik qatorlari, funksional bog‘liqliklar metodi, tabiiy geografik 
ekstrapolyasiya metodi. Landshaftlarning rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash 
muammolari. Landshaftlarning tabiiy rivojlanishini hamda antropogen ta’sir 
natijasida o‘zgarishlarini o‘rganishning prinsiplari va metodlari. Amaliy 
landshafshunoslik maxsus kartalarini tuzish, mayda masshtabli, o‘rta masshtabli 
va yirik masshtabli landshaft kartalarini tuzishning asosiy xususiyatlari va 
metodlari.
TABIATDAN FOYDALANISH STRATEGIYASI
fani bo‘yicha:
Tabiatdan foydalanish strategiyasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari, 
nazariyasi, prinsiplari va asosiy konsepsiyalari. Tabiat va inson jamiyati, ularning 
bir butun hosila ekanligi. Insonning tabiatdan foydalanishi, iInsonning tabiatga 
ta’siri, uning turlari. Insonning tabiatga ta’sirining oqibatlari. Tabiatning 
ifloslanishi, texnogen tabiiy muhit. Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari. 
Standartlar, monitoring, modellashtirish, audit o‘tkazish va boshqaruv. Geografik 
monitoring. Distotsion (aero va kosmos suratlarini) usullardan foydalanish. 
Ifloslashtirish ko‘rsatkichlari (REM, REU v.x.), monitoring turlari (biosfera, YEr, 
suv, havo, geoekologik monitoring va x.k), monitoring klassifikatsiyasi (global, 
regional, lokal), modellashtirish (tabiiy geografik o‘xshash usullari, analog, 


matematik, geofizik, geoximik, kartografik v.b.). Audit va uni o‘tkazish 
(geoekologik, muhandislik v.b.).Tabiiy geografik jarayonlarni oldini olish. 
Tabiatdan foydalanishning maqsad va istiqbollari. Tabiatdan foydalanishda 
qo‘yiladigan maqsadlar: iqtisodiy, sog‘liq va gigiena, nafosat (estetika), ilmiy, 
turizm va sayohat, tarbiyaviy maqsadlari. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan 
tabiatdan foydalanishda ro‘y bergan o‘zgarishlar. Tabiatdan foydalanishning o‘ziga 
xos xususiyatlari. Insonning tabiatga ta’siri turlari, bevosita ta’sir va bilvosita 
ta’sir. Tabiatni muhofaza qilish va o‘zgartirish. Tabiatdan foydalanishda, uni 
o‘zgartirishda hisobga olinishi zarur qonuniyatlar. Tabiat qonuniyatlarining 
ob’ektiv qonunlar ekanligi, ularni o‘rganish zarurligi. Ilm – fanning rivojlanishi 
bilan tabiat qonunlari haqidagi bilimlarning ham chuqurlashib borishi. Tabiat 
taraqqiyotining asosiy qonunlari. YEr landshaft qobig‘ining bir butunligi va 
muayyan muvozanatda turishi. Tabiatdagi aylanma harakat, geologik, biologik
energetik aylanma harakatlar. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida tabiatdagi 
aylanma harakatning buzilishi va buning oldini olish. Konlarning ochiq usulda 
qazib olinishi, yirik suv omborlarining qurilishi oqibatida tabiiy muhitda 
muvozanatning o‘zgarishi, uning geografik va ekologik oqibatlari. Inson xo‘jalik 
faoliyati va tabiiy muhitda yer osti va yer usti suvlari rejimining o‘zgarishi hamda 
uning 
oqibatlari: 
cho‘llashish va tuproqlarni sho‘r bosishi. Biologik 
muvozanatning o‘zgarishi va biologik modda aylanishning buzilish hamda 
bularning ekologik oqibatlari, atmosfera havosi tarkibiga ta’siri. Inson xo‘jalik 
faoliyati ta’sirida geografik qobiqda issiqlik balansining o‘zgarishi. Havoda 
karbonat angidrid gazi, aerozollar salmog‘ining oshishi va uning YEr yuzi havosi 
haroratiga, ob-havosi va iqlimiga ta’siri. Geografik komplekslarning inson 
tomonidan o‘zgartirilishi. Landshaftlarning inson ta’siri darajasiga qarab turlarga 
bo‘linishi: tabiiy, o‘zgarmagan landshaft, kuchsiz o‘zgargan, o‘rtacha o‘zgargan, 
kuchli o‘zgargan landshaftlar. Landshaftlarning tez o‘zgaradigan va barqaror 
komponentlari. Antropogen landshaftlar, buzilgan landshaftlar, madaniy 
landshaftlar. Amaliy baholash, bashoratlash va bashorat. Baholash, uning turlari: 
agroiqlim resurlarini, tuproqlarning sho‘rlanishini, rekreatsion, rekultivatsion 
nuqtai nazardan baholash.

Yüklə 76,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin