“Yashirin iqtisodiyot bilan kurashishda “ehtiyotkor” bo‘lish va iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo‘ymaslik zarur. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish tadbirkorlar va ishchilarni jazolash, ular faoliyatiga to‘sqinlik qilish degani emas.
Odatda kam to‘lanadigan ish o‘rinlari xufyona iqtisodiyotning asosiy qismini tashkil etadi. Agar ularga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurashiladigan bo‘lsa, kam ta’minlangan aholi qatlamlari zarar ko‘rishi mumkin va daromadlar/talab kamayishi natijasida iqtisodiy o‘sish ham sekinlashishi xavfi mavjud.