Shuning uchun, jahon tajribasida xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashilayotganda ma’lum tamoyillarga amal qilish to‘g‘riroq hisoblanadi.
Shuning uchun, jahon tajribasida xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashilayotganda ma’lum tamoyillarga amal qilish to‘g‘riroq hisoblanadi.
Davlat shunday shart-sharoit yaratishi kerakki rasmiy iqtisodiyotda faoliyat yuritish “soya”da bo‘lishdan yaxshiroq va “soya”da bo‘lish faoliyatni to‘xtatishdan yaxshiroq bo‘lishi kerak. Bu degani xufyona iqtisodiyotni qisqarish tezligi va ko‘lami o‘zining optimal nuqtasiga ega.
Xufyonalikni qisqartirishdagi qattiqqo‘llik adolatli qonun normalari joriy qilingandan keyingina amalga oshishi kerak. Zero, ishchilarni “soya”da ishlashiga soliqlarning balandligi turtki berayotgan bo‘lishi mumkin. Shunda ham qattiq kurash normalari joriy etilsa, ishsizlik ko‘payadi hamda iqtisodiyotning rasmiy qismi ham zarar ko‘radi. Uning ustiga, kam daromadli aholini jazolash siyosiy jihatdan to‘g‘ri emas.
Jahon banki tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatimizdagi tadbirkorlarning aksariyati (23 foiz) soliq stavkalarining yuqoriligi biznesni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omil sifatida ko‘rishmoqda. Kichik va o‘rta biznes (23 foiz) vakillarida soliq stavkalari muammosining dolzarbligi yirik korxonalarga (19 foiz) nisbatan ancha yuqori.