9.3. Pardozlash ishlari uchun stanoklar
Abraziv yordamida pardozlab ishlov berish usullari ikki guruhga bo'linadi.
1. Erkin abraziv donachalar yordamida ishlov berish; bunga pritirka qilish, polirovka
qilish, gidroabraziv, vibroabraziv, magnitoabraziv va ultratovush vositasida ishlov
berishlar kiradi.
2. Bog’langan abraziv donachalari bo'lgan asbob yordamida ishlov berish; bunga
xoninglash, superfinishlash, brusoklar bilan pritirka qilish usullari kiradi.
Bunday ishlov berishda oldingi ishlovlardan qolgan g’adir-bu-durliklarning juda
mayda nisbatan balandroq qismlari yo'qotiladi. Bun-day ishlov berishga mo'ljallangan
stanoklardan kengroq tarqalganlari xoninglash, pritirka qilish va superfinishlash
stanoklaridir.
Xoninglash stanoklari bir va ko'p shpindelli, vertikal va gorizontal shpindelli bo'ladi.
Xoninglashdan maqsad yuzalar shaklining noaniqliklari—konuslik, ovalsimon bo'lish,
g’adir-budurlikni kamayti-rish va ishlov berish aniqligini 6-kvalitetga yetkazishni
ta'minlashdir. Bu operatsiya maxsus asbob—xon (xon kallagi) yordamida bajarilib, u
9.13-rasm. Doiraviy stolli jilvirlash
stanogi.
mayda abraziv donachalariga ega bo'lgan brusoklardan yig’ilgan bo'ladi. Xon kallagi bir
vaqtning o'zida qo’zg’almas zagotovkaning teshigi bo'ylab aylanma va ilgarilama-qaytar
harakatlarni bajaradi.
3821 modelli bir shpindelli vertikal xoninglash yarim avtomati (16.14-rasm)
diametri 012-50 mm va uzunligi 130 mmgacha bo'lgan silindrik teshiklarga ishlov berish
uchun mo'ljallangan. Ishlov o'tadigan detallarning materiallari toblangan va toblanmagan
po'lat, cho'yan va boshqalar bo'lishi mumkin.
Stanokda ishlov berish asosan olmosli brusoklar bilan olib bo-riladi. Stanokning
mexanizmlari bir vaqtning o'zida xonning ilgaiils maqaytar va aylanma harakatlarini va
brusoklarning radial surilishini ta'minlaydi. Shpindel babkasining gidroyuritmadan
olingan ilgarila-ma-qaytar harakati tezligi chegarasi 0...16 mg’min, brusoklarning
shpindelning har ikki yurishiga mos keladigan radial surilishi chegarasi 0...0,065
mmg’i.m.y. Shpindel elektr dvigateldan tezliklar qutisi orqali harakat olib, rtshp= 400;
560; 800 aylg’min ga ega.
Xonni belgilangan o'lchamga sozlash buriluvchan stol (2)ga moslamada o'rnatilgan
etalon detal bo'yicha bajariladi.
Moylash-sovitish suyuqligi sifatida emulsiya yoki kerosin ishlatila-di. Xoninglash
stanoklarining boshqa modellari: 383, ОФ-38.
Pritirka (dovodka) qilish stanoklari yassi va silindrik yuzalarga mayda donali
abrazivlar bilan nafis ishlov berish maqsadida qo'llaniladi. Dovodka qilishda pritir deb
ataluvchi cho'yandan, mis, jez, bronza, oyna va boshqa shunga o'xshash materiallardan
tayyorlangan asbob olinib, unga dovodka pastalari surtiladi. Dovodka pastasi pasta yoki
suspen-ziya (mayda donali abraziv yoki olmos kukunining moydagi aralash-masi)
ko'rinishida bo'ladi.
Pritirlarning shakli, joylashuvi va harakati ishlov beriladigan detaining shakli va
konstruksiyasiga hamda stanokning to`zilishiga bog’liq.
Pritirlar (9.15-rasm) 0
1
o'qi atrolida qarama qarshi yo`nalishga har xil v
Dostları ilə paylaş: |