Yatrogeniya, evtanaziya haqida



Yüklə 126,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü126,68 Kb.
#47773
  1   2
Yatrogeniya, evtanaziya haqida-конвертирован



Yatrogeniya, evtanaziya haqida 

Kasallikning ichki holatini o'rganish ikki shaxsning psixologik muloqoti hosilasidir. Ulardan 

biri  tibbiyot  xodimi  -  shifokor,  hamshira,  ikkinchisi  esa  bemor.  Bu  o'rinda  shifokor, 

hamshiraning  shaxsi  bemor  ruhiyatiga  ta'siri  shu  qadar  kattaki,  u  hatto  (ba'zi  bir  holatlarda) 

kasallikning kechishiga ta'sir qilishi ham mumkin. Shifokorlar tomonidan o'tkaziladigan ruhiy 

muolaja bemorga katta foyda beradi, bunda uning ishonchli so'zi juda katta ahamiyatga ega. Bu 

so'z shifokorning asosiy qurolidir. Demak, shifokor va hamshiraning so'zi bemorga ham ijobiy, 

ham  salbiy  ta'sir  etishi  mumkin.  Shifokor  yoki  hamshiraning  bir  og'iz  so'zi  bemor  tuzalishiga 



yoki  uning  dardini  og'irlashtirib  yuborishi,  boshqa  ikkilamchi  kasalliklarni  keltirib  chiqarishi 

ham mumkin. 

Yatrogen kasalliklari shifokor. hamshira va sanitarlar xatti-harakatlari va gap-so'zlarning 

yoki  bemorga  qilingan  boshqa  salbiy  ta'sirdan  kelib  chiqadigan  xastalikdir.  Shuning  uchun 

hamshiralar  tibbiy  psixologiyaning  ahamiyatini  boshqa  xodimlarga  qaraganda  puxta  va 

mukammal  egallab  olishlari  va  uni  amaliyotda  qo'llashlari  lozim  bo'ladi. Bemor  yoki  sog'lom 

odamlarning barisi ham tib xodimining noto'g'ri harakati natijasida bir xil ruhiy iztirobga yoki 

yatrogen  kasalligiga  duchor  bo'lavermaydi.  Yatrogeniya  nevropat  va  psixopatlarda  juda  oson 

yuzaga  keladi.  Albatta,  bunda  ularning  gavda  tuzilishi  va  nasliy  holatlari  hisobga  olinadi. 

Yatrogen  kasalliklarga  astenik  va  psixasteniklar  moyil  bo'lib,  ular  kelajakdan  qo'rqadilar,  uni 

qora tusda ko'radilar va o'zlarini ruhiy, jismoniy holatlaridan doimo hadiksiraydilar. 



Tib  amaliyotida  yatrogen  kasalliklarga  sabab  bo  'ladigan  4  asosiy  omilni  nazarda  tutish 

kerak: 

1. Bemorning anamnezini y’ig'ish. 

2. Bemorning ichki holatini o'rganish. 

3. Laborator tahliliga baho berish. 

4. Tashxis va kasallik oqibatini aniqlash. 

O'zaro  muloqot  chog'ida  bemorning  oldin  boshidan  kechirgan  kasalliklariga  ham  katta 

ahamiyat berish zarur, shuningdek, kasallik etiologiyasini va patogenezini o'rganishda bemorni 

ta'sirlab  qo'yishdan  ehtiyot  bo'lish  kerak.  Ayniqsa,  xavfii  o'sma,  yurak  xastaligi  va  uyida, 

yaqinlarida  ruhiy  kasalligi  mavjud  bo'lgan  bemorlarga  nisbatan  nihoyatda  ehtiyotkorlik  va 

muloyimlik bilan muomala qilish talab etiladi. 

Ba'zi  yatrogen  kasalliklarning  paydo  bo'lishi  bevosita  instrumental  yoki  laborator 

tekshirishlarga  bog'liq.  Ayniqsa  bunda  qon,  siydik  va  boshqalarning  noto'g'ri  tahlili  sabab 

bo'ladi. 



Rentgenologik  va  ultratovush  tekshirishlarning  natijalarini  ehtiyotsizlik  bilan  aytish  ham 

yatrogeniyaga sabab bo'lishi mumkin. 

Shuni  unutmaslik  kerakki,  qishloq  varchlik  punkti  (QVP)  ambulatoriya,  poliklinika,  qabul 

bo'limlarida, shifoxonada bemorga, avvalambor, ruhiy tinchlik yaratib berish kerak, chunki bu 

holat  davolashning  samarali  quroli  hisoblanadi.  Yatrogeniya  mexanizmlari  hali  to'la-to'kis 

o'rganilmagan,  chunki  shu  damgacha  tana  va  run  bir-biridan  ajratilgan  holda  o'rganilmoqda. 



Umuman aytganda, har qaysi tibbiyot xodimi bemor bilan suhbatni to'g'ri tashkil qilishi, uning 

ishonchini  qozonishi,  o'zaro  munosabat  oralig'ini  saqlashi,  o'ziga  ishontira  olishi,  unga 

hamdard bo'lib, imkon qadar aniq javob qaytara olishi darkor. Tib xodimlarining har bir xatti-

harakati va gap-so'zlari bemorga yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi va uni ruhan tetik qiladi. 

Shifokor  bemor  bilan  birinchi  uchrashuvidanoq  uning  ruhiy  holatiga  nisbatan  nihoyatda 

ehtiyotkorlik  bilan  muloqot  qilish  mahoratini  takomillashtirib  borish  yatrogeniyaning  oldini 

oladi. 

Hozirgi  kunda  jahon  shifokorlari  orasida  shov-shuvga  va  munozaraga  sabab  bo'lgan 



«evtanaziya»  haqida  ikki  og'iz  so'z.  Evnataziya  -  bu  og'ir,  tuzalmas  kasallikka,  masalan, 

rakning  oxirgi  bosqichiga  mubtalo  bo'lgan  bemorning  o'limini  istakka  binoan  tezlashtirish  va 

qiynoq 

azoblaridan 

qutqarish 

va  tabiiy  o'limni  turli 

dori-darmonlar  yordamida 

yengillashtirishdir. «Evtanazis» so'zi (grekcha) baxtli, azobsiz o’lim degan ma'noni anglaladi. 

Keyingi  yillarda  tibbiyotda  erishilgan  yutuqlar  tufayli,  bemor  o'limi  bilan  bog'liq  bo'lgan 

deontologik  muammolarga  katta  e'tibor  berila  boshlandi.  Hatto  og'ir  holatdagi  bemorlarning 

o'limi  ham  reanimatsiya  (jonlantirish)  bo'limida  kam  uchraydigan  hodisa  hisoblanadi. 

F.Benonning  yozishicha:  «Shifokorning  burchi  -faqatgina  bemorni  sog'lig’ini  tiklabgina 

qolmasdan,  balki  shu  kasallik  natijasida  paydo  bo'lgana  zob-uqubatlarni,  og'riqni 

yengillashtirish,  bemorning  o'limini  yengil,  tinch  va  azobsiz  kechishiga  yordam  berishdan 

iboratdir.  Hozirgi  davrda  evtanaziya  haqida  turli  qarama-qarshi  fikrlar  mavjud.  Evtanaziya 

tarafdorlari  bu  so'zni  «yoqimli.  yengil  o'lim»  deb  baholasalar,  qarshilar  esa  buni  qotillik,  deb 

izohlaydilar. 


Yüklə 126,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin