Yaxshiyeva Kibriyo Oybekovna Neft gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari tayanch doktaranti


OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə5/6
tarix24.12.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#191671
1   2   3   4   5   6
Yangi kanistitutsiya-taraqqiyot qomusi

4. OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Avvalgi konstitutsiyaning “Ommaviy axborot vositalari” nomli bobi bitta moddadan iborat edi. Unda shunday deyilgandi: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Yangi konstitutsiyaga ko‘ra, bu bob ikkita moddadan iborat bo‘ldi:
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Asosiy yangilik – OAV faoliyatiga to‘sqinlik uchun javobgarlik konstitutsiya darajasida belgilandi. MJtK va Jinoyat kodekslariga tegishli javobgarlik kiritilishi haqida 4-5 yildan beri gapirib kelinadi, lekin ularning barchasi og‘izda va qog‘ozda qolib ketmoqda.
Endilikda, referendumda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qonunchilikni yangi konstitutsiyaga moslashtirish dasturini 2 oy muddat ichida ishlab chiqib, parlamentga kiritishi kerak.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumninki, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning orzu intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisi 2040 yilga borib, 50 mlnga yetadi. Ularning yarmidan ko‘pi yoshlar ekanini ham hisobga olish kerak. Ularga munosib sharoit qilib berish uchun, har yili 250 ming yangi o‘quvchi o‘rni, o‘nlab zamonaviy shifoxonalar, kamida 200 mingta yangi uy-joy, 128 1 mln doimiy ish o‘rni, 25-30 mlrd dollar investitsiya kerak. Qonunchiligimizga muvofiq yoshlarga – 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar kiradi. O‘zbekistonda yoshlarning soni bugungi kunda 9,6 mlndan oshmoqda, ya'ni mamlakatimiz aholisining 30 foizga yaqinini tashkil etmoqda. 2016 yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, 2020 yilda Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi hamda 30 iyun – “Yoshlar kuni” deb e'lon qilindi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz loyihasining 78 va 79-moddalari yoshlarga oid alohida normalar bilan to‘ldirilmoqda. Ularga muvofiq: birinchidan, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi, degan norma kiritilmoqda. Ushbu norma jamiyatning tinchligi, yakdilligi hamda davlatning barqaror rivoji uchun muhimdir, va aksincha, aynan ushbu vazifaga e'tiborsizlik jamiyat, millat va xalqning tanazzuliga yo‘l ochadi; ikkinchidan, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi, degan norma mustahkamlanmoqda. Biz demokratik, huquqiy davlat qurishga intilar ekanmiz, bunga kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning huquqlarini himoya qilmasdan turib, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ta'minlamasdan turib, hyech qachon erisha olmaymiz; uchinchidan, davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shartsharoitlar yaratadi, degan norma kiritilmoqda. Yoshlarimizning har tomonlama rivojlanishi uchun ularga tegishli imkoniyatlar, ya'ni sog‘lom va uy-joyli bo‘lish, ta'lim olish, ishga joylashish, band bo‘lish va dam olish imkoniyatlarini yaratish zarurdir. Davlat bu borada tegishli shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha majburiyat olmoqda, chunki mazkur normalar, nafaqat yoshlarimiz manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning farovon kelajagi uchun muhimdir.

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin