86
musobaqalarda barcha sprinterlik yugurish masofalarida AQShlik
sportchilar birinchilikni qo‘lga kiritishgan (60 metr masofada –
Krenstleyn (7,0 s); 100 metr masofada – F.Djarvis (11,0 s); 200 metr
masofada – D.Tyuksberi (22,2 s); 400 metr masofada – M.Long (49,4
s) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan). IV Olimpia o‘yinlarida (London shahri,
1908-yil) 60 metrlik yugurish musobaqalarini dastur tarkibiga kiritish
to‘xtatilgan. Bu musobaqalar yo‘nalishida Berlin shahrida o‘tkazilgan
XI Olimpia o‘yinlari g‘olibi (1936-yil) – sprinter D.Ouen
sezilarli
yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, uning qayd etgan natijasi 100 va
200 metr masofada mos holatda – 10,3 va 20,7 s ni tashkil qiladi. U
tomonidan o‘rnatilgan 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha dunyo
rekordi (10,2 s) 20-yil davomida o‘zgarmasdan qolgan.
XXVIII Olimpia o‘yinlarida (Afina shahri, 2004-yil) qisqa maso-
falarga yugurish musobaqalarida 100 metr masofaga yugurishda
– D.Getlin (AQSh) tomonidan – 9,85 s; 200 metrga yugurishda
– Sh.Krouford (AQSh) tomonidan – 19,72 s; 400
metr masofaga
– D.Uoriner (AQSh) tomonidan – 44,00 s natijalar qayd qilingan.
Qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha musobaqalarda amerikalik
sportchilarning ustunlik qilishiga qaramasdan, 1960-yilda qisqa maso-
faga yugurish bo‘yicha (100 metr) Germaniyalik A.Hari
tomonidan
10,0 s natija qayd qilingan, shuningdek,, 1966-yilda 200 metr masofaga
yugurishda T.Smit (AQSh) tomonidan 20,0 s natija qayd qilingan. 400
metr masofaga yugurishda 1968-yilda L.Evans tomonidan birinchi
marta 44,0 s natija qayd qilingan. Hozirgi vaqtda sprint bo‘yicha
dunyo rekordi 100 – 200 metr masofalarga yugurishda Useyn Boltga
(Yamayka, 2009-yil) tegishli bo‘lib, 9,58 s va 19,19 s ga teng natijalarni
qayd qilgan bo‘lsa. 400 metr masofaga yugurish M.Djonsonga (AQSh,
1999-yil) tegishli bo‘lib, 43,18 s natija qayd qilingan.
Ayol sportchilar Olimpia o‘yinlarida qisqa
masofalarga yugurish
musobaqalari bo‘yicha birinchi marta 1928-yilda (IX Olimpia o‘yinlari,
Amsterdam shahri) ishtirok etishi qayd qilinadi. Bu musobaqalarda
ayollar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha bellashuv
tashkil qilingan.
Bu sport turi bo‘yicha g‘olib sifatida AQShlik E.Robinson
g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va u tomonidan 12,2 s natija qayd qilingan.
87
Ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga yugurish musobaqalari XIV
Olimpia o‘yinlari musobaqalari tarkibiga kiritilgan (London shahri,
1948-yil). Bu musobaqalarda 100 va 200 metrlik sprinter masofalarga
yugurish bo‘yicha gollandiyalik F.Blan – Kers – Koen g‘oliblikni
qo‘lga kiritgan va uning qayd qilgan natijasi 100 metrda 11,9 s, va
200 metrda 24,4 s ga teng hisoblanadi. 400 metr masofaga yugurish
bo‘yicha musobaqalarda ayollar o‘rtasidagi medallar faqat XVIII
Olimpia o‘yinlarida qayd qilingan (Tokio shahri, 1964-yil). Bu
musobaqalarda ushbu sport turi bo‘yicha avstraliyalik B.Katbert (52,0
s) g‘olib sifatida tan olingan. Qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha
sportda yorqin iz qoldirgan sportchilar – bu S.Valasevich (Polsha,
1935-yil, 200 metr 23,6 s); V. Rudolf (AQSh, 1960-yil, 11,2 va 22,8
s); V.Tayes (AQSh, 1968-yil, 100 metr 11,0 s); I.Shevinska (Polsha,
1974-yil, 200 va 400 metr, 22,5 va 49,3 s); M.Kox (Sobiq
Germaniya
Demokratik respublikasi, 1985-yil, 200 va 400 metr, 21,71 va 47,60
s) kabilardan tashkil topgan. XXVIII Olimpia o‘yinlari (Afina shahri,
2004-yil) g‘oliblari sifatida 100 metr masofada ayollar o‘rtasida –
Yu.Nesterenko 10,93 s (Belorussiya respublikasi); 200 metr masofada
– V.Kempbell 22,05 s (Yamayka); 400 metr masofada – T.Uilyame
– Darling 49,41 s (Bagam orollari) kabilar shohsupadan o‘rin
egallashgan.
Hozirgi vaqtda qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha ayollar o‘rta-
sida dunyo rekordi 100 va 200 metr masofalar bo‘yicha AQShlik
Florens Griffit – Djoyner (1988-yil, 10,49 va 21,34 s), 400 metr masofa
bo‘yicha Sobiq Germaniya Demokratik respublikasidan Marita Kox
(1985-yil, 47,60 s) kabilarga tegishli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: