88
ustida hozirda ham shug‘ullanib kelinadi. Sprinterlik yugurish texni-
kasini tahlil qilish uchun unda shartli ravishda quyidagilar ajratiladi:
- start;
-
start tezlanishi;
- masofa bo‘ylab yugurish;
- marraga yetib kelish.
Start.
Qisqa masofalarga yugurishda
musobaqa qoidalariga binoan
past start qo‘llaniladi, bunda start oyoq tirgaklaridan (stanogidan) foy-
da laniladi.
Start oyoq tirgaklarining joylashtirilishi o‘ta individual bo‘lib,
spor t chining malakasiga va uning jismoniy imkoniyatlariga bog‘liq
bo‘ladi (4-rasm). Amaliyotda to‘rt xil turdagi past start qo‘lla niladi
(oyoq tirgaklarining joylashishiga qarab): 1) odatdagi; 2)
uzoq lash-
tiril gan; 3) yaqinlashtirilgan; 4) tor.
4-rasm.
Start tirgaklarining joylashtirilishi:
a – oddiy start uchun; b – uzaytirilgan start uchun;
v– yaqinlashtirilgan start uchun
Oddiy startda
start chizig‘idan birinchi oyoq tirgakkacha bo‘lgan
masofa 1,5-2
oyoq kaftiga teng, birinchi tirgakdan ikkinchisigacha
bo‘lgan masofa ham xuddi shunday. Endi shug‘ullanayotgan
sportchilar
uchun boldir uzunligiga qarab joylashtirishni qo‘llash mumkin, ya’ni
birinchi tirgakkacha bo‘lgan masofa boldir uzunligiga teng.