Yengil atletika va uni


O‘rta va uzoq masofalarga yugurish



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

3.4. O‘rta va uzoq masofalarga yugurish 
texnikasini o‘rgatish uslubiyati
O‘rta va uzoq masofaga yugurish texnikasini o‘rgatishda stadiondan 
tashqarida bo‘lgan har xil tekisliklarda o‘rgatilsa maqsadga muvofiqdir, 
chunki uzoq masofaga yugurishlardan musobaqa o‘tkazilishi asosan 
stadiondan tashqarida o‘tkaziladi. Quyidagi uning vazifalari, vositalari 
va uslubiy ko‘rsatmalari keltirilgan.
1-vazifa.
O‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasi bilan 
tanish tirish.


121
Vositalar: 
1. O‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasi xususiyatlarini 
tushuntirish. 
2. Yugurish texnikasini malakali yuguruvchi tomonidan ko‘rsatib 
berish. 
3. Jahon, Osiyo, O‘zbekistonda o‘rta va uzoq masofani rivojlanishi, 
rekordlar haqida tushuntirish. 
4. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanib texnikani tahlil qilish. 
5. Musobaqa qoidalari bilan tanishtirish. 
Uslubiy ko‘rsatma.
Yugurish texnikasi haqida to‘g‘ri tasavvur 
hosil qilish uchun ko‘rgazmali qurollaridan foydalaniladi. O‘rta va 
uzoq masofaga yugurish texnikasini ko‘rsatganda, shug‘ullanuvchilar 
yon tomonda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Yugurishni avval 
to‘g‘ri yo‘lkada, so‘ngra burilishda yugurib ko‘rsatish kerak.
2-vazifa.
To‘g‘ri yo‘lkada yugurish texnikasini o‘rgatish 
Vositalar:
1. To‘g‘ri yo‘lkada yugurish texnikasini ko‘rsatish va tushuntirish. 
2. 80-100 m masofalarda takror-takror yugurish. 
3. Tizzani baland-baland ko‘tarib yugurish. 
4. Sakrab-sakrab yugurish. 
5. Bedana qadam bilan yugurish. 
6. Boldirni orqaga siltab yugurish. 
7. Joyda turib qo‘l harakatlariga taqlid qilib yugurish.
Uslubiy ko‘rsatma.
O‘qituvchi oyoq tagini erga to‘g‘ri qo‘yishni, 
depsinishni, qo‘llarni to‘g‘ri harakatlariga e’tibor berishi lozim. Yugu-
rishda avval tezlik kam, keyin esa o‘rtacha tezlikda bo‘lishi kerak. 
Bunda guruh-guruh bo‘lib ham yakka-yakka yugurish mumkin. O‘qi-
tuvchi har bir sportchi kamchiliklarini ko‘rsatib berish lozim.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin