116
bo‘g‘imidan bukilgan va oyoqlarga nisbatan qarama-qarshi holatni
egallaydi. Yuguruvchining nigohi taxminan 3-4 m oldinga yo‘lkaga
qaratilgan (10-rasm).
10-rasm.
Yuqori start texnikasi
Start beruvchining – Marsh buyrug‘idan yoki o‘q uzishidan
keyin sportchi yugurishni faol boshlaydi.
Sportchi startdan egilgan
holatda yugurishni boshlaydi, keyin sekin – asta gavdasini rostlab,
yugurish
holatini egallaydi, bunda gavdaning egilishi 5-7
o
ga teng.
Start tezlanishi masofa uzunligiga bog‘liq. 800 mga yugurishda
(bunda sportchilar birinchi 100 m masofani o‘z yo‘lkalari bo‘ylab
yuguradilar) yuguruvchining vazifasi yugurish yo‘lkasi chetidan
birinchi bo‘lib o‘rin egallab olish maqsadida shu masofa bo‘lagini
tez yugurib o‘tishdan iborat. Bu yerda quyidagilarni ajratish mumkin:
1) start tezlanishining o‘zi, u taxminan 15-20
m davom etadi; 2)
faol yugurish, u sportchining umumiy yo‘lkaga chiqib olguniga
qadar davom etadi, bu yerda yugurish tezligi bir maromdagi tezlikka
yaqinlashadi. Odatda, 800 m masofadagi birinchi 100 m tezligi boshqa
masofa bo‘laklaridagi yugurish
tezligiga, hatto marraga etib kelishdagi
tezlikka nisbatan birmuncha yuqori bo‘ladi. Boshqa masofalarda
117
start tezlanishi kichikroq, 10-15
m atrofida, bu yerda eng asosiysi
– tez tezlanish hisobiga yo‘lka chetidan o‘rin egallash, o‘z yo‘lini
ko‘paytirmasdan ikkinchi yo‘lka bo‘ylab yugurmaslik,
keyin esa
sportchi tayyorgarligiga mosholda bir maromda yugurishga o‘tishdir.
Dostları ilə paylaş: