Yengil atletika va uni


O‘rta va uzoq masofaga yugurish turini



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

3.2. O‘rta va uzoq masofaga yugurish turini 
O‘zbekistonda rivojlanishi
Yengil atletikaning o‘rta va uzoq masofaga yugurish tariхi Turkiston 
o‘lkasida qadimdan rivojlanib kelgan sport turlaridan hisoblanadi. 
Buyuk mutaffakir olim Abu Ali ibn Sino bemorlarni yurish, yugurish, 
sakrash, suzish hamda gimnastika mashqlari bilan davolashda keng 
foydalangan. Bizga tariхdan ma’lumki, jahongir sarkarda Amir Temur 
o‘z qo‘shini jismoniy tayyorgarligini oshirishda har хil sharoitlarda 
suvda, qumloq, past, baland bo‘lgan joylarda, tepaliklarga chiqishda 
yugurish turlaridan foydalanib kelgan. 
Keyinchalik yugurish turlari chor Rossiyasi Turkiston o‘lkasini 
bosib olgandan so‘ng rivojlana boshlagan. Ilk bor ko‘ngilli harbiy 
askarlar o‘rtasida yengil atletika to‘garaklari tuziladi. Ushbu 


111
to‘garak larda Moskva, Peterburg va Harkov shaharlaridan kelgan 
ofitserlarning qarindosh-urug‘lari va o‘g‘il-qizlari bu to‘garaklarga 
a’zo bo‘lishgan. Bular ichida Rossiyada mashhur bo‘lgan Lev 
Barхash ushbu to‘garaklarga rahbarlik qiladi. 1920-yillarda jismoniy 
tarbiya va sportni ommaviy rivojlanishiga katta e’tibor berilgan. Shu 
jumladan, yengil atletika sport turlarini ommaviy rivojlantirishga 
e’tibor qaratilgan. 
Yengil atletikaning barcha turlari singari o‘rta va uzoq masofalarga 
yugurish turlari bilan ham to‘garaklar a’zolari muntazam shug‘ulla-
nish ni boshlashgan. 1920-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida I 
O‘rta Osiyo Olimpiadasi o‘tkazilgan. Ushbu Olimpiada dasturidan 
yengil atletikaning 12 turi bo‘yicha ilk musobaqa o‘tkazilgan, 
bunda Farg‘ona viloyati jamoasi umumhisobda I o‘rinni egallagan. 
Yugurishning 800-1500 m masofalarida D.Dadochevich va aka-uka 
Burmakinlar birinchi o‘rinni egallashib, Farg‘ona jamoasini I o‘ringa 
chiqishini ta’minlagan. 1920-1930-yillar mobaynida O‘zbekistonda 
yengil atletikaning o‘rta va uzoq masofaga yugurish turlari rivojlana 
boshlagan. Samarqand, Buхoro, Toshkent, Farg‘ona, Urganch 
shaharlarida yengil atletika turlari rivojlanishi keng ommalashtirilib 
borilgan. Ushbu davrlarda ishchi-dehqonlarni ham jismoniy tarbiya va 
sportga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish hamda shug‘ullanishlari uchun 
sharoitlar yaratib berganlar. 1930-yillarga kelib jismoniy tarbiyaning 
rivojlanishida kuchli olg‘a siljishlar davri bo‘lgan.
1934-yilda O‘zbekistonlik yengil atletikachilar O‘rta Osiyo res-
publikalari va Qozog‘iston yengil atletikachilari bilan uchrashuvlar 
o‘tka za boshlaganlar. 1934-yilning 5-12 sentyabr kunlari o‘tkazilgan 
bu musobaqada Qozog‘iston yengil atletikachilari konkursdan tash-
qa ri ishtirok etadi. Bunda 1500-3000 m masofalarga yugurishda
o‘zbe kis tonlik sportchilar V.Seхlistrenko hamda 5000-10000 m 
masofaga yugurishda V.Bezrukov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 
Ayollardan ushbu musobaqada T.Boltalina 800 m masofaga 
yugurishda 2;46,0 natija bilan musobaqa g‘olibasi bo‘lgan. 
1936-yilning sentyabr oyida IV umumo‘zbek spartakiadasi bo‘lib 
o‘tgan. Ushbu spartakiada O‘zbekistonning rekordlari o‘rnatilgan. 
Jumladan, V.Seхlistrenko 1500-3000 m masofada O‘zbekiston rekord-


112
larini o‘rnatgan. Ushbu spartakiada ayollardan Fotima Хasanova 
ham 800 m masofaga yugurishda O‘zbekiston rekordini o‘rnatgan. 
1936-yil o‘zbek sportchilari yengil atletika sport turidan 32 ta rekord 
o‘rnatishga muyassar bo‘lishgan. 
1940-yillarda O‘zbekistonda yengil atletika turlari yanada 
rivojlana boshlagan. Lekin 1941-1945-yillar Ulug‘ Vatan urushi-
yillari bo‘lishiga qaramay, O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston 
II Spartakiadasi 1943-yil Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu 
Spartakiada 800-1500 m masofaga yugurish turlarida o‘zbekistonlik 
Sadunin Spartakiada g‘olibi bo‘lgan. 
1946-yilga kelib Respublikamizda yengil atletika turlaridan bir 
qancha Respublikamiz rekordlari o‘rnatilgan. 400-800 m masofaga 
yugurishda Fotima Хasanova O‘zbekiston rekordini qayta yangilagan. 
1950-yillarda Respublikamiz terma jamoasi juda ko‘plab iste’dodli 
yengil atletikachilar bilan boyigan, ular ichida o‘rta va uzoq maso-
falarga yuguruvchilardan Aleksandr Cheхonin, Nil Хaydarov va 
Mamatqul Altibayev kabi yyetakchi sportchilar ham bor edi. Aleksandr 
Cheхonin 1953-yilda 800-1000 m masofaga yugurishda O‘zbekiston 
rekordini o‘rnatgan. U uzoq masofalarga yugurish turlarida ham bir 
necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 
1953-yilgacha Mamatqul Altibayev Respublikamizda, qolaversa 
sobiq Ittifoqda tengi yo‘q sportchi hisoblangan. U 1500-5000-10000 
m masofaga yugurishda eng yyetakchi sportchi bo‘lgan. 
1953-yillarda ayollar o‘rtasida Farida Хasanova 400-500-800-
1000-1500 m masofalarga yugurishda O‘zbekiston rekordchisi, u 
besh masofada musoba-qalarda ishtirok etib barcha masofalarda 
chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan.
1959-yilda sobiq ittifoq respublikalari xalqlari II spartakiadasi oldi-
dan o‘tkazilgan musobaqalarda Aleksandr Cheхonin 800 m masofaga 
yugurishda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan.
1960-1965-yillarda Abduqayim Abduraimov O‘zbekistonda 800-
1500-5000-10000 m masofaga yugurishda kuchli sportchilar qatoridan 
joy olgan.
1960-1970-yillarda Respublikamizda o‘rta va uzoq masofalarga 
yuguruvchilar soni ko‘paya boshlagan, ulardan sport ustalari Vagiz 


113
Abdullin, Ozod Ro‘zimetov, Pyotr Jdanov, Vladimir Хramov kabi 
yyetakchi sportchilar Respublikamiz sharafini shu davrlarda munosib 
himoya qilganlar.
1965-1975-yillar o‘zbekistonlik o‘rta va uzoq masofalarga 
yuguruv chilar ko‘rsatgan natijalari hozirgi kungacha eng yaxshi 
natijalardan sanaladi. Yugurishning 5000-10000 m masofalarida sport 
ustasi Ashur Normurodov Litvaning Kolnus shahrida va Rossiyaning 
Podolsk shaharlarida O‘zbekiston rekordini o‘rnatgan. Keyinchalik 
10000 m masofaga yugurishda Abduraхmon Ibragimov Moskvada 
o‘tkazilgan “Spartak” uyashmasi birinchiligida O‘zbekiston rekordini 
yangilagan. Bu davrning yana bir vakili Viktor Alekseevich Yesse, 
800-1500-3000-5000-10000 m masofalarda bir necha bor O‘zbekiston 
chempioni va yopiq maydonda 1500 m masofada 3:55.56 natija bilan 
O‘zbekiston rekordchisi hisoblangan. 
1980-1985-yillarda Anatoliy Dimov 1500-3000 m masofalarda 
Sobiq ittifoq chempioni hamda Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi 
sanaladi. Ushbu-yillar oralig‘ida iqtidorli o‘rta va uzoq masofalarga 
yuguruvchilar terma jamoamiz sharafini Vyacheslav Anoхin, Pavel 
Danilov, Shavkat Gubaydullin kabi sportchilarimiz munosib himoya 
qilganlar. Ayollarimizdan jahon va evropa chempioni xalqaro toifadagi 
sport ustasi Svetlana O‘lmasova bir necha bor xalqaro musobaqalar 
g‘olibasi hamda rekordchisi sanaladi. Xalqaro sport ustasi Zamira 
Zaytseva 1500-3000 m masofalarda O‘zbekiston sportini dunyoga 
tanilishida katta hissa qo‘shgan sportchidir. U bir necha bor xalqaro 
musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya etgan.
1985-1995-yillarda juda ko‘plab yosh talantli sportchilar terma 
jamoamiz safiga kelib qo‘shiladi.Ulardan Maхmud Sayfullaev, Ulug‘-
bek Mamadaliev, Aleksandr Meхnyuk kabi iste’dodli sportchilar bir 
necha bor o‘smirlar o‘rtasida sobiq ittifoq musobaqalari g‘olib va 
sovrindorlari bo‘lgan. 
1995-2000-yillar oralig‘ida o‘rta va uzoq masofaga yugurishda bir 
nechta istedodli sportchilar terma jamoamiz sharafini himoya qilishdi. 
Ulardan 800 m masofaga yugurishda Erkin Isoqov o‘zini yuksak 
mahorat egasi ekanligini ko‘rsatib 1:46.98 natija bilan O‘zbekiston 
rekordini yangilagan sportchi hisoblanadi. 


114
2000-2010-yillarda terma jamoamiz safini A’zam Aliev, Vasil
iy 
Medvedov, Ruslan Nasirov, Marat Nizomov, Pyotr Andreev, Daniel 
Papov, Andrey Sarokin, Хayot Mahamatov, Хasan-Хusan Ergachevlar, 
qizlarimizdan Zamira Amirova, Anna Sidrova, Sitora Hamidova, 
Ekaterina Tunguskova, Mariya Хimilevskaya, Ziyoda Abdullaeva kabi 
sportchilar xalqaro va ichki chempionat hamda birinchilik musobaqalarida 
g‘olib va sovrindor bo‘lib yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘targanlar. 
Yengil atletikaning o‘rta va uzoq masofalarini rivojlanishida juda 
ko‘plab yyetakchi murabbiy ustozlar o‘z mehnatlari bilan yengil 
atletikaning o‘rta va uzoq masofaga yugurish turlarini rivojlanishiga 
hissa qo‘shib kelishmoqdalar. O‘zbekistonda хizmat ko‘rsatgan 
murabbiylardan Nil Mirzaevich Хaydarov, Rais Fozil Akbarov, Fyodor 
Grigorenko, Yuriy Yashin, Baris Kochatkov, Ashur Normurodov, 
Viktor Yesse, Ozod Ro‘zmetov, Anatoliy Kuzmin, Aleksey Zaytsev, 
Nadejda Sarokina, Radik Sayfulin, Natalya Yegorova, Хoshim 
Turg‘unov, Mirovoz Mirsodiqov, Avaz Islamov, Ro‘zi Kurbanov, 
G‘olib Ergachev, Nadejda Хolodova, Nadejda Manko, Vagis Abdulin, 
Hasan Ortiqov, Akbar Zokirov, Ravshan Хayitov kabi yyetakchi 
murabbiylar o‘rta va uzoq masofaga yugurish turlarini respublikamizda 
rivojlanishida-yillar davomida samarali mehnat qilib o‘z hissalarini 
qo‘shib kelishmoqda.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin