Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar:
Yelka oldinga og‘ib ketmasligi va kuch-
lan masligi (qo‘llarni belda ushlash mumkin). Son gorizontal holgacha 
ko‘tariladi, tayanch oyoq to‘liqligicha to‘g‘rilanadi. Bir oyoq tayanch 
holda turganda, siltanadigan oyoqni son harakati oldinga yuqoriga 
bo‘lib, to‘liqligicha to‘g‘rilanadi, tos oldinga tushadi. 
4 – vazifa:
Burilishda yugurish texnikasiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Ko‘rsatish va tushuntirish. 
2. Yo‘lakni qayrilishida tezlanish bilan takroran yugurish, oldingidan 
boshlab, keyinchalik radiusi kichik yo‘lakka o‘tib yugurish. 
3. To‘g‘ri yo‘lakda tezlanish bilan yugurib har xil tezlikda qayri-
lish ga kirish. 
4. 10-20 m radiusdagi doira har xil tezlik bilan yugurish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar:
Tirsaklar orqaga chaqqon va oxirigacha 
harakatga qo‘yiladi, bunda yelka va bo‘yin kuchlanmasligi zarur.
5 – vazifa:
Yuqori start va start tezlanishi texnikasiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Ko‘rsatish va tushuntirish. 
2. «Startga» komandasini bajarish. 
3. «Diqqat» komandasini bajarish. 
4. Yugurishni mustaqil ravishda signalsiz bajarish. 
5. Yugurish signal bilan bajarilib, start tezlanishi ko‘proq engashgan 
holda va sonni oldinga-yuqoriga chaqqon ko‘tarish bilan. 
6. Yugurishni signalsiz, gavdani ko‘p engashtirgan holda boshlash.
Uslubiy ko‘rsatmalar:
Chap oyoq to‘g‘ri qo‘yilib, o‘ng oyoq 
chapga buriladi. O‘ng qo‘l harakati ichkariga yo‘naltirib, (tirsak o‘ng-
ga tashqariga). Gavdaning engashishi. Chap-oldinga, doirani mar-
kaziga qaratiladi. d.h. dan oldinga qo‘yilgan oyoq bilan har xil yelka 
va qo‘l oldinga chiqariladi.
6 – vazifa:
Past startdan chiqishni o‘rgatish.
Vositalari:
1. Ko‘rsatish va tushuntirish. 
2. «Startga» komandasini bajarish yuguruvchi kolodkani oldida, 
qo‘lini tushirgan holda, oldingi kolodkaga kuchli oyog‘i bilan taya-
nadi, ikkinchi oyog‘ini orqadagi kolodkaga qo‘yadi. Keyin orqa oyoq-
ni tizzasini erga qo‘yib, qo‘l panjalarini start chizig‘iga qo‘yadi. 


99
3. «Diqqat» komandasini bajarish. 
4. Yugurishni mustaqil ravishda signalsiz boshlash – harakat qo‘l-
larni yerdan uzish bilan boshlanib, oyoqlar bilan tez depsiniladi, orqa 
tos-sonni oldinga olib, oyoq pastda erni ustidan olinadi, oldingi oyoq 
chaqqon to‘g‘rilanadi. 
5. Yugurish signal bilan (pistoletdan otish) boshlanadi. 
6. Kolodkalarni burilish starti uchun o‘rnatish. 
7. Burilishda past startdan yugurish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin