206
va musobaqalar jarayonida kamol topadi. Bunda har ikkala oyoqda bir
xilda depsinib g‘ovdan o‘ta olishning katta ahamiyati bor.
30-rasm.
To‘siqdan o‘tish texnikasi
Depsinish oldidan bajariladigan oxirgi qadam, oldingi qadamlarga
nisbatan bir qancha qisqaroqdir. Oyoqni to‘siqdan 140 – 180 sm
masofada tashqi qirrasidan boshlab yerga qo‘yish kerak. Oxirgi qada-
mni qisqartirish (buning uchun oyoq, tananing U.O.M. proeksiyasiga
yaqin qo‘yiladi) oldingi tayanch paytida tayanch reaksiyasi
kuchining
tormozlovchi ta’sirini pasaytiradi.
Depsinish paytida yuguruvchining gavdasi bir oz oldinga
engashadi, bukilgan oyoq esa tizza bilan tezda oldinlatib yuqoriga
ko‘tariladi. Muvozanat saqlash uchun, silkinch oyoq narigi tomonidan
qo‘l oldinga yoki oldinlatib pastga uzatiladi.
Tayanchsiz holatda silkinch oyoq to‘g‘rilanadi, gavda
yanada
oildinga engashtiriladi, depsinuvchi oyoqni esa bukib olg‘a tortiladi
va yon tomonlab g‘ov ustidan o‘tkaziladi. Bu payt silkinch oyoq narigi
tomonidagi qo‘l pastlab orqa tomon depsinuvchi oyoq qarshisiga
harakatlanayotgan bo‘ladi.
To‘siqdan keyin silkinch oyoq yerga erkin tushuriladi.
Bukilgan
depsinuvchi oyoq esa shu payt gavda oldida bo‘lib, g‘ovdan keyingi
birinchi qadamni boshlashga tayyorlanadi. Yuguruvchining gorizontal
tezligi pasaymasiligi uchun, gavdani orqaga yugurish kerak.
To‘siq bilan yerga tushadigan joy orasidagi masofa 100 -130 sm
o‘rtasida bo‘ladi.
To‘siqni «bosib» o‘tish unchalik samarali bo‘lmay,
u faqatgina
o‘rgatish va mashg‘ulotning dastlabki paytlarida qo‘llaniladi.
207
Gavda ning U.O.M. to‘siqga juda ham yaqin o‘tishi uchun, to‘siqga
qo‘yiladigan oyoq juda ham bukilishi, yelkalar esa oldinga
engashmog‘i kerak. Oyoqni g‘ovga qo‘yishda, qo‘lni to‘siqga tirab,
gorizontal tezlikni kamaytirib qo‘ymaslik uchun, yuqoridan pastga
tomon mayin qo‘yish kerak. To‘siqdan depsinishda
tekis yugurishdagi
kabi kuch bilan depsinish kerak.
Eng qiyin to‘siq – suv to‘ldirilgan chuqurdir. Unga yaqinla sha yot-
ganda (15 – 20 m naridan) yugurish tezligi oshiriladi. To‘siqustiga
odat da kuchli (depsinuvchi) oyoq qo‘yiladi, bu suv to‘ldirilgan
chuqurdan sakrab o‘tish imkonini beradi. To‘siqdan tejamliroq o‘tish,
undan kuchliroq depsinish uchun yuguruvchi tayanch oyog‘ini qattiq
bukadi, gavdasini ko‘proq oldinga engashtiradi. Depsinayotgan
paytda bukilgan bo‘sh oyoq bilan shu oyoq narigi tomonidagi qo‘lning
silkinch harakati katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: