Yer osti suvlarining kelib chiqishi va tasnifi



Yüklə 1,14 Mb.
tarix21.04.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#55905
inshoorlar tipologik

Mavzu:Inshoorlar tipologik yechimlari haqida(Yer osti suvlari)

Yer osti suvlari suvli gorizontning joylashishiga, bosimning bor-yo’qligiga, yotish xolatiga, gidravlik belgisiga va ximiyaviy tarkibiga qarab ustki, grunt va qatlamlararo suvlarga bo’linadi. Bulardan tashqari yoriq, qarst, doimiy muzloq va shifobaxsh xususiyatiga ega bo’lgan mineral suvlar xam bo’ladi. bu suvlar ko’p xollarda sanoat korxonalarida ishlatiladi. Ular bosimli yoki bosimsiz bo’lib, ba'zi uziga xos xususiyatlari bilan boshqa xildagi suvlardan ajralib turadi.

  • Yer osti suvlari suvli gorizontning joylashishiga, bosimning bor-yo’qligiga, yotish xolatiga, gidravlik belgisiga va ximiyaviy tarkibiga qarab ustki, grunt va qatlamlararo suvlarga bo’linadi. Bulardan tashqari yoriq, qarst, doimiy muzloq va shifobaxsh xususiyatiga ega bo’lgan mineral suvlar xam bo’ladi. bu suvlar ko’p xollarda sanoat korxonalarida ishlatiladi. Ular bosimli yoki bosimsiz bo’lib, ba'zi uziga xos xususiyatlari bilan boshqa xildagi suvlardan ajralib turadi.

Grunt suvlari

  • Yer yuzasidan birinchi suv o’tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan suvlar grunt suvlar deyiladi. Grunt suvlar yuzaki suvlardan katta maydonlarda tarqalgan suv o’tkazmaydigan qatlami bilan farq qiladi. Lekin ular xam yuzaki suvlari singari atmosfera yog’inlari va yer ustki suvlaridan tuyinadi. Grunt suvlarining tuyinish maydoni tarqalish maydoniga mos keladi. Tabiiy sharoitlarda grunt suvlari yuzaki suvlardan farqli o’laroq, uzoq vaqt mavjud bo’ladi.

Qatlamlararo (artezan) suvlar

  • Suv o’tkazmaydigan ikki qatlam orasiga joylashgan suv o’tkazadigan qatlamda suv to’planishidan qatlamlararo yer osti suvlari hosil bo’ladi. Bunday suvlar bosimsiz va bosimli bo’lishi mumkin.

Artezian suvlarning otilib chiqishi

Mineral suvlar

  • tarkibida ba`zi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar bo`lgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallarning umumiy miqdori 1 g/l gacha bo`lgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Ba`zi dengiz va ko`l suvlari ham M.s. ga kiradi. M.s.ning ma`lum shifobaxsh xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun yetarli miqdorga ega bo`lganlari mineral suv manbalari deb ataladi.

Mineral suvlar

Yoriqlarda joylashgan yoki karst suvlar

  • Granit, diorit, qumtosh, oxaktosh va shular singari mustaxkam tog’ jinslari yoriqlari orasida xarakat qiladigan suvlar yoriqlarda joylashgan suvlar deb ataladi. Yoriqlarning bir-biri bilan qo’shilishi va bog’lanishi sababli bulardagi suv, grun suvlaridan farqli o’laroq, xar tarafga oqishi, pastga oqishi yoki yuqoriga ko’tarilishi mumkin.

Yer ostida hosil bo’lgan bo’shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari deyiladi. Bu suvlar tog’ jinslarida gorizontal va vertikal yunalishda xarakat qilib, tutash oqimlar hosil qiladi. Karst suvlari yuzaki suvlar bilan o’ziga xos aloqasi bilan ajralib turadi. Ko’p xollarda yuzaki suvlar o’z xarakati davomida karst rivojlangan maydonlarga kelib, yer ostiga singib ketadi, so’ngra tog’-yonbag’irliklaridan, daryo qirg’oqlaridan mo’l suvli buloqlar tarzida yer yuzasiga chiqadi.

  • Yer ostida hosil bo’lgan bo’shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari deyiladi. Bu suvlar tog’ jinslarida gorizontal va vertikal yunalishda xarakat qilib, tutash oqimlar hosil qiladi. Karst suvlari yuzaki suvlar bilan o’ziga xos aloqasi bilan ajralib turadi. Ko’p xollarda yuzaki suvlar o’z xarakati davomida karst rivojlangan maydonlarga kelib, yer ostiga singib ketadi, so’ngra tog’-yonbag’irliklaridan, daryo qirg’oqlaridan mo’l suvli buloqlar tarzida yer yuzasiga chiqadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin