Yer po’sti – yerning eng yuzada joylashgan qattiq qobig’i. Qalinligi o’rtacha 35-40 km. Moddalarning o’rtacha zichligi 2,7 g/sm3 , Yer hajmining 1% ni, massasining 0,4 % ni tashkil etadi
Yer po’stining quruklik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Yer po’stining qalinligi tekisliklarda 35–45 km, tog’liklarda 50– 75 km gacha. Okean osti Yer po’stiniki 5–10 km.
Yer po’stining tuzilishi va tarkibi
Yer po'sti - bu butun osmon tanasi massasining atigi 1 % ni tashkil etadigan qatlamdir. Yer qobig'i va mantiya orasidagi chegara - bu Moxorovik uzilish. Ushbu qatlamning qalinligi hamma joyda bir xil emas, lekin maydonlarga qarab o'zgarib turadi.
Yer po‘stining qalinligi okeanlar ostida 5–10 km, kontinental tekisliklarda 30–40 km va orogenik tog‘li o‘lkalarda 50–75 km ni tashkil qiladi.
Keyingi 50-yillik geofizika, petrologiya, geokimyo va boshqa fanlarda amalga oshirilgan izlanishlarning natijalariga tayangan holda aytish mumkinki, Yer uch qismga bo‘linadi: Yer po‘sti, mantiya va yadro (markaz).
Yer po‘sti o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
- Cho’kindi qatlam qalinligi 10 km .
- Granit qatlam qalinligi 10- 15 km.
- Bazalt qatlam qalinligi 15-35 km.
Granit qatlam - Yer po’sti qatlamining shartli nomi, undan uzunasiga yo’nalgan seysmik to’lqinlarning tarqalish tezligi 5,5 – 6,5 k/s ga teng b o’ladi. Cho’kindi va bazalt qatlami oralig’ida joylashadi.
Bazalt – magamatik tog’ jinsi. Rangi bo’z va qoramtir . Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi bo’lgan gabbroga yaqin. Bazalt okean tubi va quruqlikkda juda katta maydonni egallagan.