Yer po`stidagi tektonik harakatlar


Yer yuzi litosfera plitalari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə12/37
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161597
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Mavzular geografiya

Yer yuzi litosfera plitalari.
Hozirgi kunda A.Vegener takomillashtirish 
asosida materiklarning paydo bo’lishi haqida yangi g’oya “Litosfera plitalarining 
tektonikasi” paydo bo’lgan. Unga ko’ra, litosfera bir necha plita (palaxsa)lardan – 
Yevrosiyo, Afrika, Hind-Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Tinch okeani, 
Antarktida plitalaridan iborat, ular vulkanlar va zilzilalar bo’lib turadigan yoriqlar 
orqali bir-biridan ajralib turadi. Plitalarning harakati natijasida litosferadan 
astenosferaga cho’kayotgan jinslar (subdukasiya) o’rnini astenosferadan yuqoriga 
ko’tarilayotgan jinslar to’ldirib turadi va natijada yer hajmi o’zgarishsiz qolaveradi. 
Litosfera plitalarining siljish tezligi yuqori emas, jumladan, Tinch okeani plitasi 
shimoli-g’arbga tomon yiliga 5 sm tezlikda siljishi kuzatilsa, boshqa plitalar siljish 
tezligi ham o’rtacha 4-5 sm atrofida bo’ladi. Litosfera plitalari va materiklarning 
so’nggi 1 mln. yil davomida siljishi quyidagicha kuzatilgan: Grenlandiya oroli 
Yevrosiyo materigidan 17-22 km uzoqlashgan, Shimoliy Amerika va Yevropaning 
qarama-qarshi tomonga siljishi sababli Atlantika okeani 25-75 km ga kengaygan
shu davr mobaynida Janubiy Amerika bilan Afrika bir-biridan 40 km, Afrika 
Antarktidadan 16 km, Avstraliya Antarktidadan 70-75 km uzoqlashgan.
Plitalar tektonikasi nazariyasiga asosan, plita va materiklarning yuzaga kelishi 
uning astenosfera tomonga siljib, cho’kib, yana qaytib yangilanib chiqishi yerning 
geologik rivojlanish tarixi davomida yuz bergan. Bu jarayonlarni vujudga 
keltiruvchi asosiy manba mantiyadagi jinslarning, ya’ni bosim ta’sirida
YevrosiyoYer sharidagi eng katta materik boʻlib, tarkibi Yevropa va Osiyo qitʼalaridan iborat.[3][4] Yer maydoni 55 million km2, shundan 2,75 million km2'i orollar hisoblanadi. Materikning uzunligi gʻarbdan sharqqa 16 ming km, eni shimoldan janubga 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Dejnev burni. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6%'i toʻgʻri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74%'i yashaydi. Aholisi 5,2 milliard kishi (19-oktabr 2017).[5][6]
Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar janubiy yarimsharda joylashgan. Yevrosiyoni gʻarbdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani, janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan. Yevrosiyo eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi „Buyuk Ipak yoʻli“ning ahamiyati katta boʻlgan. Quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. „Yevrosiyo“ tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883-yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.[7]
Yevroosiyo yer yuzasidagi eng katta eng baland materik (8848). Shimoliy yerimsharning sovuqlik qutbi mavjud. Yevroosiyo hududida sakkiz minglik 14 ta choʻqqining barchasi joylashgan. Qor chizigʻi eng balanddan oʻtgan joy balandlik qutbi (6400 m,Markaziy Tibet) shu yerda. Eng chuqur va eng katta koʻli bor, eng uzun lianalar (300) ham shu yerda oʻsadi.
Afrikani ekvator deyarli o’rtasidan kesib o’tadi. Uning shimol va janubidagi eng 
chekka nuqtalari ekvatordan qariyb bir xil uzoqlikda joylashgan. Eng shimoliy 
nuqtasi Ben-Sekka burni (37°20 sh.k.) bilan eng janubiy nuqtasi Igna burni (34° 51 
j.k.) oralig’i 8000 km ga teng. Afrikaning eng keng joyi ekvatordan shimolda, 10° 
va 16° sh.k. lar oralig’ida joylashgan. Materikning kengaygan shimoliy yarmi 
g’arbdan sharqqa tomon Almadi burni (17°33 g’.u.) dan Ras-Xafun burni (51°24 
shq.u.) gacha 7500 km masofaga cho’zilgan va janubga tomon materik torayib, eni 
3000 km ni tashkil etadi. Binobarin, materikning katta qismi ekvatordan shimolda 
va kichik qismi janubda joylashgan. Grinvich meridiani ham Afrikaning g’arbiy 
qismidan kesib o’tgan. Afrikaning katta qismi shimoliy va janubiy tropiklar 
oralig’ida ekvatorial, subekvatorial va tropik mintaqalarda joylashgan. Uning eng 
shimoliy va janubiy chekkalari subtropik mintaqalarga qaraydi (Ilova, 1-rasm). 
Materik atrofida orollar unchalik ko’p tarqalgan emas. Hind okeanining 
materikka yaqin qismlarida Madagaskar, Sokotra, Zanzibar, Pemba, Mafiya, 
Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel orollari joylashgan. Bular kelib chiqishiga 
ko’ra materik orollari hisoblanadi. Atlantika okeanining materikka yaqin qismida 
Madeyra, Kanar, Yashil Burun, Fernando-Po, Prinsipi, San-Tome, Annobon va 
boshqa mayda orollar joylashgan. Ular kelib chiqishiga ko’ra materik va vulkanik 
orollar tipini hosil qiladi. Afrika qirg’oq chizig’ining umumiy uzunligi 30500 km 
bo’lib, bir km qirg’oqqa 960 km
2
quruqlik to’g’ri keladi. Afrika qirg’oqlari 
Yevrosiyo va Shimoliy Amerika materiklarining qirg’oqlariga nisbatan juda oddiy, 
to’g’ri chiziqli, kam parchalangan, uzilmali, sharqiy va janubi-g’arbiy qirg’oqlari 
tog’li, qirg’oq bo’ylarida pastekisliklar tarqalgan. 
Afrika qirg’oqlarini yuvib turuvchi okeanlar va dengizlar materik ichkarisiga 
chuqur o’yib kirib bormagan. Materikning shimoliy qirg’oqlarini O’rta dengiz suvi, 
g’arbiy va janubiy sohillarini Atlantika okeani yuvib turadi. Materikning janubi-
g’arbida yirik Gvineya qo’ltig’i mavjud bo’lib, uning shimoli-sharqiy qismi Benin 
va Biafra kichik qo’ltiqlariga bo’linadi. Qo’ltiqning suv harorati yilning issiq 
paytlarida +28°S dan pastga tushmaydi. Uning shimoliy qismidan Gvineya iliq 
oqimi o’tadi. Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari yaqinidan ikkita sovuq oqim 
harakatlanadi. Bular suvining harorati +15°+16°S bo’lgan shimoldagi Kanar oqimi 
va suvining harorati +6°+9°S bo’lgan janubi-g’arbdagi Bengal oqimi. Har ikkala 
sovuq oqim Afrikaning g’arbiy chekka hududlari iqlimiga ta’sir etadi. 
Materikning sharqiy va janubiy qirg’oqlari Hind okeani suvi bilan yuvilib 
turadi. Ekvatordan janubda Afrika qirg’oqlari yaqinidan Mozambik va Igna burni 
iliq oqimlari o’tadi. Bular Janubiy Passat (ekvatorial) oqimidan paydo bo’lib, 
materikning janubi-sharqiy sohillarida (qish oylarida ham) haroratning +20°S gacha 
ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Afrikaning shimoli-g’arbiy sohillarini yuvib turuvchi 
Hind okeanining Qizil dengizi va Adan qo’ltig’i bir-biri bilan Bab-el-Mandeb 
bo’g’izi orqali tutashgan. Materikda yarim orollar juda kam, uning sharqiy qismida 
bitta yirik Somali yarim oroli Hind okeaniga uchburchak shaklida chiqib turadi. 
Afrikani o’rab turgan okean, dengiz va qo’ltiqlardan sardina, tunes, anchous, makrel, 
seld kabi baliqlar, qisqichbaqalar ko’plab ovlanadi.
Iqlim o`zgarishiga ta`sir etuvchi geofizik omillar
Reja:

  1. Iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillar.

  2. Iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillarning ikkinchi yondoshuvi.

  3. Atmosfera harakati markazlari. Iqlimiy mintaqa.

  4. Iqlim hosil qiluvchi jarayonlar.

Bugungi kunda Yer iqlimi va uning o‘zgarishini belgilovchi omillar tabiiy va insonning turli ko‘rinishdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan antropogen omillarga ajratiladi.


Iqlim hosil qiluvchi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy omillarni quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin: astronomik, tashqi geofizik va ichki geofizik.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin