Yer po`stidagi tektonik harakatlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə13/37
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161597
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Mavzular geografiya

Astronomik omillar. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Quyosh yorituvchanligi va quyosh faolligining o‘zgarishi;

  • Yer orbitasi parametrlari;

  • Yer orbitasi parametrlarining Yer bilan Quyosh, Yer bilan Oy va boshqa planetalar bilan o‘zaro gravitatsion maydon ta’sirlashuvida o‘zgarishi;

  • Yulduzlararo muhit zichligining kirib kelayotgan Quyosh radiatsiyasiga ta’siri.

Atmosferaning yuqori chegaralariga kirib kelayotgan Quyosh energiyasi mana shu omillarga bog‘liq bo‘lib, ular ta’sirida solyar (quyosh) iqlimi shakllanadi. Bu miqdor quyosh doimiysi deb ataladi. Yerning Quyoshga nisbatan o‘rtacha joylashishida quyosh doimiysining qiymati 1 yanvar 1981 yildan 1,367±0,007 kVt/m2 deb qabul qilingan. Berilgan nuqtaga ayni vaqtda kirib kelayotgan Quyosh radiatsiyasi oqimi quyosh doimiysi qiymatiga, Quyoshgacha bo‘lgan masofaga, Quyoshning og‘ishiga, joyning kengligiga va kundagi vaqtga bog‘liq. Sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar turli kengliklarda atmosferaning yuqori chegarasiga kiri kelayotgan issiqlik oqimining kunlik va yillik o‘zgarishlarini belgilaydi.
Quyosh sistemasidagi sayyoralarning uzoq yillar davomida o‘zaro gravitatsion ta’sirlashuvi natijasida yer orbitasining ekssentrisiteti (ellipssimonligi) o‘zgaradi. Ekliptikaga nisbatan ekvatorning og‘ish burchagi ham o‘zgaradi, chunki u Quyosh og‘ishi bilan bog‘liqdir. Bu yerda orbita surilishini ham hisobga olish lozim. Barcha sanab o‘tilgan omillar iqlimning sezilarli va davomiyli tebranishlarini keltirib chiqaradi.
Tashqi geofizik omillar. Ularga quyidagilar kiradi:

Sanab o‘tilgan omillar orasida vulkan jarayonlari iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Vulkanlar otilishi natijasida atmosferaga bir yilda 15-25 mln. tonna aerozol qo‘shiladi. Bunday katta miqdordagi aerozol zarrachalari bir tomondan Quyoshdan kelayotgan qisqa to‘lqinli radiatsiyaga ta’sir ko‘rsatsa, ikinchi tomondan atmosfera va yer sirtidan uzun to‘lqinli nurlanishga ham ta’sir etadi. Yerning aylanish burchagi tezligining o‘zgarishi atmosfera sirkulyatsiyasiga, bu esa, o‘z navbatida, atmosferaning asosiy ta’sir markazlarining holatiga va jadalligiga ta’sir etadi.
Geotermal issiqlik oqimlari esa iqlimning mahalliy o‘zgarishlariga ta’sir etishi mumkin. Yer shaklining nosimmetrikligi va uning gravitatsion maydonining hamda Yer mantiyasi va sub’yadrosidagi jarayonlarning iqlimga qanday ta’sir etishi hozirgacha kam o‘rganilgan masalalardan hisoblanadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin