Yer qobig‘ini rayonlashtirishda litodinamik komplekslarining ahamiyati
Aynan tektonik rejim barcha turdagi formatsiyalarni raytsonlarga ajratishni belgilaydigan mezonlar hisoblanadi, formatsiyaning o‘zi ma’lum bir tektonik rejimning ko‘rsatgichi hisoblanadi, ularning geotektonikadagi ahamiyati ham shunda.
U yoki bu formatsiyaning qanday turga mansubligini to‘g‘ri belgilash orqali asosiy geostruktura zonalaridan qaysi biri (platforma, harakatchan kamar – uning tashqi va ichki zonalari, orogen va b.) cho‘kindi tto‘planish oblastiga mansub va rivojlanishning qaysi bosqichiga shakilanganligini aniqlash qilish mumkin. Formatsiya turini to‘g‘ri aniqlash uchun, uning vertikal va laterial bog‘liqligi, uning vertikal va laterial qatordagi holatini aniqlash kerak. Formatsiya yirik geostruktura zonalari uchun xarakterli bo‘lib, vertikal bo‘yicha (qirqim bo‘yicha) ma’lum bir formatsion qatorni hosil qiladi, bu qator uning rivojlanishini novbatdagi boqichini belgilab beradi.
Formatsion qator Formatsion qator harakatdagi kamarlar uchun xarakterli bo‘lib, XIX asr oxirida Fransuz geologi M. Bertran tomonidan kritilgan, turli yoshdagi orogen qirqimida qaytarilib kelishi guron (tokembriy), kaledon, gersin, alp tektonik davrlarni ajratish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Formatsion qator yer qobig‘ining asosiy turdagi tuzilmali elementlaridan har biri xos. Vertikal formatsion qatordan tashqari formatsiya laterial qatorni hosil qiladi, bu qator maydonda bir geostruktura zonadan boshqasiga o‘tishni tavsiflaydi.
Formatsiya tarkibida odatda laterial bo‘yicha subformatsiya yoki gradatsiya ajratiladi. Misol uchun, platforma karbonat formatsiyasi tarkibida massiv-ohaktoshlar (biogermali rif), bo‘lakli-ohaktoshlar (rif adirlari), qatlamli-ohaktoshlar, mergel subformatsiyalari ajratilgan. Ularni ko‘p hollarda mustaqil formatsiya sifatida qaraladi.
Metamorfik, magmatik, cho‘kindi formatsiyalar turli geodinamik vaziyatlarni tiklashda asosiy va ko‘pincha, yagona omil hisoblanadi. Har qanday tarixiy-hududiy geologik tadqiqot, qazilmalarni bashorat qilish, xaritalar tuzish faqat formatsiyalarga asoslanib, tashkil topadi. V.YE.Xainning fikricha ko‘pchilik tektonik xaritalar mohiyatan geodinamik xarakterga ega. Shunday ekan, bunday geodinamik xaritalarni tuzishda mutaxassislar tomonidan belgilangan ikki asosiy qoidaga amal qilish darkor.