Paleotektonik tahlil metodlari orasida formatsiya tahlilili muhim o‘rin tutadi. Formatsiya (geoformatsiya) – bu yer qobig‘i asosiy strukturaviy elementlari rivojlanishning ma’lum bir bosqichida hosil bo‘lishi va shakillanishining umumiyligi bilan bog‘liq tog‘ jinslarining ma’lum bir genetik turlarining qonuniyatlari va barqarorligi (paragenez).
Formatsiya tushunchasi barcha turdagi tog‘ jinslariga nisbatan qo‘llaniladi – cho‘kindi, vulqon, magmatik intruziv, metamorfik. Cho‘kindi va vulkanogen, vulkonogen va plutonik jinslar kombinatsiyalari litologik uyushma deb ataladi (misol uchun, trappli, ofiolitli uyushmalar). Juda kam hollarda formatsiya qandaydir bir jinsda mujasamlangan (misol uchun, yozuv bo‘ri, kvarsli qumlar, toleitli bazaltlar, granitoidlar). Odatda jinsli komponentlar soni uch-to‘rt, ba’zi hollarda ko‘proq bo‘ladi. Murakkab formatsiyalarda boshqa formatsiyalarga mansub bo‘lgan jinslar asosiy “formatsiya hosil qiluvchi” jinslar bilan birga kelishi mumkin, ba’zida bu jinslar shu darajada tavsifli va muhimki formatsiya shu jinslar bilan atalishi mumkin, misol uchun, ko‘mirli formatsiya.
Cho‘kindi formatsiyasi tarkibidagi har bir jins ma’lum bir fatsiyaga, yotqiziqlarning aniq bir genetik turiga mansub va shunday qilib, cho‘kindi formatsiya (litoformatsiya) – bu fatsiya kompleksi (genetik turi). Agar fatsiya ko‘rinishi (genetik turi) hosil bo‘lishini fizik-geografik sharoitda aniqlansa formatsiya tanasi shakli orqali namayoonlangan tektonik rejim (qalinligi, tarqalish maydoni), boshqa jinslar bilan almashinish tavsifi formatsiyaning rayonlarga ajratishning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. Cho‘kindi formatsiya shaklida kontinental va sayozsuvli-dengiz, iqlim sharoiti, shuningdek, jinslar tarkibi va turi (I.V.Xvorov bo‘yicha) ularning nurashi, ba’zida vulkanizim ahamiyatli darajada ta’sir qiladi.
Cho‘kindi formatsiyasining alohida turlarining tarqalish oblasti turli tipdagi havzalarda cho‘kindi to‘planish oblastini nazorat qiladi, misol uchun, bir vaqta yirik geostruktra zonalari yoki ularning bir qismi hisoblangan epikontinental, ichki yoki chekka dengizlar, tog‘ oralig‘ini botiqliklarida, allyuvial tekisliklarda, cho‘l zonalarda.