Yer qobig‘ini rayonlashtirishda litodinamik komplekslarining ahamiyati



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/4
tarix16.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#114729
1   2   3   4
Yer qobig‘ini rayonlashtirishda litodinamik komplekslarining ahamiyati

Birinchidan, shuni tasavvur qilish zarurki, Yer sharida barcha geodinamik tuzilmalar bir-biri bilan bog‘langan, bir-biri bilan uzviy ravishda aloqador Okeanda: markaziy tizimlar - okeanik platformalar - orollar yoyi, yoyorti havzalar va faol yoki sust sohillar. qit’alarda ham aynan shunga o‘xshash geodinamik tizilmalar qatorlari mavjud: burmalangan o‘lkalar-o‘lkaoldi botiqlar-platformalar. Tuzilmalarning lateral qatorlari geodinamik hududlar ajratishda asosiy omil hisoblanadi. Ularni ajratishda juda katta rolni formatsiyalar o‘ynaydi va ular tabiatda litodinamik komplekslar nomini olgan.

Ikkinchidan, geodinamik tuzilmalar (okean-qit’a, chekka) tarixiy-geologik kategoriya bo‘laturib, doimo rivojlanib boradi. Ularning vaqt o‘tishi bilan rivojlanishida bir qator bosqichlar ajratiladi va natijada formatsiyalarning vertikal qatori shakllanadi.

Ma’lumki, geodinamik tizimalar va tuzilmalar notekis rivojlanadi. Bu iz aksini Vilson sikllarida topgan. Masalan, okean tuzilmalari burmalangan ilkalarga aylanishi va, iz navbatida, ular platforma sholiga kelishi, okean litosferasi qit’a turiga aylanishi uzoq davr ichida, juda notekis, har yerda turli tezlik bilan kechadi. Shuning uchun sham bizga ma’lum bilgan platformalarning poydevori deyarli doimo shar shil yoshga ega (arxey, proterozoy, rifey).

Yer tarixi rivojlanishini davriylashtirish birinchi navbatda undagi bo‘lgan cho‘kindi to‘planish, magmatizm va metamorfik jarayonlarini qaysi vaqtda, qanday kuch bilan, qanday ketma-ketlikda paydo bo‘lganini aniqlashdur. Bu rayonlashtirishdagi birinchi va yuqori bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich bu hududlarni yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlar asosida tadqiq qilishdan iborat. Bu o‘z navbatida avval ko‘rsatilgan qatorlardagi tuzilmalarni aniqlash, o‘rniga qo‘yishdan iborat.

Burmalangan o‘lkalarni rayonlashtirish masalasini o‘ziga xos qiyinchiliklari bor. Murakkab ichki tuzilish, magmatizm turlarining kipligi, jinslar yoshining muammoligi, cho‘kindilarni turli qoplamalar tarkibida uchrashi – bular barchasi konkret geodinamik tuzilishini belgilashda murakkabliklar, chalkashliklarga olib keladi. Bu vaziyatda faqat umumlashtirish, hududni yirik ko‘zga tashlanadigan xususiyatlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bunga esa faqat formatsion tahlil orqali erishiladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin