2. Dunyo yer resurslari. 3. Yer (tuproq) boniteti va kadastri. 4. Yer resurslarini muhofaza qilish.
Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalanayotgan barcha turdagi tabiiy ne'matlarga aytiladi.(Mineral yer, suv, o`simlik, kosmik kabi turli xil boyliklarni o`z ichiga oladi). (Qayumova boshq. 2002, 15 b).
Yer resurslari ham, tabiiy resurslar qatoriga kiradi. U xalq xo`jaligi tarmoqlarini, axolini joylashtirishda hududiy asos hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida esa ishlab chiqarish vositasidir.
Yer yuzasidagi quruqlikning (Antarktidadan tashqari) 133,9 mln km2 maydoni yer fondi hisoblanadi. Shundan qishloq xo`jaligi yerlari 35% (shudgor, o`tloq, yaylov) o`rmon va butazorlar 30%, aholi manzilgohlari, sanoat, transport majmualari 3% egallaydi. (GES, 1988)
Yer resurslariga, turli maqsadlar uchun yaroqli bo`lgan tabiiy –tarixiy xususiyatlarga ega bo`lgan hudud kiradi. Hozirgi kunda yer fondining umumiy hajmi 13,4 mlrd gektar (yaroqli yerlar). Shulardan insoniyatga faol xizmat qiladigan (kx yerlari) jaxon yer fondini 34% tashkil qiladi. Shundan ishlov beriladigan yerlar 11% va o`tloq, yaylovlar 23% ni tashkil qiladi. Bundan ishlov beriladigan, ekin eqiladigan yerlar zarur oziq–ovqat vositalarini 88%, o`tloq va yaylovlar esa 10% ni bermoqda.
Yer fondini 30% o`rmonlar, texnogen yerlar (shahar, qishloklar, sanoat, transport tarmoqlari, turli injenerlik inshoatlari) 2% ni egallaydi. Kon foydalanadigan, butunlay unumsizerlar 34%ni tashkil qiladi. (Qayumov va boshq 2002).
O`zbekistonda 1998 yilning 24 iyulida O`zbekiston Respublikasi yer resursari bo`yicha Davlat qo`mitasi tuzildi (Goskomzem). Bundan tashqari Respublika tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi (goskompriroda) birgalikda yerdan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish bo`yicha faoliyat ko`rsatib keladi. (goskompriroda 1988 yil tashkil qilingan)