Yer tuzumi va yer islohati maqsadi


I bob Yer tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifalari



Yüklə 22,41 Kb.
səhifə4/5
tarix28.04.2023
ölçüsü22,41 Kb.
#104256
1   2   3   4   5
Yer tuzumi va yer islohati maqsadi va vazifalari yer egaliklari va yerlardan foydalanuvchilik.Xo`jaliklararo va xo`jalik ichida yer tuzish farqi va va ahamiyati O`zbekistonni hozirgai yer tuzmini asosiy xususiyatlariuyh

I bob
Yer tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifalari.agrarnom fronte, 1925-y. № 5-6. 42-43-b.). U vaqtdagi yer tuzish faqat xo‘jaliklararo (qishloqlar orasida va qishloqlar ichida) edi.Biroq keyinchalik, uning harakat doirasiga yangi prinsipial masalalar qo‘shiladi. Masalan, 1928-y. dekabrida qabul qilingan «Yerdan foydalanish va yer tuzishning umumiy boshlanishi to‘g‘risida»gi hujjatda «yer tuzish ko‘p polosalikka uzoq yerlarga va boshqa yerdan foydalanishdagi kamchiliklarga qarshi kurashishga, yaxshilangan almashlab ekishlarga o‘tishga, yerlarni tubdan yaxshilashga, yerlarni xo‘jalik uchun o‘zlashtirishga yordam berishi kerak» deb aytilgan edi. Bu vazifalarini bajarish uchun bitta xo‘jaliklararo yer tuzish va uning usullari endi yetarlik emas edi.
Chegaralari belgilangan va turg‘un bo‘lgan yerdan foydalanishlar ichida yerdan foydalanishni yaxshilash va tashkil etish bo‘yicha harakatlar zarur edi. Shunday qilib, qishloq xo‘jalik korxonalarida (kolxozlar va sovxozlar) xo‘jaliklarda ichki yer tuzish paydo bo‘ldi. Uning mazmuni, asosan, 30-chi yillardayoq aniqlandi. Urushdan keyingi yillarda esa yanada rivojlantirildi. Uning usullarini ishlashga ham asosan olimlar va amaliyotchilar e’tibori qaratildi.Yer tuzuvchilarga ayniqsa qishloq xo‘jaligida, ma’lum korxonalar hududida yerdan foydalanishni tashkil etishga bog‘liq yanayam kengroq doiradagi masalalarni yechishga to‘g‘ri keldi.
Har bir yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi, o‘lchamlari, shakli, oqilona joylashishi aniqlandi.Yerlarning unumdorligini, yer turlarining mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarishning tashkil etilishini, texnikadan foydalanishni yaxshilash uchun hududiy sharoitlar yaratildi. To‘g‘ri almashlab ekishlarning dehqonchilik ma’daniyatini ko‘tarishning ahamiyatli vositasi sifatida joriy etilishiga va o‘zlashtirilishiga katta e’tibor berildi. Xo‘jaliklarda ichki yer tuzishning bu masalalari hozirgi vaqtda ham rivojlanishni davom ettirmoqda.
Keyingi ahamiyatli qadam deb hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni, yer tuzish tarkibida va yechimlari asosida tuproq eroziyasiga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar majmuasini ishlashni hisoblash mumkin. Shunday qilib, yer tuzish yerning tabiiy xususiyatlarini o‘zgartirish va yaxshilash masalalarini to‘la hajmda yecha boshladi va iqtisodiy, huquqiy, texnik xarakterdagi ishlar chegarasidan ancha uzoqqa chiqdi.
O‘tgan asrning 70-80-chi yillari yana bitta o‘zgarish jarayoni - yer tuzish ob’ektlarining hududiy kengayishi, ayrim yerdan foydalanishlar va ularning uncha katta bo‘lmagan guruhlaridan ma’muriy tuman, tuman agrosanoat majmuasi, katta suv yig‘iladigan havza va sh.o‘. kabi keng hududiy tizimlarga o‘tish kuzatildi. Bu prinsipial yangi ishlar - viloyat va tumanlar yer tuzish chizmalarini ishlashni talab etdi; bu ishlar hozir ham davom etmoqda.
Eng oxirgi vaqtda maxsus foydalanish tartibiga ega hududlarni joylashtirish va ularning chegaralarini belgilash bo‘yicha ishlar boshlandi; ularni landshaftli loyihalashga kiritish mumkin.Bunday ishlarning zarurligi qonunlarda ko‘rsatildi.Yer tuzish rivojlanish jarayonida o‘z vazifalari doirasini kengaytirib, oldin o‘zlashtirilgan usullarni tashlab yubormadi, balki, ulardan foydalanishni yuqoriroq darajada davom ettirdi. Masalan, 30-chi yillardagi qishloq xo‘jalik artellariga yerdan muddatsiz foydalanish uchun davlat aktlarini berish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan oldingi chegaralashni, lekin bir vaqtda yerdan foydalanishdagi kamchiliklarni tugatish bilan birga, esga soladi. Texnik jihatdan bu 20-chi yillarda amalga oshirilganlariga o‘xshash, lekin ular endi mayda emas balki yirik yerdan foydalanishlarga tegishli ishlar edi.
Yer tuzishning zamonaviy ta’rifini berishdan oldin yerdan foydalanishni tashkil etish tushunchasini ko‘rib chiqish zarur, u ham asosiylardan biri hisoblanadi. Uning asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz.
Yerdan foydalanishni tashkil etish o‘zida avvalo, undan bevosita foydalanishdan oldingi, uning xarakterini oldindan aniqlovchi va shakllantiruvchi, buning uchun zarur sharoitlarni yaratuvchi (bunday ishlarga, xususan, rejalashtirish va loyihalash kiradi) barcha ishlarni mujassamlashtiradi.
Bundan tashqari yerdan foydalanishni tashkil etish deganda uni amalga oshirishning harakatdagi tizimi ham tushiniladi. Umuman bunday tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
* yerda aniq ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik maqsadlarga maksimal darajada mos keladigan tartib o‘rnatish; * yerni tabiiy resurs va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar ob’ekti sifatida tuzish; * yerni boshqa u bilan bog‘langan ishlab chiqarish vositalari bilan birgalikda tuzish;* yerdan foydalanish jarayonida xalq xo‘jaligi umumiy manfaatlarining saqlanishiga hamda mintaqaviy va lokal (mahalliy) dasturlarda ko‘zda tutilgan qoidalarga rioya qilish.
Yer tuzish o‘z ichiga o‘zining asosiy vazifasi sifatida yerdan foydalanishni tashkil etishni oladi. Yer tuzishning uni yechish bilan bog‘liq asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: * yerdan foydalanish va yerga egalik qilishning barcha shakllarini takomillashtirish, tashkil etish, tartibga solish; * hududni xo‘jaliklararo va xo‘jaliklar ichida tashkil etish; * yer fondlarini tashkil etish; * agrosanoat majmuasini hududiy tashkil etish, tabiiy landshaftlarni yaxshilash va boshq.
Bizning mamlakatimizda yer tuzish o‘zida, avvalo, barcha davlat tadbirlari tizimini ifodalaydi.Bu tizimga davlat yer tuzish organlari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy, huquqiy, texnik va ekologik ishlar; bashoratlash, rejalash va hududni tashkil etishni loyihalash; hozirgi vaqtda, yaqin va uzoq kelajakda butun mamlakat va ayrim mintaqalar bo‘yicha yerlar toifalari va yerdan foydalanishlar, yer turlari va ayrim uchastkalar yer resurslaridan foydalanishni va uni muhofaza qilishni tashkil etish. Bu tizimga yer kadastri materiallaridan foydalanib har xil chizmalar, loyihalarni tuzish ham kiradi.
Xulosa
Yer tuzish o‘z mohiyati bo‘yicha iqtisodiy tadbir bo‘lib, huquqiy, texnik va boshqa ishlar bilan bir tizimda o‘tkaziladi. Bunda yerdan foydalanishni tashkil etishga bog‘liq har xil iqtisodiy, ekologik, huquqiy va texnik masalalar ishlanadi, ular «yer tuzish» tushunchasini ilmiy ta’riflashda o‘z aksini topishi kerak. Axir har qanday ta’rif qisqa, bir so‘z bilan, murakkab hodisaning mazmuni va mohiyatini tavsiflaydi, uning eng umumiy va eng xarakatli belgilarini ko‘rsatadi. Shu vaqtning o‘zida deyarlik har qanday ta’riflash, aynan o‘zining qisqaligi sababli yetarlik darajada to‘la bo‘lmaydi, bu ko‘pchilik hollarda uning yangidan-yangi turlari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Adabiyotlarda yer tuzish rivojlanishining har xil bosqichlariga xos ko‘plab ta’riflarni uchratish mumkin. Ularda har xil to‘lalik darajasida uning texnik, huquqiy yoki iktisodiy tomonlariga urg‘u berildi. Bular hammasi tabiiy hol edi, sababi, tarixiy rivojlanish jarayonida yer tuzishning o‘zi, uning mazmuni va vazifalari o‘zgardi va ta’riflar har xil darajadagi aniqlikda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar mohiyatini aks ettirishga harakat qilishdi.
Prof. F.G.Nekrasovning 1926-y. chop etilgan «Yer tuzish asoslari» kitobidayoq o‘ndan ortiq yer tuzishga har xil mualliflar - O.A.Xauke, A.A.Kofod, I.Ye.German, P.N.Rudin, P.N.Pershin, A.V.Chayanov va boshq. tomonidan berilgan ta’riflar keltirilgan. Qator keyingi ta’riflar S.A.Udachinning «Yer tuzishning ilmiy asoslari» darsligida (1965-y.) keltirilgan.Ayrim mualliflar yer tuzish yer munosabatlarini tartibga soladi va o‘zgartiradi deb hisoblashadi, bunday yondashuv bilan kelishish mumkin emas, sababi, yer tuzish o‘zi ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’siri ostida rivojlanadi va amalga oshiriladi. Shu vaqtning o‘zida yer tuzish, yerdan foydalanish va unga egalik qilish bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zgartirishda so‘zsiz qatnashadi; biroq aniqrok qilib aytsak, yer munosabatlarini emas, balki yerdan foydalanishlarni va yer egaliklarini tartibga soladi.

Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin