Hayotning dastlabki rivoji uchun zarur zamin. Ximiyaviy elementlarning yulduzlararo koinotda vujudga kelishini materiya evolyutsiyasining qonuniy jarayoni deb qarash mumkin. Lekin uni hayot tomon rivojlanishi (taraqqiyoti)da qulay muhit sharoitlar mavjud bo’lgan planetar sistema bo’lishi muqarrar.
Quyosh sistemasida mavjud ulkan Yupiter, Saturn singari planetalar ham o’z xususiyatiga ko’ra shunga o’xshash. Shunday ekan katta massaga ega planetalar hayot uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Oy va Merkuriy tipidagi massasi nihoyatda kichik bo’lgan planetalar tortish kuchi intensivligi tufayli uzoq vaqt davomida hayot uchun zarur bo’lgan atmosferani tutib (o’zida saqlab) turish qobiliyatiga ega emas.
Quyosh sistemasidagi planetalar orasida yashashning birinchi sharti mavjud bo’lgan sharoit faqat Yer, Venera va qisman Marsda hisoblanadi.
Birinchi va ikkinchi shartlar ya‘ni optimal massa va optimal radiatsiya barqarorligi matematikada mavjud, ehtimol nazariya qoidalariga rioya qilgan holda hisoblanganda, aniqlanishicha hayot uchun optimal sharoit mavjud bo’lgan planeta massasi, quyosh planetasi massasining 0,001% ga teng. Bu demak A.I.Oparin va V.G.Fesenkovlarning fikricha, mavjud yulduzlarning faqat 100.000 dan, hatto milliondan birida hayot rivoji uchun optimal sharoiti mavjud bo’lgan yulduzni uchratish mumkin. Bizning galaktikamizda 150 mlrd.yulduz bor ekan, ularning har yuz mingidan birida hayot bor deb faraz qilish mumkin.
Yulduzlar bag’rida ximiyaviy elementlar hosil bo’lgan. Bulardan Yer qurrasi shakllangan. Quyida keltiriladigan jadvalda (1-jadval) quyoshda, yulduzlarda, yerda, o’simlik va hayvon tanasida mavjud ximiyaviy elementlarni nisbiy miqdori taqqoslangan.
1-jadvalda keltirilgan ma‘lumotlardan quyosh va yulduz sistemasida mavjud og’ir elementlarning miqdori o’simlik va hayvon tanasidagiga qaraganda orta boradi degan xulosaga kelamiz. Qizig’i shundaki, koinotda keng tarqalgan to’rt element - vodorod, uglerod, azot va kislorod miqdori organizmda ko’pligi bilan ajralib turadi. Xususan tirik organizmlar tanasi tarkibidagi ximiyaviy elementlarning miqdori umumiy miqdoriga nisbatan 92,28% dan 96,0% gacha boradi.
Tirik organizm tarkibiga kiradigan, tabiatda keng tarqalgan, turli-tuman ximiyaviy elementlar hayotning asosini tashkil etibgina qolmay, balki tiriklik holati, uning o’sishi, rivojlanishi singari barcha jarayonlarni sodir bo’lishida faol ishtirok etadi. Bu ximiyaviy elementlar kerak bo’lganda boshqa o’ziga o’xshash material bilan almashtirish mumkin bo’lgan, mashina qismlari singari materialdan tubdan farq qiladi.
Masalan, turmushda tez-tez uchrab turadigan xo’jalik buyumlari yoki mashinaning bir qismi ishdan chiqsa, uni metal o’rnida ishlatiladigan plastmassadan yasalgan qism bilan almashtirish mumkin.
Hayot uchun esa ximiyaviy elementlarning o’zi emas, balki ular tarkibiga kiradigan har bir atomning ximiyaviy xossasi muhim hisoblanadi. Bu xossalar kvantlar qonuniyati bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham ayrim olimlar tomonidan taklif qilinganidek, tiriklik sistemasini boshqa elementlar asosida modellashtirish mumkinligi to’g’risidagi g’oyaga bovar qilish qiyin.
Yerda hayotning shakllanishida ximiyaviy elementlar muhim ahamiyatga ega ekan, ular Yer qurrasining muhit sharoitlari bilan uzviy bog’liq ekanligi muqarrardir. Shu bilan bir qatorda yerda hayotning shakllanishida ximiyaviy birikmalar orasida suyuq moddalar va xususan suv alohida o’rin tutishini ta‘kidlab o’tmog’imiz lozim. Ximiyaviy suyuq modda hisoblanmish suvning tirik mavjudotlar tanasidagi nisbati organizmning hayot holati uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Balog’atga yetgan odam tanasidagi suvning miqdori uning umumiy tanasiga nisbatan 60% ni tashkil etsa, sichqon tanasining 73% ni tashkil etadi. Bakteriyalarda uning miqdori 80% ga qadar, tasma ichakli hayvonlarning ayrimlarida u 98% dan ortiq. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarning intensiv harakat qiladigan organlarida suvning miqdori ayniqsa ko’p. Agar odam skeletida 22% suv bo’lsa, muskulida 76,6%, yuragida esa suvning miqdori 79,3%ga qadar ko’tariladi, bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida uning miqdori 83,3% ga teng. Yosh odam organizmida suvning miqdori 90%ga qadar bo’ladi, qarrigan sari uning miqdori kamayib 50% ga qadar tusha boradi.
Erituvchi sifatida ham suvning xossalari bag’oyat muhim ahamiyatga ega. Suvning faqat uning uchungina xos bo’lgan turli-tuman xossalari va doimo harakat holatida bo’lishi tufayli u tabiatda sodir bo’ladigan modda almashinuvining asosiy omillaridan hisoblanadi.
Organizmda ham suv xuddi yuqoridagi singari vazifani bajaradi. Suvda erigan anorganik va organik moddalar iste‘molchiga yetib boradi. Busiz tirik organizmlar, planktonlar, harakatsiz organizmlar va xususan yuksak o’simliklarning hayot faoliyati hozirdagi singari davom etmagan, balki umuman bo’lmagan ham bo’lur edi.
Erituvchi sifatida suv oziq moddalarni tashuvchi rolini o’ynaydi. Suv yordamida organizm ichida barcha moddalar uning bir qismidan ikkinchi qismiga o’tadi, organizm turli-tuman moddalarni qabul qiladi va keraksiz qismini ajratadi.
SHunday qilib, organizmda moddalar almashinuvi oziq moddalarni qabul qilishini, ularni qayta qurilishi va ajraladigan moddalar metobolizm bilan bog’liq bo’lib, bu hodisa suv yordamida amalga oshadi. Suvning ahamiyati faqat yuqorida ko’rsatilganlar bilangina chegaralanmaydi. Suv tortish kuchi yordamida tomchilari kapilyarlar orqali yuqoriga ko’tariladi, busiz quruqlikda hayot kechiruvchi o’simliklar uchun o’sish imkoni bo’lmas edi. Shuni eslash o’rinliki, yuksak o’simliklarning oziqlanishi, kapilyarlik qonuniyatiga asoslangandir.
Amerikalik fiziolog L.Rendersonning fikricha, tirik mavjudotlarning hayot holatida o’zining kerakligi jihatidan karbonat angidrid suvdan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Atmosfera tarkibidagi bu gazni hech qanday ximiyaviy jarayon okean suvidan tortib olishga qodir emas. Ammo tabiatda sodir bo’ladigan almashinuv jarayoni barcha yashil o’simliklar va umuman barcha tirik organizmlarning asosiy oziqa manbai hisoblangan murakkab organik moddalarning hosil bo’lishi, fotosintez jarayonida karbonat angidrid gazining ishtirokisiz o’tmasligi ko’pchilikka ma‘lum.
SHunday qilib, bundan 4-4.5 mlrd.yil muqaddam Yer qurrasida hayotning shakllanishi va uning evolyutsiyasi uchun muayyan kosmik planetar va ximiyaviy sharoit vujudga kelgan. Koinotda yulduz moddasining shakllanishi hayot uchun muhim ximiyaviy elementlarning vujudga kelishi, quyosh sistemasidagi planetalardan biri - Yer qurrasini shakllanishi va materiyaning taraqqiyoti uchun sharoit yaratish imkonini berdi.