Yerdan yaroqsiz foydalanish va



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#204363
1   2   3   4   5   6   7   8
Atrof-muhit M-2 (8)

Atrof-muhit holatining buzilganligi

Atrof tabiiy muhit ekologik sifatining buzilish darajasi

1.

Juda kam: atrof-muhit buzilmagan

Shartli nol

2.

Past: tabiiy-muhit buzilgan, lekin ma’lum bosim sharoitida o‘zini o‘zi
qayta tiklashi mumkin

Past

3.

O‘rtacha: tabiiy muhit buzilgan, uning o‘zini o‘zi qayta tiklash xususiyati
ma’lum bosim kuchi pasayganda bo‘ladi

O‘rtacha

4.

Yuqori: tabiiy muhit kuchli buzilgan,
o‘zini o‘zi qayta tiklay olmaydi

Yuqori

5.

Juda yuqori: tabiiy muhit qaytarilmas darajada buzilgan, qayta tiklanishi
mumkin emas

O‘ta yuqori

Tuproq degradatsiyasi yana quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi. Eroziya jarayonlari tuproq faunasi va florasiga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni o‘simlik qoplami o‘zgarishga uchraydi, tuproq unumdorligi pasayadi va natijada cho‘llashish jarayoni vujudga keladi. Bundan tashqari kuchli shamol, muzliklarning siljishi, ko‘chkilar, daryo toshqinlari, vulqonlar, yer silkinishi, tayfun, sunami va boshqa eroziyani keltirib chiqaruvchi kuchlar mavjud.



19 Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. 2012. -218 b.
Tuproqning unumdorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy jarayonlardan biri suv va irrigatsiya eroziyasidir. Irrigatsiya eroziyasiga, asosan, sug‘orma tipik va to‘q tusli bo‘ztuproqli yerlar moyil bo‘ladi. Bu maydonlarning yarmiga yaqini bo‘laklangan relyefli joylar va ularda irrigatsiya eroziyasi rivojlanish ehtimoli cho‘l hududlaridagiga nisbatan ko‘proqdir. Tuproqlarning yuvilishi qiyaligi 1-20 ga yetganda boshlanib, qiyalik oshgan sari eroziya jarayoni jadallashadi.
Eng xavotirlisi shundaki, irrigatsiya eroziyasi natijasida tuproqlardan gumus va oziqlantiruvchi moddalar yo‘qoladi. Buning oqibatida qishloq xo‘jaligi yer aylanmasidan qimmatbaho sug‘oriladigan yerlar chiqmoqda. Bundan tashqari tuproqlarga solinadigan o‘g‘it va zaharli kimyoviy moddalarning uchdan bir qismi tuproqdan yuvilib, suv havzalarida yig‘iladi va atrof- muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq degradatsiyasini tezlashtiruvchi omillarga quyidagilarni keltirish mumkin (14-rasm).
Ekin maydonlari respublika bo‘yicha jami 4064,7 ming gektarni, shu jumladan, sug‘oriladigan ekin maydonlarning umumiy hajmi 3307,3 ming gektar yoki qishloq xo‘jalik yer turlarining 13,1 % ini hamda lalmi ekin maydonlarining umumiy hajmi 757,4 ming gektarni yoki qishloq xo‘jalik yer turlarining 3,0
%ini tashkil qilib, qishloq xo‘jaligidan olinadigan hamma mahsulotlarning 30-35 %dan ko‘prog‘ini yetkazib beradi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning qariyb 9,6 foizining meliorativ holati yomon bo‘lib, bu, avvalo, tuproqning sho‘rlanish darajasi yuqoriligi va yerosti suvlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Shunday ekan, sug‘orilib ekin ekiladigan yer maydonlarini yanada kengaytirish, ularning meliorativ holatini yaxshilash orqali unumdorligini orttirish bugungi qishloq xo‘jaligining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin