Tuproq degradatsiyasi degan aniq bir tushuncha yo‘q, chunki ko‘p yerlarning ustki qismi tuproq qatlamiga ega, shuning uchun bir vaqtning o‘zida tuproq degradatsiyasi yer degradatsiyasi deb ham yuritiladi. Quyida bir qator mazmuni bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar keltirilgan.
Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho‘rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. Sho‘rlanish va sho‘rxoklanish jarayonlarining oldini olishda, avvalo, shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:
suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik (chunki bu suvlar si- zot suvlariga qo‘shilib, ularning sathi ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi);
yuza joylashgan sho‘r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.
Degradatsiya so‘zi polyak tilidan olingan bo‘lib, (Degradaya – lotin tilida esa degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va “pastga ketish” degan ma’noni anglatadi16.
16 Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. 2012. -218 b.
Tuproqdegradatsiyasijarayonlar yig‘indisi bo‘lib, ular tuproqlarning funksiyasi o‘zgarishi, xossalarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari yomonlashishi va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik tizimda tuproqlarning turg‘un xossalari buzilishi, xo‘jalik nuqtayi nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning pasayishidir.
Tuproqdegradatsiyasiquyidagi turlarga bo‘linadi:
fizik va mexanik degradatsiya tuproq granulometrik tarkibining o‘zgarishi bilan tuproq materiallarining yomonlashish jarayoni kuzatilishi, tuproq qatlamlarining nazoratsiz qolishi, ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining buzilishidir;
kimyoviy va fizikaviy degradatsiya tuproq singdirish sig‘imidagi jarayonlar, jumladan, kislotalik-ishqoriylik xossalarini, oksidlanish-qaytarilish potensialini, makro va mikroelementlari hamda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan hayot elementlarining salbiy tomonga o‘zgarishidir;
biologik va biokimyoviy degradatsiya tuproq organik qismining o‘zgarishi va sifatining yomonlashishi, tuproq organizmlarining sifat va miqdor tarkibi salbiy tomonga o‘zgarishidir.
“Tuproq degradatsiyasi tuproq tizimi vazifalarining o‘zgarishi yoki tarkibi va qattiq fazaning tuzilishi hamda tuproqning boshqarish vazifalari, mavjud natijalarning ekologik mezonlardan chetga burilishi va barcha ko‘rsatkichlari hamda inson va biotalar uchun muhim vazifalarining yomonlashishidir”17.
“Tuproq degradatsiyasi deganda, barcha tuproq xossalari, funksiyalari yig‘indisi, tabiiy rejimlari hamda ekologik tizimlar elementi sifatidagi tuproq vazifalarining o‘zgarishi jarayonlari va natijalari tushuniladi”18.
17Герасимова М.И., Караева Н.А., Таргулян В.О. Деградатция почв: методология и картографирования // Почвоведение. – М.,2000. №3. S. 358-365.
18 Карманов И.И., Булгаков Д.С. Деградatsiя почв: предложения по совершенствованию терминов и определений // Антропогенная деградatsiя почвенного покрова и меры ее предупреждения. – М., 1998. Т. 1. С. 5-6.
Degradatsiya so‘zi polyak tilidan olingan bo‘lib, (Degradaya – lotin tilida esa degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va “pastga ketish” degan ma’noni anglatadi.
Tuproq degradatsiyasi jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, ular tuproqlarning funksiyasi o‘zgarishi, xosslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari yomonlashishi va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik tizimda tuproqlarning turg‘un xossalari buzilishi, xo‘jalik nuqtayi nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning pasayishidir.
Yuqorida keltirilgan aniqliklarni tuproq elementar arealidagi barcha kompleks degradatsiyaga oid o‘zgarishlarga qo‘llash mumkin va shu bilan birga, aniq bir degradatsiya turiga ham tatbiq qilsa bo‘ladi. Bu yondashishlar tuproq tuzilmalari qoplami ko‘lamida tarqalishi mumkin.
Zamonaviy tuproqshunoslik tushunchasida “tuproq degradat- siyasi” yoki “tuproq qoplami degradatsiyasi” antromarkazlashgan vaziyat ko‘rinishida baholanadi yoki qulaylik vaziyati sifatida va insonni o‘rab turgan atrof-muhitdagi xotirjamlik va farovonlik tushuniladi.
Tuproqning degradatsiyaga uchrashining asosiy sababi tabiiy- iqlimiy omillar va inson faoliyati natijasida yerlarning cho‘llanishi va tanazzulidir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
cho‘llanish, o‘rmonsizlashish va hokazo;
sug‘orma dehqonchilik sharoitlarida yerning ikkilamchi sho‘rlanishi, suv va zax bosishi;
tog‘ va tog‘oldi hududlaridagi tuproqlarning suv va irrigatsiya eroziyasiga uchrashi;
intensiv ko‘chma chorvachilik hududlarida yaylovlarning degressiya va tuproqlarning deflyatsiyaga uchrashi;
yerlarning qishloq xo‘jaligi va sanoatda o‘zlashtirishdagi texnogen cho‘llanishi;
agrokimyoviy vositalar qo‘llanilishi, sanoat va maishiy chiqindilar tashlanishi va ziroatchilikdagi yakkahokimlik natijasida tuproqning ifloslanishi va hosildorlikning yo‘qotilishi;
Orol dengizining qurishi va tuz-chang to‘zonlari, aerozol va boshqalarning tuproq yuzasiga o‘tirishi hisobiga tuproqlarning sho‘rlanishi.
Tuproq degradatsiyasining darajalari: tuproq degradatsiyasi- ning barcha turlari har xil darajada bo‘lishi mumkin, ya’ni kuchsizdan kuchligacha va hokazo. Tuproq degradatsiyasi miqdor ko‘rsatkichlari yordamida ajralib turadi yoki sifat belgilari ko‘rinishida ham bo‘ladi.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi tiplarga bo‘linadi:
Atrof-muhit va tuproq qoplamining degradatsiyasini
baholashda ayrim olimlar tomonidan taklif qilingan quyidagi gradatsiyadan (14-jadval) foydalanish mumkin.
Tuproq va yerlarning degradatsiyaga duchor bo‘lishida quyidagi jarayonlar va tadbirlar asosiy rol o‘ynaydi:
Mineral va organik o‘g‘itlar hamda pestitsidlarning noto‘g‘ri qo‘llanishi.
Tuproqlarga yuqori miqdorda mineral o‘g‘itlar va pestitsidlarning qo‘llanilishi tuproq tuzilmasiga va ayrim xossalariga salbiy ta’sir qilib, uni eroziyaga moyil bo‘lishiga olib keladi.
Meliorativ ishlar. Meliorativ ishlarni noto‘g‘ri texnologiyalar asosida olib borish natijasida tuproqlarning gumusli qatlami kamayishiga va tuproqning unumdor qatlamiga tuproq hosil qiluvchi ona jins mahsulotlarini aralashib ketishiga olib keladi.
O‘rmon qurilish materiallarini tayyorlash. O‘rmon qurilish materiallarini tayyorlash vaqtida og‘ir texnikalarning harakati o‘rmon qiyiga, o‘simliklar qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va daraxt
ildizlarini ko‘chirishda u bilan ko‘p miqdorda gumus ham chiqib ketadi, natijada tuproqning ustki gumusli qatlami yo‘qoladi.
O‘rmon yong‘ini. O‘rmonlarda yong‘in sodir bo‘lganda o‘rmon bilan birga o‘rmon qiyi, o‘simlik qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va natijada tuproqning gumusli qatlami yo‘qoladi.
Qo‘riq va torfli tuproqlarning yonishi. Qo‘riq va torfli tuproqlarda yong‘in sodir bo‘lganda tuproqning to‘liq organik qismi yonib ketadi.
14-jadval
Atrof tabiiy muhit degradatsiyasining gradatsiyasi19