Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə5/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1350805488 19027

Geologik tuzilishi
Yevrosiyoning geologik tuzilishida barcha geologik davrlarda-kembriydan oldingi davrdan boshlab to‘rtlamchi davrgacha paydo bo‘lgan metamorfik, otqindi va cho‘kindi tog‘ jinslari ishtirok etadi. Bu tog‘ jinslari materik hududida g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ular tektonik harakatlar natijasida bir necha marta o‘zgarishlarga duch kelgan murakkab geologik hodisalarni o‘zida aks etdiradi. Yevrosiyoning hozirgi mavjud bo‘lgan geologik strukturasining shakllanishida Yer yuzidagi ma’lum barcha davr burmalanishlari ro‘y bergan. Bu burmalanishlar natijasida materiknint asosiy struktura birliklari platformalar, burmalangan tog‘lar, geosinklinallar hamda xilma-xil tektonik shakllar vujudga kelgan.
Kembriydan oldingi burmalanish oblastlari. Materikning eng qadimdan kontinental rejimga o‘tgan qismi kembriydai oldin vujudga kelgan platformali strukturalardir. Ularni paleozoy, mezozoy va kaynozoyda hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar qoplab olgan. Yevrosiyoning qadimgi yadrolaridan biri Sharqiy Yevropa yoki Rossiya platformasidir. Bu platforma o‘rta proterozoyda, Kareliya burmalanishi davrida shakllangan. Uning g‘arbiy qismi uchun Boltiq va Ukraina qalqonlari hamda Belorus va Voronej anteklizalari harakterli. Platformaning botiq zaminidagi asosiy strukturalar sineklizalardir. Uning g‘arbida Polsha-Germaniya, Boltiq sineklizalari va sharqda Moskva, Pechora, Kaspiybo‘yi sineklizalari mavjud.
Arxey va proterozoyda hosil bo‘lgan kristall jinslar-gneyslar, fanitlar, slyudali slaneslar, amfibolitlar, fillitlar, kvarsitlar, qumtoshlar, platformaning burmalangan, murakkab dislokatsiyalashgan zaminini tashkil etadi. Platformaning usti yoshroq, jinslar bilan qoplangan bo‘lib, ular uncha burmalangan emas. Yoshroq jinslarning qalinlig‘i turli joylarda turlicha bo‘lib, zamin relefining past-balandligiga bog‘liq. Qadimiy kristall jinslar kalqonlarda va anteklizalarda yer yuzasiga yaqin va ayrim joylarda yer yuzasiga chiqib yosa, sineklizalarda 2000-4000 m, Kaspiybo‘yida esa 10000 m dan ham pastda yotadi.
Materikning Osiyo qismidagi qadimiy kristall jinsli platformali yadrolar Sibir, Xitoy, Arabistov va Hindiston platformalaridan tashkil topgan. Sibir platformasining geologik tuzilishi va rivojlanib tarixi ko‘p jihatdan Sharqiy Yevropa platformasiga o‘xshaydi. Biroq undan farqi shundan iboratki, Sibir platformasi yuqori proterozoyda shakllangan va 1 mln. km2 dan ziyod maydoni trappa magmalari bilan qoplangan. U o‘zining hududiy chegarasi jihatdan O‘rta Sibir yassi tog‘ligiga to‘g‘ri keladi.
Platforma zaminining ko‘tarilib turgan katta qismlari Aldan qalqoni, Anabara massivi, Yenisey va Turuxan balandliklarini tashkil etadi. Uning botiq qismlari Tunguska, Vilyuy, Xatanga sineklizalaridan va Angara-Lena bukilmasidan iborat. Bu sineklizalar turli xil davrlarda hosil bo‘lgan: Tunguska sineklizasi quyi paleozoyda, Xatanga sineklizasi o‘rta paleozoyda va Vilyuy sineklizasi mezozoyda cho‘kkan. Ularning chuqurligi 6-8 km gacha yetadi. Sibir platformasining geologik tuzilishi O‘rta Sibir yassi tog‘ligi yer yuzasining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.
Xitoy platformasi alohida-alohida Shimoliy Xitoy, Janubiy Xitoy, Tarim, Tibet kabi barqaror massivlardan tarkib toptan. Bu massivlar ehtimol kembriydan oldin bir butun platformani tashkil etgan bo‘lsa kerak. Yevrosiyoning janubiy qismida joylashgan Arabiston va Hindistoi platformalari geologlarning faraziga ko‘ra Gondvana quruqligining parchalangan bo‘laklari bo‘lib, ular paleogenning oxiri va neogenning boshlarida materikka qo‘shilgan. Bu platformalarning ayrim joylarida qadimiy zamin yer yuzasiga chiqib yotib, materikning Osiyo qismida qalqonlar tizimini tashkil etadi. Bular Arabiston, Sino-Koreya va boshqa qalqonlardir.
Osiyodagi platformalar Sharqiy Yevropa platformasidan farq qilib, ular harakatchan qadimiy platformalar guruhiga kiradi. Bu platformalar dengiz sathidan ancha balandda joylashgan bo‘lib, kontinental yotqiziqlarning yuvilib ketish va to‘planish jarayonlari harakterli. Osiyo platformalari harakatchan bo‘lganligi tufayli bu yerda chuqur tektonik yoriqlar faqat qadimiy zaminda sodir bo‘lib qolmasdan, ularni qoplab olgan cho‘kindi qatlamda ham yuz beradi. Natijada magmalar otilib turli yoshdagi trappa formatsiyalarinp hosil qiladi. Jumladan Hindiston yarim orolining 1mln km2 maydonini qoplab olgan va qalinligi 3000-4000 m keladigan trappa magmalari yuqori trias va yura davrida, Arabiston platformasining janubi-g‘arbidagi trappa magmalari bo‘r va uchlamchi davrlarda, Xitoy platformasining janubi-g‘arbidagi trappa mashalari permdan keyin hosil bo‘lgan.
Yevrosiyoda kembriydan oldingi burmalanish natijasida vujudga kelgan geologik strukgurali oblasglardan tashqari Baykal burmalanishi, paleozoy (kaledon, gerpin) burmalanish, mezozoy burmalanishi va kaynozoy (alp) burmalanishi oblastlari mavjud.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin