Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə7/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1350805488 19027

Mezozoy burmalanishi oblastlari. Mezozoy burmalanishi oblastlari materikning shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy, janubiy qismlarini va Amur havzasini egallaydi. Bular Verxoyana-Chukotka burmalari, Amur burmalari va Janubi-Sharqiy Osiyo burmalari tizimlaridan tashkil topgan. Bu oblastlar uzoq geologik davrlar mobaynida shakllangan. Materikning bu regionlarida kembriydan oldingi va kaledon burmalanishlarining koldiqlari uchraydi. Gersin burmalanishi ham o‘z ta’sirini kuchliroq ko‘rsatgan. Ammo, asosiy tog‘ hosil bo‘lish jarayoni bo‘r davridagi yangi kimmeriy va lamariy tektonik harakatlari natijasida ro‘y beradi.
Verxoyana-Chukotka burmalari tizimi Sibirning shimoli-sharqida juda katta maydonni ishg‘ol etib, uning tektonik rejimi g‘oyat murakkab bo‘lgan. Kimmeriy harakatlari bu oblastning geosinklinal rejimiga yakun yasab, uning hududini dengiz sathidan yuqori ko‘tardi. Oldingi zamin ustida Verxoyana-Kolima- Chukotka burmalari zonasi, Kolima o‘rtaliq massivi, Oxota-Chaun vulkan yoylari tashkil topdi. Vulkan yoylari antiklinoriy va sinklinoriylardan iborat bo‘lib, ular hozirgi relef shakllarida o‘zining aksini topgan.
Amur burmalari tizimi mezozoy va uchlamchi davrning dengiz hamda kontinental yotqiziqlaridan tarkib topgan. Bu yerda kembriydan oldingi davr va paleozoy jinslari yer yuzasiga chiqib yotgan joylar bor. Turli yoshdagi vulkanik jinslar ham keng tarqalgan. Amur burmalari geologik jihatdan murakkab tuzilgan. Uning strukturalari antiklinoriylar, sinklinoriylar va tog‘ oralig‘i vodiylaridan iborat. Antiklinoriylar asosini Tukuringra, Jag‘di, Bureya va boshqa tizmalar tashkil etadi.
Yevrosiyoning janubiy va janubi-sharqiy qismlaridagi strukturalar Hindixitoyning katga qismi, Malakka yarim oroli, Tibet tog‘ligining janubiy qismi, Qoraqurum tog‘ tizmalari mezozoy burmalanishi natijasida barpo bo‘lgan. Ular neogen-antropogen davrlarida faol tektonik harakatlarni boshdan kechirganligi tufayli Yer yuzidagi eng baland tog‘lar tizimi - Baland Osiyo ana shu zamin asosida vujudga kelgan.
Kaynozoy burmalanishi oblastlari. Kaynozoy erasida eng so‘nggi va yosh burmalanish - alp orogenizi sodir bo‘ldi. Bu davrning g‘oyat harakatchan tog‘ hosil bo‘lish jarayoni yuqori proterozoy va paleozoy geosinklinal mintaqasida ro‘y berdi. Alp burmalanishining harakterli harakterli xususiyati shundan iboratki, materik relefida keng tarkalgan asosiy strukturalar-baland tog‘ tizimlari, tog‘ tugunlari, tog‘ massivlari va o‘lkan tog‘liklar juda aniq ifodalangan. Bu strukturalar g‘arbda Alp tog‘laridan boshlanib sharqda Himolay tog‘larigacha davom etadi va Alp-Himolay mintaqasini tashkil etadi. Bu mintaqa tashqi va ichki zonalardan iborat. Kimmeriy burmalanishi asosan tashqi zonadagi Karpatoldi, dashtli Qrim, Kavkazoldi va Kopetdog‘oldi burmalarini vujudga keltirdi. Alp bosqichida vujudta kelgan Alpoldi platosi, O‘rta Dunay va Padan tekisliklari, Andaluz, Mesopotamiya hamda Hind-Gang paspekisliklari ham tashqi zona tarkibiga kiradi.
Alp burmalanishi ichki zonaning strukturasini tashkil etuvchi Alp-Karpat, Pireney tog‘ tizimlari, Tog‘li Qrim, Kichik Osiyo, Eron, Tibet tog‘liklarini, Kavkaz, Kopetdog‘, Oloy, Hinduqush, Himolay tog‘ tizimlarini hamda ularni bir-biri bilan bog‘lab turuvchi yirik tog‘ tugunlarini - Armaniston tog‘ligi, Pomir, Sharqiy Tibet va boshqalarni vujudga keltirdi.
Alp burmalanishi materikning sharqiy qismida, Tinch okean sohillarda ham yuz bergan. Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog‘lari yoy shaklida cho‘zilgan bo‘lib, ular Koryak tog‘ligi va Kamchatkadan boshlanib Filippin, Katta Zond orollarigacha davom etadi. Bu mintaqa uchun vulkanik orollar yoyi va chuqur okean cho‘kmalari harakgerli.
Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog‘ yoylari shimoldan janubga qarab kelishda uchta tarmoqni hosil qiladi: 1) Korya-Kamchatka- Kuril, 2) Saxalin-Yapon orollari, 3) Ryukyu-Tayvan-Filippin orollari. Kamchatka yarim orolidagi meridian yo‘nalgan Sharqiy tizmalar tashqi antiklinoriyga, O‘rta tizmalar ichki antiklinoriyga to‘g‘ri keladi. Bu tizmalar orasida Kamchatka vodiysi joylashgan. Xuddi shunday Saxalin orolida ham Sharqiy Saxalin va G‘arbiy Saxalin tog‘ tizmalari shu nomli antiklinoriylarga to‘g‘ri kelib, ularni Tim’-Poronay vodiysi ajratib turadi.
Umuman, Yevrosiyo materigining katta qismini egallab yotgan eng baland tog‘ tizimlari, yirik tog‘ massivlari, tog‘liklari va tog‘ tugunlari alp burmalanishining mahsuli hisoblanadi. Tektonik harakatlar Alp-Himolay va Tinch okean mintaqalarida hozir ham faol davom etmokda. Bu esa alp tog‘ hosil bo‘lishi jarayoni o‘zining rivojlanish tarixini hozirgi kunda ham tugatmaganligidan darak beradi.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin