O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 25,2 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü25,2 Kb.
#120452
Sevinch


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA


UNIVERSITETI TARIX SIRTQI 22/2-GRUH TALABASI
TILLABOYEVA SABRINANING QADIMGI VA O`RTA
ASRLAR TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: FRANSIYA XI – XV ASRLARDA
BAJARDI: TILLABOYEVA SABRINA
TEKSHIRDI: KAMOLIDDINOV FARRUH
FRANSIYA XI – XV ASRLARDA
Reja:
1. XI asrlarda Fransiya davlati
2. Yuz yillik urush
3. Fransiyada markazlashgan davlat tashkil topshi


1. XI asrlarning 2 yarmida Fransiyada ishlab chiqaruvchi kuchlarning juda tez rivojlanganligi ko’rildi.Dehqonchilik ancha o’sdi.Yerning bir qismi bir juft hokiz qo’shilgan g’ildiraksiz yengil plug bilan yaxshilab haydalar edi.Bug’doy, javdar, suli, arpa va boshqa boshoqli ekinlar hosili ko’payib ekilgan uruglikka qaraganda besh va hatto olti hissa ortiq g’alla yig’ib olinadigan boldi.Bog’dorchilik polizlarning o’sishi bilan ozuqa mahsulotlari non go’sht sabzavot va boshqalarga shuningdek turli qishloq xojalik xom ashyosiga (jun,zig’ir va hokazolarga) bo’lgan talab kopaydi.Tovar munosabatlari fransus qishlog’iga kira boshlab uni mahalliy shaharlar bilan u faqat oziga tutashgan okruglardagi qishloqlardagina emas balki ancha uzoq okruglardagi qishloqlardan ham o’zini qishloq xojalik mahsulotlari bilan ta’minlashni talab qildi.XI XII asrlarda Fransiya shaharlari katta yuksalishni boshidan kechirdi. Janubdagi shaharlarning ko’pchiligi,shu jumladan ko’pgina kohna Rim shaharlari ancha katta sanoat markazlariga aylanibgina qolmay balki ular Italiya va yaqin sharq bilan ham qizg’in savdo sotiq olib bordilar. Bular orasida Marsel, Tuluza, Mopele,Narbonna alohida ajralib turardi.Ayni zamonda shimolda va shimoliy sharqada Amen, Suasson, Lan,Sanlis,Bove,Ruan ,Reyms,Trua va boshqa kopgina shaharlar osib chiqdilar va sanoatning muhim markazlariga aylandilar.Bu shaharlarda movut va kanop gazlamalari yetishtirildi, moyna ishlanardi,temir qalayi kumush,emal va boshqalardan turli metal buyumlar tayyorlanardi.Rivojlanayotgan shimoli sharq savdo sanoatining gavjumligi ko’p sonli yar markalarda namoyon boldi.Shampanning turli shaharlarida Truada , Provenda ,Brida ,Lanida va boshqa joylarda deyarli butun yil boyi savdo sotiq qilinar edi.Umuman savdo axborotlarining miqysi va tashqi savdoda ishtirok etish jihatdan Fransiyaning shimoli sharqiy viloyatlari janubiy shaharlarga qaraganda hali orqada edilar. Ammo ikkinchi tomondan shimoldagi hunarmandchilik ishlab chiqarish janubdagiga nisbatan kamroq rivojlanga edi.shimoli sharqning savdo sotiq munosabatlari qisman xalqaro ayirboshlash (Germaniya,Niderlandiya,Shimoliy Italiya bilan savdo sotiq qilish) qisman shimoli sharqiy viloyatlar o’rtasidagi ichki ayirboshlash harakterga ega edi shuning ozi bilan sharqiy fransiyaning keng ichki bozoriga asos solindi.
2. Harbiy va moliyaviy jihatdan yaxshi tayyorlangan Angliya uchun urushning dastlabki davri muvaffaqiyali boshlanmadi. Frantsuz feodallari orasida ham inglizlar ko’p ittifoqchilarga ega edi. Angliya armiyasi yagona qumandonlikka bo’ysungan holda va yagona reja asosida harbiy harakatlarni olib boradi. Frantsuz ritsarlari faqat o’z senyorlari qo’l ostida mustaqil harakat qiladi. Inglizlar artilleriyasi ham yaxshi tashkil qilingan edi. 1340 yilda inglizlar Sleys yonida (Flandriya) frantsuz flotini tor-mor keltirgani, 1346 yilda esa Kresi yonida frantsuz ritsarlari yirik mag’lbiyatga uchraydi. 1346 yili muhim harbiy va strategik markaz hisoblangan Kale inglizlar `o’liga o’tadi. Shundan keyin inglizlar harbiy harakatlarni janubi-g’arbga ko’chiradi. Bosib olingan erlarda ingliz qirolining o’g’li Eduard noib bo’lib qoladi. 1356 yil ingliz va frantsuzlar to’qnashuvida ko’plab frantsuz ritsarlari halok bo’ladi va qirol Ioann Dobriy asir tushadi. 1360 yilda ikki o’rtada sulh tuziladi. Shartnomaga ko’ra Luaradan Pirineygacha bo’lgan erlar, yani mamlakatning ⅓ qismi Angliyaga o’tadi. Frantsiya yangi urushlarga tayyorlana boshlaydi. Karl V davrida harbiy sohada islohotlar o’tkaziladi: artilleriya kuchaytiriladi, yollanma qo’shin safi kengatiriladi, Konnetabl vakolati kuchaytiriladi (qirol armiyasi bosh qumandoni) Natijada 70-yillarda talay hududlar inglizlardan tortib olinadi. Urush mablag’lari dehqon va shaharliklar zimmasiga tushadi va XIV asr oxirlarida mamlakatning turli qismlarida qo’zg’olonlar boshlanib ketadi. 1415 yilda Angliya Frantsiyaga yana urush boshladi. Azenkur jangida inglizlar frantsuz ritsarlarini mag’lubiyatga uchratadi. 1420 yil Truada inglizlar va frantsuzlar sulh tuzishadi. Sulhga ko’ra ingliz qiroli Genrix V Karl VI ning qiziga uylanib, Frantsiyaning regentiga aylanadi, Karl VI vafotidan keyin esa frantsuz taxtini egallashi kerak edi. 1422 yil Genrix V va Karl VI vafot etgach Genrix V ning 10 oylik o’g’li Genrix VI Frantsiyaga qirol etib e’lon qilinadi. Amalda hamma ishlarni gersog Bedford olib boradi. Inglizlar butun shimoliy Frantsiyani qamal qilishadi. Mamlakat markazi va janubi o’zini Karl VII nomi bilan e’lon qilgan dofin Karl qo’lida quladi. Bosib olingan erlarni Genrix V ingliz baron va risarlarga tarqatib bera boshladi. Ayniqsa dehqonlarning ahvoli og’irlashadi. Uursh qishloq xo’jaligini izdan chiqaradi. Bo’ysunmagan dehqonlarni og’ir jazolashadi. Bular hammasi aholida inglizlarga qarshi aholining barcha qatlamlarini kurashga otlanishiga sabab bo’ladi.

3. XV asr II yarmida Frantsiya xo’jaligida rivojlanish kuzatiladi. Mamlakatdan g’alla va boshqa mahsulotlar eksport qilina boshlanadi. Ba’zi shaharlarda movut va yung matolar ishlab chiqarish, metallga ishlov berish yo’lga qo’yiladi. Ko’plab port shaharlar Evropa va Sharq davlatlari bilan qizg’in savdo olib boradi. Ichki savdo munosabatlarining rivojlanishi mamlakatning siyosiy jipslashuviga yordam beradi. Yuz yillik urushda Frantsiyaning g’alabasi uning siyosiy birlashuviga va davlat markazlashuviga sharoit yaratadi. Urush tugamasdan avval talya solig’i va doimiy armiya tuzilgan bo’lib, fedallarning mustaqilligiga barham berilgan edi. Urushdan keyin Frantsiyaning davlat markazlashuvini mustahkamlashda Ludovik XI (1461-1484) faoliyati muhim o’rin tutadi. Ludovik XI ning asosiy raqibi Burgund gersogi Karl Dovyurakning qo’lida Burgundiya gersogligi, Pikardiya, Niderlandiya tobe edi. Ludovik XI ga qarshi shahzodalar, gersoglar, graflar ittifoqqa birlashadilar. Bu ittifoqqa Karl Dovyurak boshchilik qilgan. Ittifoqqa kirgan yirik feodallar davlat boshqaruvi va moliyasi ustidan nazorat o’rnatadilar. Parij yaqinida qirol va ittifoq o’rtasidagi to’qnashuv qirol mag’lubiyati bilan tugaydi . Ludovik yon berishlar va va’dalar bilan ittifoq a’zolari o’rtasiga nizo solishga erishadi. Karl Dovyurak zo’rlab tashkil qilgan “Burgund davlati”da o’zaro urushlarni Ludovik XI rag’batlantiradi va moddiy jihatdan ta’minlab turadi. 1474 yilda Ludovik XI ning moddiy yordamida Karl Dovyurakka qarshi Lotaringiyaliklar va Shvedtsariyaliklar qo’zg’olon boshlashadi. 1477 yilda Nansida Karl Dovyurak halok bo’ladi va Burgundiya, Pikardiya, Niverne Frantsiyaga qo’shib olinadi. 1481 yil Provans, 1491 yil Bretan sulolaviy nikoh orqali Frantsiyaga qo’shib olinadi. Shundan keyin frantsuz davlati tashqarisida frantsuzlar yashaydigan hududlar – Lotaringiya, Fransh – Konte, Savoya, Russilon qolgan edi. Ularning to’la qo’shilishi XIX asrga to’g’ri keladi. Ludovik davrida frantsuz milliy davlatining asosi yaratiladi. Siyosiy raqiblarini ayovsiz jazolab hamma feodallarni u o’ziga bo’y sundiradi. O’z siyosatida shaharliklarni davlat xizmatiga jalb qiladi. Shu bilan bir vaqtda shaharning mustaqilligini cheklab, soliqlarni kuchaytiriladi. Davlat byurokratik apparati kuchayadi.


XULOSA
Yuz yillik urushda erishilgan g'alabaning eng yirik oqibati, ahamiyati Fransiyani birlashtirishning oxiriga yetkazilishi bo'ldi. Fransiya markazlashgan yagona davlatga aylandi. Butun mamlakat hokimiyatiga bo'ysundirildi.Fransiyaning markazlashgan davlatga aylanishi mamlakat xo'jaligining ravnaq topishida asosiy omil bo'ldi.Mamlakatni birlashtirishning oqibatlari. Mamlakatni birlash-tirish avvalo qirolning kuchli hokimiyatini vujudga keltirdi.Feodal tarqoqlikka butunlaiy chek qo'yildi. Feodallaraing qurolli | guruhlari shahar va qishloqlarni vayron eta olmaydigan bo'ldi. Chunk! endilikda ularda bunday guruhlarning o'zi yo'q edi.Savdogarlar butun mamlakat bo'ylab erkin savdo qilish imko-niga ega bo'ldi. Qaroqchilar hujumiga barham berildi. Qirolning o'zi shaharlarning o'sishi, savdo-sotiqning yanada kengayishiga homiylik qildi. Mamlakatda yagona pul, o'lchov va og'irlik birlik-lari joriy etildi.Mamlakatning katta savdo floti tashkil topdi. Bu esa chet davlatlar bilan olib boriladigan savdoning yanada o'sishini ta'minladi. Shu tariqamamlakat yagona iqtisodiy makonga aylandi. Uning bir qismi ikkinchi J qismisiz rivojlana olmaydigan bo'ldi.






FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
1. T.O’.Salimov F.E. Sultonov 7 sinf jahon tarixi..

2.Bassmertny Yu.L. XIV asrda fransiyda dehqonlar harakatining dastlabki shartlari va tabiati Fransiya yilnomasi 1974;


3.A.V.Konokotin Jakiya 1358 yilda fransiyada Ivonovo davlatining ilmiy yozuvlari 1964.
4.XII XIV asrlarda fransus qishlog’i va Jakeriya.Hujjatlar M.L.;1935 yil
5.Jacquarie at Meuax 1358 Froissard yilnomalaridan.
www.arxiv.uz
www.ziyo.uz
Yüklə 25,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin