Yig’ilish raisi: Artiqboyev s yig’ilish kotibi: Saparboyeva I yig’ilishda qatnashdi



Yüklə 38,59 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü38,59 Kb.
#163475
Ijtimoiy-fanlar-metodbirlashma-hujjatlari



Yangibozor tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining ijtimoiy fanlar metodbirlashmasining
BAYONNOMASI № ___
“_____” _______ 20 ____ yil _______________

Yig’ilish raisi: Artiqboyev S
Yig’ilish kotibi: Saparboyeva I
Yig’ilishda qatnashdi: O’IBDO’ va metodbirlashma a’zolari
Kun tartibi:
1. Metod birlashma 2023-2024 o’quv yilida amalga oshirgan ishlari va yangi 2022-2023 o’quv yilidagi vazifalar (Artiqboyev S)
2. Fan o’qituvchilarining taqvim–mavzu rejalari, o’zgartirilgan va yangilangan darsliklar muhokamasi (o’qituvchilar)
3. Fan xonalarini DTS talabi asosida jihozlanishi va o’quvchilarning kitob bilan ta’minlanishi (Jumanova B)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar (o’qituvchilar)
Eshitidi:
Birinchi masala yuzasidan metodbirlashma rahbari Artiqboyev S so’zga chiqdi. U o’z so’zida 2023-2024 o’quv yilida bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. ”Fan olimpiadalari” va “Bilimlar bellashuvi”da o’quvchilarimiz yuqori ko’rsatkichlarga erishishdi. Yangi o’quv yilida viloyat va Respublika bosqichlarga erishish uchun o’quvchilar bilan to’garak mashg’ulotlarda reja asosida ko’proq sifatli, samarali mashg’ulotlar o’tkazish zarurligini ta’kidlab o’tdi.
Muzokaraga tarix fani o’qituvchisi Xajiyev N va tarix fani o’qituvchisi Saporboyeva Indiyalar yuqoridagi fikrlarni ma’qulladilar.
Ikkinchi masala yuzasidan huquq fani o’qituvchisi Artiqboyev S so’zga chiqdi. U o’z so’zida taqvimiy mavzu rejalarda, murakkab mavzularda optimallashtirib 2 soat o’tish mumkinligini aytdi. Muzokaraga chiqqan Xajiyev N. Saporboyeva I lar ham taqvimiy rejada haftasiga 2 soatdan o’tish zarurligini aytdi.
Uchinchi masala yuzasidan metodbirlashma a’zosi Jumanova B so’zga chiqdi. U o’z so’zida bugungi metodbirlashma yig’ilishida to’garak raxbarlarini saylashimiz zarurligini aytdi. Fan xonalariga o’qituvchilarni biriktirish rejasini aytib o’tdi.
Muzokaraga huquq fani o’qituvchisi S Artiqboyev so’zga chiqdi. U o’z so’zida “Yosh huquqshunos” to’garagining rahbarligining amalga oshirishini aytdi. Geografiya fanidan Jumonova B 5-11 sinflarda “Geograflar” to’garagiga rahbarlik qiladi. To’garak mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarni ijtimoiy fanlarga qiziqishini oshirishini aytdi. Huquq fani o’qituvchisi Artiqboyev S “Yosh huquqshunos” to’garagini tashkil etib, yurtimizda va jahonda davlatlari boshqaruvi haqida ma’lumot berishini aytdi.
Tarix xonasiga Xojiyev N va Saporbayeva I va geografiya fan xonasiga Artiqboyev S va tarbiya xonasiga mas’ul etib tayinlandi. Geografiya fani o’qituvchisi Jumanova B so’zga chiqdi. U o’z sozida 2021-2022-o’quv yilida fan xonalari DTS talablari asosida jihozlanishi zarurligini aytdi. Metodbirlashma raisi Artiqboyev S o’qituvchilarning ish yuklamalari haqida quyidagilarni gapirdi.
1. Tarix fani o’qituvchisi Xajiyev N ning haftalik dars soati 18 soatni tashkil etadi.
2. Geografiya fani o’qituvchisi Jumanova B ning haftalik dars soati 5-11 sinflarda 22 soatni tashkil etadi.
3. Huquq fani o’qituvchisi Artiqboyev S ning 6-7-8 sinflarda haftalik dars soati 13 soatni tashkil etadi.
4. Tarbiya fani o’qituvchisi Artiqboyev S ning haftalik dars soati 7 soatni tashkil qiladi.
5. Tarix fani o’qituvchisi Saporboyeva I ning haftalik dars soati 14 soatni tashkil qiladi.
Muzokaraga huquq fani o’qituvchisi Artiqboyev S so’zga chiqdi. U o’z so’zida dars tahlillari, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchilar bilan yakka tartibda mashg’ulotlar o’tkazishimiz zarurligini aytdi. Muzokaraga tarix fani o’qituvchisi Xajiyev N chiqdi. U o’z so’zida metodik tadbirlar, yig’ilishlarda ishtirokimiz, ota-onalar yig’ilishlarida qatnashishimiz zarurligini ta’kidladi. To’rtinchi masala yuzasidan metod birlashma a’zosi Jumanova B so’zga chiqdi. U o’z so’zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasbhunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati bundan keying qilinadigan ishlar rejasi bilan tanishtirib o’tdi.
Yig’ilish qaror qiladi:
1. Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasida 2023-2024-o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar “qoniqarli” deb topilsin.
2. O’tgan o’quv yilida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilsin.
3. Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi fan o’qituvchilarining taqvim-mavzu rejalari o’rganib chiqilsin.
4. Metodbirlashma a’zolarining taqvim-mavzu rejlarini tasdiqlanishi tuman XTB dan so’ralsin.
5. Har bir to’garak rahbari reja asosida sifatli faoliyat yuritsin.
6. Fan xonalari mudirlari tomonidan xonalar DTS talablari asosida jihozlansin.
7. Fan xonalari va labaratoriya jihozlari saqlanishi xona mudirlari hamda laborantlar zimmasiga yuklatilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari bilan tanishib shu qarorlar asosida darslarni tashkillanishini nazorat qilinsin.
9. Yuqoridagilarni nazorat etish metodbrlashma rahbari Artiqboyev S zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: Artiqboyev S
Yig’ilish kotibi: Saparboyeva I





Yüklə 38,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin