Tarbiyaviy: yig‘indi, ko‘paytma, bo‘linma, teskari funksiyaning hosilasi.Asosiy elementar funksiyalarning hosilalari Logarifmik hosila. Daraja-ko‘rsatkichli funksiyaning hosilasi haqida ma’lumot berish davomida o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirish, fikrlash doirasini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: Hosila “matematik analiz asoslari” faniga kirishning asosiy poydevorlaridan ekanligi haqida tushuncha berish.
1-teorema. Agar u(x) va v(x) funksiyalarning x(a,b) nuqtada hosilalari mavjud bo‘lsa, u holda f(x)=u(x)+v(x)funksiyaning ham x nuqtada hosilasi mavjud va
f’(x)=u’(x)+v’(x) tenglik o‘rinli bo‘ladi.
2.Ko‘paytmaning hosilasi.
2-teorema. Agar u(x) va v(x)funksiyalar x(a,b) nuqtada hosilaga ega bo‘lsa, u holda ularning f(x)=u(x)v(x) ko‘paytmasi ham x(a,b)nuqtada hosilaga ega va
f’(x)=u’(x)v(x)+u(x)v’(x) tenglik o‘rinli bo‘ladi.
3. Bo‘linmaning hosilasi.
3. Bo‘linmaning hosilasi.
3-teorema. Agar u(x) va v(x) funksiyalar x(a,b)nuqtada hosilaga ega, v(x)0 bo‘lsa, u holda ularning f(x)=u(x)/v(x) bo‘linmasi x(a,b) nuqtada hosilaga ega va
f’(x)= formula o‘rinli
bo‘ladi.
Teskari funksiyaning hosilasi. Faraz qilaylik y=f(x) funksiya [a;b] kesmada monoton o‘suvchi, (a;b) intervalda y’=f’(x) hosilaga ega va x(a,b) uchun f’(x)0 bo‘lsin. Quyidagi belgilashlarni kiritamiz: f(a)=, f(b)=.U holda y=f(x) funksiya uchun teskari funksiyaning mavjudligi va uzluksizligi haqidagi teorema shartlari bajariladi
chunki y=f(x) funksiyaning uzluksizligi uning hosilaga ega ekanligidan kelib chiqadi. Shunday qilib, [;] kesmada y=f(x) funksiyaga nisbatan teskari bo‘lgan x=(y) funksiya mavjud bo‘ladi.