TA’LIM JARAYONIDA O`QUVCHI-YOSHLARDA TANQIDIY
FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Shovqiyeva Dinora Bobosherovna
Djunayev Farxod Abduxamidovich
fdjunayev@inbox.ru
Navoiy davlat pedagogika
instituti
Annotatsiya: Jamiyat ijtimoiy hayotining muhim tarkibiy qismi sifatida ta’lim
tizimiham takomillashib bormog’i, tubdan yangilanayotgan jamiyat manfaatlari
yo’lida xizmat qilmog’i zarur. Chunki ta’lim jamiyat taraqqiyotining
asosidir. O’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda
o’quvchi-yoshlarning tanqidiy fikrlashi va o`z faoliyatiga munosabatlarini
o’zgartirish masalasi o’ta muhimdir. Chunki bu masala bevositayoshlarimiz
ruhiyatiga, ongiga, tafakkuriga ta’sir etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Kalit so`zlar: o`quvchi-yoshlar,
konsorsium, vaqt, tanqidiy fikrlash, tanqidiy
tahlil.
FACTORS FOR FORMING CRITICAL THINKING IN STUDENTS IN THE
EDUCATIONAL PROCESS
Shovkiyeva Dinora Bobosherovna
Djunaev Farkhod Abdukhamidovich
fdjunayev@inbox.ru
Navoi State
Pedagogical Institute
Abstract: Improving the education system as an important part of society, the
interests of a radically renewed society to serve in the cause. Because education is the
development of society is the basis. The issue of changing students' critical thinking
and attitudes to their work is very important in the formation of independent creative
thinking skills in students. Because it is done by directly influencing the psyche,
consciousness, thinking of our youth.
Keywords: students, consortium, time, critical thinking, critical analysis.
O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish sifati va mazmunini
yangi bosqichga ko’tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini
yaratish, o’quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga
qaratilgan islohotlar
bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
149
www.openscience.uz
Hozirgi kunda yurtimiz rivojlanishida Sharqona tarbiya mazmunini o`zida
mujassam etgan ta’lim muassasalarimizdagi o`quvchi-yoshlarni o`rta asr Sharqining
buyuk mutafakkirlari
Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sinolar ta’kidlaganlaridek, mustaqil
tanqidiy fikrlashga o`rgatish hamda ushbu tanqidiy fikrlashi jarayonida
о`zlashtirilgan bilimlar biror bir manbadan tayyor holda olingan bilimlar bilan
qiyoslaganda katta afzallikka ega ekanligini uqtirish bugungi globallashuv jarayonida
o`rni muhim sanaladi.
Ayniqsa, tо`liqroq va tezroq rivojlangan bu bilimlar о`quvchilar e’tiqodiga
aylanadi va ularning tafakkuri hamda faol amaliy
tanqidiy fikrlashi quroliga
hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash masalalarini tadqiq etish bilan kо`plab zamonaviy
olimlar,
pedagoglar,
psixologlar
va
metodistlar
shug`ullanadi.
Xususan,
V.V.Davidov, M.G.Davletshin, I.Y.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Mahmutov,
S.Rajabov, D.Shodiyev, E.G„oziyev, A.M.Umronxо`jayev ishlarida muammoli
ta’lim tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, о`quv jarayonini
tashkil etish ochib beriladi, tanqidiy
fikrlashining tuzilishlari, aqliy faoliyatning
umumlashgan
usullarini
shakllantirish
yо`llarini
belgilovchi
alohida
komponentlarning о`ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.
Shu o`rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi gaplari yodimizga
tushadi: “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak”.[1] O`sib kelayotgan o`quvchi-
yoshlarimizda ham davlatimiz rahbari aytganlaridek, tanqidiy tahlilni yoshligidan
o`rgatib boradigan bo`lsak, biz o`ylaymizki, ushbu o`quvchi-yoshlar kelajakda
yurtimizning yetuk kadrlari bo`lib yetishadi.
Tanqidiy fikrlashning ijodiy manbalari qadim zamonlarga borib taqaladi. Yaqin
va О`rta Sharqda yashab ijod etgan о`rta asr mutafakkirlari
tabiiy-ilmiy asarlarida
ilmning turli tomonlari, uning prinsiplari, tuzilishi, mezonlari, ilmning inson aqliy
rivoji va ta’limi bilan bog`liqligiga jiddiy qiziqish borligini kuzatamiz. Xorazmiy,
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, ularning safdoshlari va izdoshlari gnoseologik
qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, inson ongida predmet timsoli
(obrazi)ni mavhumlashtirish jarayoni ular e’tiborini doimo jalb etgan,
buning
natijasida mazkur predmet mohiyati va о`ziga xosligi tushunchasi ishlab chiqilgan va
shakllangan.
О`quvchi-yoshlar tanqidiy fikrlashini о`rganishda zamonaviy didaktika о`qish
jarayonida о`quvchilar psixik tanqidiy fikrlashi bilan shug`ullanuvchi ta’lim
psixologiyasi yutuqlaridan foydalanadi.
Ta’lim tizimida o`quvchi-yoshlarda tanqidiy fikrlashni o’stirishga xizmat
qiladigan metodlar “Demokratik ta’lim uchun” konsorsiumi tomonidan amalga
oshiriladigan “Tanqidiy fikrlash uchun o’qish va yozish” loyihasi doirasida ishlab
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
150
www.openscience.uz