Fikrlashni shakllantirish omillari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix03.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#92773
1   2   3   4   5
ta-lim-jarayonida-o-quvchi-yoshlarda-tanqidiy-fikrlashni-shakllantirish-omillari

Fikrlash – o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U faol, 
muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o’zida biror haqiqat to’g’risidagi fikrlarni 
qamrab oladi. Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko’nikma emas. 
Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan 
yiroqlashgan sharoitda o’rganilishi lozim bo’lgan hodisa ham emas.
Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o’quv 
ko’nikmalari ta’lim oluvchilarga ob’yektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini 
berishi mumkin, lekin ular bu ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda qo’llay 
olmaydilar.[2]
Rixer ta’biri bo’yicha o’rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv psixologiya, 
falsafa va multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga 
asoslanadi.[3]
Tanqidiy fikrlash va o’rganish g’oya va tajribalarning turli – tumanligini 
pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash 
“yakkayu yagona to’g’ri javob”ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz 
bermaydi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida 
tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy 
fikrlashga olib boradigan tugallangan yo’l ham yo’q. Lekin tanqidiy fikrlovchilarning 
shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o’quv sharoitlari to’plami mavjud. Uning 
uchun:
- tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun vaqt va imkoniyat berish;
- o`quvchi-yoshlarlarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli – tuman g’oya va fikrlarni qabul qilish;
- o`quvchi-yoshlarlarning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- o`quvchi-yoshlarlarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak;
- har bir o`quvchi-yoshlarning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o’zlarida 
ishonch hissini uyg’otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan o’quvchi-yoshlar:
- o’ziga ishonchni orttirish va o’z fikri hamda g’oyalarining qadrini tushunish;
- o’quv jarayonida faol ishtirok etish;
- turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash;
- o’z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson, Xansen, Gordon (1979) lar 
ta’kidlashadiki, o’z fiklarini ijod qilish go’yo avvalgi g’oya, tasavvur, uchrashuvlar 
va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib keladi.[4]
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
151
www.openscience.uz


Shuning uchun ham:
- fikrlarini o’z so’zlari bilan ifodalash;
- o’zaro tanqidiy fikrlar almashish;
- o’z g’oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
- fikrlarni muayyan g’oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va 
o’z g’oyalarini to’la va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo’lishi uchun o`quvchi-yoshlar ma’qul va 
noma’qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari 
lozim. O`quvchi-yoshlar yo’l qo’yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil 
qilishga faol kirishadilar. Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. 
Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy 
fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad bo’lgan do’stona hamda samarali 
sharoitda beriladi.
Rang-baranglik. O’quvchi-yoshlarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va 
g’oyalar paydo bo’ladi. Rang-barang fikr va g’oyalar yakkayu-yagona javob 
mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog’dagina yuzaga keladi. Fikrlarni 
ifoda qilish chegaralanganda o`quvchi-yoshlarlarning fikrlashiga chek qo’yiladi. 
Faqat birgina javob mavjud bo’lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan 
foydalanish joizki, uning yordamida o`quvchi-yoshlarlar ana shu javobni topa olsin.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin