Fikrlashni shakllantirish omillari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix03.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#92773
1   2   3   4   5
ta-lim-jarayonida-o-quvchi-yoshlarda-tanqidiy-fikrlashni-shakllantirish-omillari

Faollik. Tanqidiy fikrlash o’quvchi-yoshlarning faolligi bilan bevosita 
bog’langan. Odatda, o’quvchi-yoshlar sustkash tinglovchilar bo’lishadi, chunki 
ularda o’qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli 
ularning bilimlari o’qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. O’quv 
jarayonidagi o`quvchi-yoshlarning faol ishtiroki va o’qishlariga o’zlarining mas’ul 
ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. O`quvchi-
yoshlarlarni fikr yuritishga, o’z g’oyalari va fikrlari bilan o’zaro o’rtoqlashishga 
da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o’stiradi. Mixail 
Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, o’quvchilar o’sha murakkab darajadagi o’quv 
jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra 
oladilar va o’zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.[5]
Tavakkalchilik. Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim 
faoliyatida qo’rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag’batlantirib turish joizdir. 
Fikrlash jarayonida “ahmoqona g’oyalar” aql bilan tuzilmagan birikma va 
tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo’lishi mumkin. O’qituvchi buni o’quv 
jarayonining tabiiy holati sifatida o`quvchi-yoshlarga tushuntirishi lozim.[6] 
O`quvchi-yoshlarni tavakkaldan holi bo’lgan, ya’ni g’oyalar qadrlangan, o`quvchi-
yoshlarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni 
bo’lgan muhitda o’ylash lozimligiga ishonch hosil qilish zarur.
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
152
www.openscience.uz


Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri o`quvchi-yoshlarning fikrlash 
jarayonini qadrlashidir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida o`quvchi-yoshlar o’z 
g’oyalari, tasavvurlarining o’qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan holda 
chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar. O`quvchi-yoshlar o’z 
fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning 
oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar.
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o`quvchi-yoshlar 
ularning fikrlari, o’z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga 
singdirish zarur. O’qituvchi o`quvchi-yoshlardan muayyan materialni shunchaki 
qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo’lishi lozim. 
Bu esa o’quvchi-yoshlarda o’zgalar g’oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish 
eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida 
o’quvchi-yoshlarga o’z fikri, o’ziga taalluqli bo’lgan g’oya va tasavvurlar qimmatli 
ekanligini ko’rsata olish zarur. O’quvchi-yoshlarning o’zlari ham o’z fikrlarining 
qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o’z fikrining tushuncha 
va masalani muhokama qilish jarayonida o’ta muhim, shuningdek, katta hissa bo’lib 
hisoblanishini tan olishlari kerak.
O’zaro fikr almashuv. Fikrlash jarayoni o’quvchi-yoshlarning o’zaro fikr 
olishuvini ko’zda tutadi. O’quvchi-yoshlarning o’zaro fikr olishishi ularning bir – 
biridan o’rganishdagi o’rtoqchiligiga asos soladi. O’quvchi-yoshlardan fikrlovchi 
sifatida o’zlarida bo’lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo’lgan qobiliyatlarini 
boshqalarga ochib berish talab etiladi. O’zaro fikr olishishda o’quvchi-yoshlardan 
diqqat bilan tinglash, o’zining qarashlar tizimini so’zlovchiga zo’rlab o’tkazish va 
boshqa so’zlovchilarni tuzatib turishdan o’zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga 
javoban o’quvchi-yoshlar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga 
ega bo’ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o’laroq o’quvchi-yoshlar o’zlariga 
tegishli bo’lgan g’oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi 
hamda ularni o’z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g’oyalari tizimiga tirkab 
boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o’tkazishning bir necha modellari 
mavjud. Ular:
- o’ziga ishonch hosil qilish;
- ishda faol ishtirok etish;
- o’rtoqlar va o’qituvchi bilan fikr almashish;
- o’zgalar fikrini tinglay olish.[7]
Xulosa o`rnida shu alohida ta’kidlash joizki, axborotlarni chorlash, o’ylab 
ko’rish va fikrlash metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish 
imkoniyatini beradi:
- o’quvchi-yoshlarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi;
- mashg’ulotlarda faolligini ta’minlaydi;
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
153
www.openscience.uz


- samarali munozaraga chorlaydi;
- o’quvchi-yoshlarning o’zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi 
uchun yordam beradi;
- o’quvchi-yoshlarga o’z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi;
- o’quvchi-yoshlarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi;
- har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
- o’quvchi-yoshlarda personajlarga bo’ladigan iztirobini o’stirishga yordam 
beradi;
- o’quvchi-yoshlarda qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
О`z tanqidiy fikrlashini maqsadga qaratish va motivlashtirish qobiliyatiga ega 
bо`lish, о`z istak-mayllarini faol boshqarishga qobillik, har bir daqiqa о`z shaxsini 
takomillashtirishda foydalanish uchun vaqtni qadrlash eng muhimdir.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin